Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
7 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Raqamli IMSlar klassifikatsiyasi, markalanishi va sxemalarda shartli belgilanishi. Reja
- Integral mikrosxema (IMS)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI ELEKTRONIKA VA SXEMALARI I FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: Raqamli IMSlar klassifikatsiyasi, markalanishi va sxemalarda shartli belgilanishi. Guruh: 16_21 Bajardi: ; Abdisalomova M Tekshirdi:Rustamova M. Mavzu: Raqamli IMSlar klassifikatsiyasi, markalanishi va sxemalarda shartli belgilanishi. Reja: 1. Integral mikrosxemalar (IMS) haqida tushuncha. 2. IMSlar klassifikatsiyasi. 3. IMSlarning markalanishi. 4. IMSlarning sxemalarda shartli belgilanishi. Hozirgi vaqtda mikrosxemalar, EHM, avtomatik siste- malarda, o'lchash va nazorat sistemalarida, xullas, raqamli texnologiya qo‘llaniladigan barcha sohalarda qo‘llaniladi. Mikrosxema — yig'ilgan juda kichik elektron mexanizmdir. Integral mikrosxema (IMS) — ma’lum funksional vazifani bajaruvchi mikrosxema. Funksional vazifasiga ko‘ra, IMS signalni o'zgartiruvchi, qayta ishlovchi, axborotni to‘plovchi va hokazo ko'rinishda ishlanadi. IMSning asosiy xususiyati shundan iboratki, u ma’lum funksional vazifani to‘la bajaradi, ya’ni IMS kuchaytirgich, trigger, turtkilar, hisoblagich, mantiqiy mexanizm va hokazo. INTEGRAL MIKROSXEMA (1-rasm) Mikrosxemada butun bir mexanizm kichik bir hajmda simsiz, bevosita zavodning o‘zida, mahsulot birligi sifatida ishlab chiqariladi. IMS ning elementlari diod, triod, sig‘im, induktivlik, rezistor yarimo‘tkazgich kristallning sirtida va hajmida zichlab joylashtiriladi. IMSni ishlab chiqarish o‘ta murakkab texnologiyadir. Bu texnologiya alohida bir ilm-u fan sohasi bo‘lib tez rivojlanyapti. Bu sohaning rivoji katta integral sxemalarni qo'llashga olib keldi (KIS). Raqamli texnologiyalarda KIS ko'rinishida tuzilmalaming turtki raqamli texnologiyalaming KIS ko‘rinishida ishlab chiqaradigan ayrim elementlarning bajaradigan funksional vazifasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqamiz. Jamlagich (cyMMaTop) — ikki raqamli sonlar ustida arifmetik amallarni bajaradi. Hisoblagich (chcthhk) — turtkilarni hisoblovchi mexa- nizm. Sonlar hisoblagichida ikki raqamli („1“ va „0“) sana ko'rinishida beriladi. Registr — shartli raqamli belgi (kod)larni qabul qilish, saqlash va buyruq bo‘yicha chiqarib berish uchun xizmat qiladi. Shartli belgilagich (shifrlar) — raqamli shartli belgilarni (turtkilarni) mantiqiy buymqlarga aylantiruvchi mexanizm. Shartli belgini ochgich (deshifrator) — shifrator baja- radigan o‘zgartirgichning aksi. Masalan, o‘nli sanani ikkili sanaga aylantiruvchi shifrator bo‘lsa, deshifrator teskari va- zifani bajaradi. Mikroprosessor — axborotga ishlov berish va boshqarish mexanizmi. Mikroprosessor xotira, axborotni kiritish- chiqarish qurilmalari bilan birga ishlaydi. Mikroprosessor arifmetik — mantiqiy boshqarish, tezkor xotira EHM va boshqa ichki qurilmalardan iborat. EHM va boshqa raqamli texnologiyalar asosida ishlay- digan uskunalarda ko‘p mexanizmlar mavjud. Biz asosiylari ustida qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Raqamli texnologiyalar aso- sida ishlaydigan qurilmalaming ishonchliligi yuqori. Hozirgi vaqtda barcha sohalardagi mutaxassislar raqamli texno- logiyalaming asosi bilan tanish bo‘lishlari shart . Mikroprotsessorning ko’rinish (2-rasm) Integral mikrosxemalar elektr asboblarning sifat darajasidagi yangi turi bo‘lib elektron qurilmalarning asosiy negiz elementi hisoblanadilar. Integral mikrosxema (IMS)elektr jihatdan o‘zaro bog‘langan elektr radiomateriallar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar) majmui bo‘lib, yagona texnologik siklda bajariladi, ya’ni bir vatqning o‘zida yagona konstruksiya (asos)da ma’lum axborotni qayta ishlash funksiyasini bajaradi IMSlarning asosiy xossasi shundaki, u murakkab funksiyalarni bajarish bilan birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funksiyalarni bajarish uchun diskret elementlarda mos keluvchi sxemani yig‘ish talab qilinardi. IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud: konstruktiv va texnologik. Konstruktiv belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida yoki sirtida joylashadi, IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud: konstruktiv va texnologik. Konstruktiv belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida yoki sirtida joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga joylashtirilgan bo‘lib, yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki bir qismi va elementlararo bog‘lanishlar yagona texnologik siklda bajariladi. Shu sababli integral mirosxemalar yuqori ishonchlilikka va kichik tannarxga ega. Hozirgi kunda yasalish turi va hosil bo‘ladigan tuzilmaga ko‘ra IMSlarning uchta prinsipial turi mavjud: yarim Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling