Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/32
Sana09.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#259991
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish

Bitiruv malakaviy ishi tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, 1-

bob  2  paragraf,  2-bob  2  paragrafdan  hamda  xulosa,  foydalanilgan  manba  va 

adabiyotlardan iborat. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



10 

 

1-bob.  AKADEMIK  LITSEYDA  “MUSТAQIL  O‘ZBEKISТON  VA 



JAHON  HAMJAMIYAТI”  MAVZUSINI  O‘QIТISHNING  O‘ZIGA  ХOS 

JIHAТLARI 

1.1.  Akademik  litseyda  tarix  fani  bo‘yicha  davlat  ta’lim  standarti, 

o‘quv dasturi va unga qo‘yilgan talablarning mohiyati. 

«Тa’lim  to‘g‘risida»  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida»gi 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston 

Respublikasida  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  tashkil  qilish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»  1998  yil  13  maydagi  204-son qarori

 

bajarilishini  ta’minlash, 



mazmunan  yangi  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  tizimini  zamon  talablari 

asosidagi  davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq  tashkil  etish  maqsadida  kasb-hunar 

kollejining Davlat ta’lim standartlari 2000 yil 16 oktabrda Vazirlar Mahkamasining 

400-sonli Qarori bilan tasdiqlandi. 

Ushbu  Davlat  ta’lim  standartlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta 

maxsus  ta’lim  vazirligining  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  markazi  tomonidan 

ishlab  chiqilgan  hamda  1998/1999  va  1999/2000  o‘quv  yillarida  tajriba-sinovdan 

o‘tkazilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  O‘rta 

maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  markazi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi,  Madaniyat  ishlari 

vazirligi,  Badiiy  akademiya  hamda  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan 

birgalikda  1998/1999  va  1999/2000  o‘quv  yillarida  ta’lim  muassasalarida  tajriba-

sinovdan o‘tgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘quv dasturlari va rejalarini 

belgilangan tartibda tasdiqlandi. 

Yangi  davlat  ta’lim  standartlari  va  o‘quv  dasturlariga  asosan  darsliklar  va 

o‘quv  adabiyotlarini  yaratsin,  ular  o‘z  vaqtida  nashr  etilishini,  barcha  ta’lim 

muassasalariga  yetkazilishini  va  o‘quv  jarayoniga  joriy  etilishini  va  2000/2001 

o‘quv  yilidan  boshlab  pedagog  kadrlar  yangi  davlat  ta’lim  standartlari  va  o‘quv 

dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minladi. 

O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  davlat  ta’lim  standartini  ishlab 

chiqishda quyidagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar asos qilib olindi: 



11 

 

-  «Тa’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; 



-  «Kadrlar 

tayyorlash 

milliy 

dasturi 


to‘g‘risida»gi 

O‘zbekiston 

Respublikasi Qonuni; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi 

uchun davlat ta’lim standartlarini  ishlab chiqish  va amalda joriy etish to‘g‘risida» 

1998 yil 5 yanvardagi 5-son 

qarori



O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «O‘zbekiston 



Respublikasida  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  tashkil  etish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida» 1998 yil 13 maydagi 204-son qarori va boshqalar. 

O‘zbekiston uzluksiz ta’lim standartlarining davlat tizimi ta’lim jarayonini 

belgilab berish, o‘qitishning asosiy mazmunini, ta’lim muassasalari bitiruvchilariga 

qo‘yiladigan  umumiy  malaka  talablarini,  kadrlar  tayyorlash  sifati  va  ta’lim 

muassasalari  faoliyatini  baholash  mezonlari  va  mexanizmlarini  aniqlash  orqali 

kadrlar tayyorlash sohasida eng maqbul tartibga solish darajasiga va o‘rta maxsus, 

kasb-hunar  ta’limining  kafolatlangan  darajasi  va  sifatiga  erishishga  qaratilgan 

me’yoriy hujjatlar majmui hisoblanadi. 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling