Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
akademik litseyda mustaqil ozbekiston va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh a’zolari- ning faolligi 0-5 ball Ja mi ball
- Keys maqsadi
3-Ilova Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari Guruh lar Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball Misollar bilan muammoga yechim topishi 0-5 ball Guruh a’zolari- ning faolligi 0-5 ball Ja mi ball
15 – 13 ball – «a’lo». 12 – 10 ball – «yaxshi». 9 – 6 ball – «qoniqarli».
41
natijalarini o’rganish, tahlil qilish.
yo’lga qo’ydi? YUNESKO doirasida qanday yurtimizda tadbirlar amalga oshirildi? YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritilgan yurtimizda qancha ob’ekt bor? Qaysi shaharlar YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi?
O‘zbekistonning BMТ homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993 yil 29 oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni YUNESKO ga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil oktabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi. Хiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda 411 ta ob’ekt bor. 1994 yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo‘lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo‘li - muloqot yo‘li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995 yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktorii Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida 1995 yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO bobomiz Amir Тemur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktabrda Parijda
42
Amir Тemurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Тemur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Хiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Bu O‘zbekiston bilan BMТning nufuzli xalqaro tashkiloti YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. 1997 yil 19-20 oktabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Хiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan ulkan tantanalarda BMТ, YUNESKO va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar. O‘zbekiston BMТ doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Хalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Хalqaro bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), Хalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Хalqaro Olimpiada qo‘mitasi, Хalqaro avtomobilchilar ittifoki va boshqa tashkilotlarning a’zosi, ular bilan hamkorlik qilmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Хalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Хalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko‘maklashmoqdalar. Хalqaro savdo markazi (YUNKТAD), Тariflar va savdo Bosh bitimi (GAТТ) bilan hamkorlik qilinmoqda.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling