Diffuziya
Diffuziya (
lotincha
: diffusio — singish, tarqalish) — molekulalar, atomlar,
ionlar va kolloid zarralarning tar-tibsiz issiklik harakati natijasida bir
moddaning ikkinchi moddaga oʻz-oʻzidan oʻtishi, birining ikkinchisiga singib
ketishi. Diffuziya gaz, suyuklik yoki qattiq jismlarda boʻladi va tezligi
moddaning zichligi va qovushoqligi, temperatura, diffuziyalanuvchi zarraning
tabiatiga va h. k.ga bogʻliq. Temperatura koʻtarilishi bilan Diffuziya tezlashadi.
Bir aralashmali sistema (bir modda)dagi Diffuziya oʻz diffuziya, koʻp
aralashmali sistema (gaz, suyuq yoki qattiq eritmalar)dagi Diffuziya
geterodiffuziya deyiladi. Fan va texnika sohalarida Diffuziya ning ahamiyati
katta; kimyoda Diffuziya usuli erigan moddaning molekulyar ogʻirligini
aniqlashda qoʻllaniladi. Biologiyada oziq moddalarning soʻrilishi va yutilishi
hamda moddalar almashinuv mahsulotlarining chiqib ketishida Diffuziya ning
ahamiyati bor. Texnikada terini oshlash, gazlamani boʻyash, metallarni
sementlash va azotlash, metallarda himoya qrplama hosil qilishda qoʻllaniladi.
Geologiyada Diffuziya moddalarning quyuqdan suyuqqa, issiqdan sovuqqa,
namdan quruqqa tarqalishiga aytiladi. Foydali qazilma konlarini izlashda
Diffuziya ning roli juda muhim. Diffuziya natijasida konlar bor joylarda
rudalarni birlamchi va ikkilamchi areal (joy) lari hosil boʻladi. Bular oʻz
navbatida maʼdan konlarini qidirishda asosiy omillardan hisoblanadi. Fizikada
molekulalar (atomlar) Diffuziya sidan tashqari oʻtkazuvchanlik elektronlari,
kovaklar, neytronlar va b. zarralar Diffuziya si ham oʻrganiladi.
2-Mavzu : Fizikaviy jarayonlarni modellashtirish imkonini beruvchi
dasturlar orqali fizikaviy jarayonlarni modellashtirish.
Reja :
1. Fizika o’qitishning ahamiyati va uning tuzilishi. Unda kompyuterdan
Do'stlaringiz bilan baham: |