Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Akademik litsey - o‘qitish muddati uch yil, davlat ta’lim standartlariga
muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalami o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Akademik litseylar oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik litseylarda umumta’lim fanlari qatori O‘zbekiston tarixi darsi ham o‘qitiladi. Litseyda O‘zbekiston tarixi fani ikki davrni o‘z ichiga oladi: 1) 1917-1991 yillar; 2) Milliy istiqlol davri. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, biz olib bormoqchi bo‘lgan ushbu bitiruv malakaviy ishimizda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jarayonlarini akademik litsey
o‘quvchilariga yoritishda ta’limning zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda uning samarali yechimlarini topishdir. O‘qituvchilarning xususiy fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini
1 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq». 1998 y, 47 b.
6
mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi. Albatta, ta’lim berishda dars o‘tishning ilg‘or texnologiyalarini tadbiq etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri. Chunki litsey yoshidagi yigit-qiz atrofga teran ko‘z bilan qaray oladigan, voqelikka o‘z nuqtai nazarini bildiradigan o‘quvchilardir. Shu boisdan ham “Mustaqil O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusini o‘qitishda shunchaki dars o‘tishning an’anaviy usullari, ya’ni sinfda faqatgina o‘qituvchi hukmron, faqatgina u ma’ruzachi, o‘quvchilar tinglovchi bo‘lib qolishi o‘zining samarasini bermaydi. Ushbu mavzuni zamonaviy innovatsion texnologiyalar, jumladan keys-stadi metodi orqali olib borish, uni har tomonlama chuqur tahlil qilish, ilmiy xulosa chiqarish ushbu mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling