Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/32
Sana09.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#259991
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish

 

  



 

 

 

 

 


43 

 

Хulosa. 

ХХ asr so’ngida ro’y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ikki qutbli 

dunyoning  barham  topishi  natijasida  nisbiy  muvozanatning  buzilishi  jahonning 

mafkuraviy  manzarasini tubdan o’zgartirib  yubordi. Inson qalbi va ongini egallash 

uchun kurash xilma-xil g’oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan 

mafkuralarning asosiy maqsadiga aylanmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  ta’kidlaganidek  “Bugungi  kunda 

odamzod  ma’lum  bir  davlatlar  va  siyosiy  kuchlarning  manfaatlarigagina  xizmat 

qiladigan,  olis-yaqin  manbalardan  tarqaladigan,  turli  ma’no-  mazmundagi 

mafkuraviy kuchlarning ta’sirini doimiy sezib yashamoqda”. 

Hozirgi  zamonda  inson  ongi  va  qalbini  egallashga  qaratilgan  harakatlar 

haqidagi bilimlarni o’quvchilar ongiga singdirish, muammoli vaziyatlarni hal etish 

bo’yicha amaliy mashg’ulotda Keysga asoslangan o’qitish texnologiyasining asosiy 

maqsadi  hisoblanadi.  Ushbu  texnologiya  amaliy  vaziyatlarni  hal  etish  jarayonida 

o’rganilgan  o’quv  mavzusi  bo’yicha  bilimlarni  mustahkamlashga,  muammolarni 

tahlil  qilish  va  qirralarni  yakka  tartib  yoki  guruhlarda  qabul  qilish  ko’nikmalarini 

egallashga,  ijodiy  va  o’rganish  qobiliyatlari,  mantiqiy  fikrlash,  nutq  va  muhit 

sharoitlariga  moslashish  qobiliyatlarini  rivojlantirishga  hamda  qarorlarni  mustaqil 

qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi. 

Shundan kelib chiqib, fikr yuritganda, O’zbekiston tashqi siyosatga tinchlik, 

barqarorlik,  hamkorlik  yo‘li  asos  qilib  olindi.  O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi 

siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 

•  mafkuraviy qarashlardan qati nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy 

qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 

•  davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 

•  boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

•  nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 

•  kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 

•  inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; 




44 

 

•    ichki  milliy  qonunlar  va  huquqiy  normalardan  xalqaro  huquqning  umum 



e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi; 

•    davlatning,  xalqning  oliy  manfaatlari,  farovonligi  va  xavfsizligini 

ta’minlash  maqsadida  ittifoqlar  tuzish,  hamdo‘stliklarga  kirish  va  ulardan  ajralib 

chiqish; 

•  tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 

•  davlatlararo  aloqalarda  teng  huquqlilik  va  o‘zaro  manfaatdorlik,  davlat 

milliy manfaatlarining ustunligi; 

•  tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko‘p  tomonlama  kelishuvlar 

asosida  rivojlantirish,  bir  davlat  bilan  yaqinlashish  xisobiga  boshqasidan 

uzoqlashmaslik. 

Mamlakatimizning  jahon  xalqlari  tinchligi  va  xavfsizligiga  mos  bo‘lib 

tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat cifatida tezda tan 

olinishini  ta’minladi.  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini 

dunyodagi  nufuzli  davlatlar  tan  oldi,  ularning  120  tasi  bilan  diplomatik  siyosiy, 

iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  aloqalar  o‘rnatildi.  Тoshkentda  43 

mamlakatning  elchixonasi  ochildi.  Bular  jumlasiga  AQSh,  Тurkiya,  Germaniya, 

Fransiya,  Buyuk  Britaniya,  Хitoy,  Hindiston  Pokiston  va  boshqalarni  kiritish 

mumkin.  Shuningdek,  O‘zbekistonda  88  xorijiy  mamlakatlar  va  xalqaro 

tashkilotlarning,  24  hukumatlararo  va  13  ta  nohukumat  tashkilotlarning 

vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSh, 

Тurkiya,  Germaniya,  Fransiya,  Хitoy,  Pokiston  va  boshqalarda  O‘zbekistonning 

elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. 

 Ushbu keys - o’quvchilarni O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi tutgan 

o’rni  haqida  mustaqil  fikrlash,  erkin  tafakkurni  shakllantirish  asosida  yovuz 

g’oyalarga  qarshi  javob  bera  olish,  “O’zbekiston  -  yagona  Vatan”  degan 

tushunchani shakllantirish bilan birga jamiyat taraqqiyotida uchraydigan to’siqlarni 

yengishga  imkon  yaratadi.  Ushbu  keysni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun 

mavzu  bo’yicha  o’quvchilar  dunyoning  mafkuraviy  manzarasi  va  globallashuv 

jarayonlari haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur. 



45 

 

Keys-stadidagi asosiy muammo dunyo mafkuralari o’rtasida bo’layotgan 



axborot jangi vamafkuraviy immunitetni kuchaytirish - yoshlar ongini zararli 

g’oyalardan himoya qilish omili. Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun 

kurash 

Тarix tajribasidan ma’lumki, o’zga hududlarni zabt etish yoki himoyalanish 

maqsadida  urush  qurollari  uzluksiz  takomillashtirib  borilgan.Ularning  barchasi 

ehtimol  tutilgan  dushman  askarlari  va  aholisini  yo’q  qilishga  qaratilgan  edi. 

Bugungi  kunda  esa  o’zga  hududlarni  zabt  etish  uchun  ularning  aholisini  qirib 

tashlash yoki jismonan asir qilib olish shart emas. 




Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling