Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Kollejda O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilish kerak bo‘lgan minimal
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Kollejda O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilish kerak bo‘lgan minimal
talablar: O‘zbekiston tarixi (1917—2015 yy.): - Тurkistonda sho‘rolar istibdodining o‘rnatilishi, Тurkiston muxtoriyati haqida bilimlarga ega bo‘lish; - istiqlolchilik, milliy ozodlik harakatlari, ularning namoyandalari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish; - sho‘ro hokimiyatining 20—30-yillarda O‘zbekistonda yuritgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy siyosatini qiyosiy tahlil qila olish va uning mustamlakachilik mohiyatini anglash; - sho‘ro hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan siyosiy qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlarini bilish; - O‘zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, xalqimizning fashizmga qarshi janglarda va mehnat sohasidagi jasorati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - O‘zbekiston xalqlarining sho‘rolar mustamlakachiligi davridagi ijtimoiy- siyosiy ahvoli haqida bilimlarga ega bo‘lish; - O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi uchun kurash, mustaqillik Deklaratsiyasi va uning mohiyati haqidagi bilimlarni egallash; - O‘zbekiston davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyatini bilish; - O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bilish; - O‘zbekistonning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Prezidenti, tashqi aloqalariga doir ma’lumotlarni to‘la egallash;
1 “Ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. www.lex.uz
13
- tarixiy voqea va hodisalarni milliy g‘oya, milliy istiqlol mafkurasi mezonlarida tahlil eta olish; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot, siyosat, mafkuraga oid asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish; - bozor iqtisodiyotining umumiy qonuniyatlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining umumiy xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish; - dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining bu muammolarni hal etish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - hozirgi davrda O‘zbekistonning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti haqida bilimlarga ega bo‘lish; - O‘zbekistonda demokratik davlat qurish, demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish tamoyillarini bilish; - xaritalar ustida ishlash, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yuritish, munozara va bahslarda fikr bildira olish; - darslik, qo‘llanma, tarixiy hujjat, matn ustida hamda ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish; - o‘z maktabi, ko‘chasi, qishlog‘i, tumani, shahrining o‘tmishi, bugungi hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish; - egallagan bilimlarini erkin bayon etish, o‘z kursdoshlarining fikrlariga munosabat bildira olish; - tarixiy bilim, ko‘nikma va egallangan malakalardan o‘z hayotida va jamiyat muammolarini hal qilishda foydalana olish. - insoniyat oldidagi umumbashariy muammolar haqida bilimlarga ega bo‘lish 1 . Umuman olganda, O‘MKHТ standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
1 “Ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. www.lex.uz
14
- O‘MKHТning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash; - mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; - O‘MKHТning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish; - sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish; - kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash; - O‘MKHТ jarayonini va kadrlar
tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash; - mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash 1 . Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling