Raqamli-analog o‘zgartirgichlar
Raqamli signalni analog signalga aylantirgichlar, ko‘pinchaboshqariluvchirezistorlikuchlanishtaqsimlagichlarorqaliamalgaoshiriladi (3-rasm).
3-rasm. Raqamli signallarli analogli signallarni aylantirgichning blok sxemasi (a) va uning chiqishidagi kuchlanish o‘zgarishi (b).
Bunda raqamli signal UD ning kodi Xn . . . X2, X1 ga qarab turli xil rezistorlar ulanadi. Raqamli signalning kodi o‘zgarishi bilan taqsimlagichning o‘tkazish koeffitsiengti xam o‘zgaradi. O‘tkazish koeffitsienti o‘zgarganligi tufayli, bu taqsimlagichning kirishiga doimiy kuchlanish berilsada, chikish kuchlanishi notekis o‘zgaradi. Kuchlanish taqsimlagichlarini ulash va uzish elektron kalitlar orqali amalga oshiriladi.
4-rasm. Kuchlanish taqsimlagich vazifasini bajaruvchi qarshiliklar matritsasi (a) signallarni boshqaruvchi kalit sxemasi (b).
Kuchlanish taqsimlagichi vazifasini qarshiliklar matritsasi o‘taydi. Bunday matritsaning ko‘rinishi 4 a-rasmda keltirilgan. Ikkilik sistemasidagi signallarni boshqaruvchi kalit sxemasi 4 b-rasmda ko‘rsatilgan. Raqamli signalni analog signaliga aylantirishning aniqlik darajasi rezistorlarning tayyorlanish aniqligiga va ularning ish rejimida parametrlarining barqarorligiga bog‘liq.
Nazorat savollari
RAO’ va ARO’ haqida umumiy ma’lumotlarni bering
ARO’ jarayonini tushuntirib bering
RAO’ jarayonini tushuntirib bering
Kotelnikov teoremasini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |