Va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali


Kompyuterdan foydalanish orqali amaliy ko’nikma hosil qilish


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana13.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1355512
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xayrullayev Ibrohim Fizika 4-Mustaqil ish compressed (3)

Kompyuterdan foydalanish orqali amaliy ko’nikma hosil qilish 
XXI asr bo’sag’asida kompyuerlashtish yuqori cho’qqilarni egallagan bir 
vaqtda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali o’qitishni davr talab qilmoqda. 
O’quv jarayonida kompyuterlashtirish katta jadallik bilan kirib kelmoqda. 


Kompyuter dasturlari orqali fizik tajribalarni, effektlarni va hodisalarni 
namoyish qilish mumkin. Kompyuterdan bilim berishda olgan bilimlarni 
nazorat qilishda, fizikadan masalalar yechishda va labaratoriyada keng 
foydalanish mumkin. An’anaviy labaratoriyalar, ularga dunyoning moddiyligi 
haqida ishonch shakllanadi, dunyoning o’rganishda insonning imkoniyatlari 
katta ekanini biliob oladilar. Natijada talim oluvchilarning mantiqiy fikrlashlari 
va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi. 
Turli xil fizik qonuniyatlarni o’rgatuvchi, parametrlar o’rtasidagi parametrlar 
o’rtasidagi bog’lanishni o’rgatuvchi grafiklarni chizuvchi fizik jarayonlarni 
tabiatga ro’y berishiga yaqin tarzda amalgam oshiruvchi kompyuter dasturlari 
keyingi vaqtda ko’plab tuzilmoqda. Bunday da sturlardan fizika fanini 
o’qitishda ham foydalanib kelinmoqda. 
Umumiy fizika kursi materiali hajmi jihatdan katta. Bu materiallarning 
bo’limlari bo’yicha o’qitishda kompyuterdan foydalanish afzalroq bo’lgan 
materialni tanlab olish lozim. Masalan fizikaning “atom va yadro fizikasi” 
bo’limining o’zidagina o’lchovi angstrom tartibida otom va elementar zarralar 
o’rtasidagi jarayonlarni tajribalarni an’anaviy labaratoriya sharoitida kuzatib 
bo’lmaydi. Chunki odamning ko’rish qobiliyati 
o’lchovidagi nozik 
majmuani ko’rishga qodir emas. Vaholanki, bu jarayonlarni kompyuterda 
mul’tiplikatsiya tarzida kuzatish mumkin. 
Keyingi vaqtda o’qitishni yanada takomillashtirish uchun “elektron darslik”lar 
yaratish to’lda qo’yilmoqda. Bundan o’qituvchilar yaxshi foydalanishlari 
mumkin. Bu “elektron darslik”larning eng qulay tomoni olisdan turib 
boshqarishga mavzuni o’rgatishga imkon beradi. 
Zamonaviy EHMlarning yaratilishi juda murakkab masalalarni masalan 
gidroaerodinamika va issiqlik almashinuvi masalalarini yechib hayotda 
kengroq tadbiq etish imkoniyatini ayrim murakkab tajribalarni modellashtirish 
imkoniyatini yaratdi. Bu sohadagi masalalarni EHM yaratilmasidan avval yillar 
sm
8
10



davomida yechish mumkin edi. Ana shunday kuchli hisoblash mashinalari 
yaratilishi hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. [7] 
Birinchi EHMlar yaratilganda quvvatli hisoblash mashinalari faqat labarotoriya 
yoki ilmiy institutlarda qo’llanilar edi. EHMlar hajmining kichrayishi 
narxining kamayishi esa ularning barcha sohalarda kengroq kirib kelishiga 
sabab bo’ldi. 
EHMlar rivoji amaliy masalalarni yechish va uni amalgam qo’llaydigan yangi 
bir nwcha fanlar qatori hisoblash gidromexanikasi fani va fizik jarayonlarni 
matematik modellashtirish imkoniyatini yaratilishiga olib keldi. 
Hisoblash usullarining qo’llanishi no’zi ham tubdan o’zgardi. Shu bilan birga 
EHMda murakkab masalalarni yechish usullarini yaratish juda ham avj oldi. 
Teskor xotirasi katta samarali EHMlar yaratish talabi ham shu masalalarni 
yechishda kelib chiqqan. Albatta shu sababli ham ular hisoblash mashinasi deb 
yuritilar edi. Hozirgi davrda bu nom juda tor ma’no bo’lib qoldi. Hisoblash 
gidroaerodinamikasi fanining asosiy maqsadlaridan biri jarayonlarning asosiy 
matematik model yordamida ifodalab ularning sonli usullar va EHM 
yordamida yechishni o’rganishdir. [6] 
Hisoblash deganda matematik model yordamida yechish tushuniladi. Bu 
sohada jarayonlar ko’pincha birinchi, ikkinchi va undan yuqori tartibli 
differensial tenglamalar (xususiy yoki xususiy bo’lmagan) tenglamalar 
sistemasi orqali ifodalanadi. Barcha asosiy qonunlar: uzluksiz (massaning 
saqlanish qonuni), harakatning saqlanish qonuni va boshqa qonunlar 
(differensial tenglamalar sistemasi) ko’rinishida ifodalanadi. 
Albatta ko’p hollarda fizik jarayonlar to’la aniqlikda matematik model 
yordamida ifodalana olmaydi. Bunday hollarda jarayon soddalashtirilib 
(ideallashtirilib) olinadi. Umuman jarayonlarni hozirgi davrda ikki usul bilan 
o’rganish mumkin: 
-Matematik modellashtirish; 


-tajriba o’tkazish. 
Matematik model yordamida o’rganishning hozirgi davrda q’llanilishini asosiy 
sabablaridan biri EHMni qo’lash bo’lsa boshqa tomondan u material jihozlar 
talab qilmaydi va tez har xil variantlarni sonli tajribalar o’tkazish imkonini 
berdi. Bundan tashqari shunday jarayonlar mavjudki ularni faqatgina 
matematik model yordamida o’rganish mumkin. Masalan, yuqori harorotli
issiqlik masalalari kichik yoki hokazo shunga o’xshash ekalogik masalalar 
faqatgina matematik model yordamida o’rganishi mumkin bo’ladi. 
Ikkinchidan, yani tajriba usuli eng qadimiy usullardan bo’lib ko’p tabiat 
qonunlari kuzatish va biror qurilma model andoza yordamida ochilgan va 
o’rganilgan . Bu usul albatta material jihozlar talab qilinishidan tashqari tajriba 
qurilmasini yaratishni talab qiladi. Agar yaratilgan qurilma aytgan natijani 
bermasa qurilma qismlari almashtirilishi yoki butunlay boshqatdan yaratilishi 
kerak bo’ladi. Bu albatta juda ko’p vaqt va material talab qiladi. Shunga 
qaramasdan bu usul ham qo’llaniladi. 
Ko’p hollarda matematik usul bilan olingan natijalarning to’g’riligiga o’xshash 
tajriba natijalari bilan taqqoslanadi.Bu ikki usul ana shunday bir-birini 
to’ldirishi mumkin. 
Jarayonlar qanchalik matematik usul yordamida to’g’ri ifodalansa uni natijalari 
yetarli darajada aniqlikda bo’ladi. Bu sohada quyidagi muammolar bo’lishi 
mumkin. Bu holda eng yaxshi aniqlikdagi usullar ham yordam bermaydi. Aniq 
bo’lmagan hodisani aniq yechish kerak emas. 
Ikkala usul matematik model va tajriba usulining umumiy tomoni bor bu ham 
bo’lsa olingan natijalarni almashtirish ya’ni obyektga qo’llash usuli bo’lishi 
shart. Aks holda bu ishlarni bajarishning hojati yo’q. Qo’llash usuliga ayrim 
o’xshashlik koeffisentlari(sonlari) qo’llaniladi. 
Masalan Fiko Reynolds, Prandtl, Arximed va hokazo sonlarni qo’llaniladi. 
Buning maqsadlaridan bir jarayon matematik modeli mavjud bo’lib, biz uni 


sonli va EHMni qo’llab yechishdan iboratdir. Bu natijalar qay darajada 
o’rganilayotgan jarayonni ifodalanishi shu olingan natijalar asosida tahlil 
qilishdan iboratdir. 
Bu sohadagi matematik modellar asosan xususiy differensial tenglamalardan 
iborat bo’lib ularni yechish uchun esa chekli ayirmalar usuli qo’llaniladi. 
Chekli ayirmalar usulining asl maqsadi quyidagilardan iboratdir. 
Xususiy differensial tenglamalar sistemasida o’tkazilib yechildi. 
O’rganilayotgan soha chekli diskret nuqtalarda bo’linadi va yechim shu 
nuqtalardagina topiladi. Demak, uzluksiz soha cheklangan to’p nuqtalardan 
iborat rang qilib o’rganiladi. Ko’rinib turibdiki, bu nuqtalar qancha ko’p bo’lsa 
yechim shuncha aniqlikda topiladi. Bu esa o’z navbatida xoyirasi katta va tez 
ishlaydigan zamonaviy EHMlar yaratilishini talab qiladi. Sonli usullarni 
qo’llash sohasidagi “portlash” 1960 yillardan boshlanadi. Chunki bu davrdan 
boshlab tezkor EHMlar paydo bo’la boshladi. 
Bu davrdan boshlab matematik-model hisoblash davri boshlandi. Keyingi 
yillarda EHM tezligijuda tez sur’atlar bilan o’syapti hisoblash ishlariga 
sarflanayotgan xarajat esa aqlbovar qilmas darajada arzonlashmoqda. 
1955-1985 yillarda har sakkiz yilda qiymati 10 marta arzonlashmoqda. 
Hammaga ma’lumki keyingi 25 yildagi ko’rsatgich bundan ham ko’p bo’lgani 
ayon. Arzon bo’lishining sabablari bu nafaqat tezligi katta EHMlar yaratishda 
bo’g’liq bo’lib qoldi. SHU bilan bir qatorda sonli hisoblash usullarining 
yaratilishi ham hisoblanadi. Bunda misol qilib 1979-yilda chop etilgan 
Shlixtingning kitobidagi solishtirishni misol qilib olish mumkin. Qanotidan 
sirpanib o’tgan jarayonni ifodalovchi Reynolds tenglamalar sistemasining 
zamonaviy EHMlar yordamida yechish uchun ko’pi bilan yarim soat vaqt 
kerak bo’lsa va mashina vaqti 1000$ tashkil qilgan. Agar kimdir bu masalani 
20 yil oldingi EHMda (masalan IBM-70b tipdagi EHMlarda) o’sha davrda aniq 
bo’lgan algoritmlar asosida o’tkaziladigan bo’lsa 100 dollar talab qilar va 30 
yilda shunday oqimlarni hisoblash imkoni bo’lar edi. 


Bundan so’ng sonli eksprimentlar o’tkazish tannarxi kamayib boorish 
tendensiyasi davom etsa kerak. Demak jarayonni sonli o’rganish ham arzon 
tejamli samarali hamda qulaydir, hatto ayrim hollarda yakkayu-yagona usul 
bo’lib qolmoqda. 
Fizika bu tajribalar fanidir. Shuning uchun labaratoriya sharoitida tajribalar 
o’tkazish fizika qonunlari va metodlarini o’rganishda asosiy usullardan biri 
bo’lib hisoblanadi. Labaratoriya ishlarini o’tkazish talabalarga fizik hodisalar 
asosiy asbob-uskunalar bilan tanishishga imkon beradi, o’lchashni har xil 
usullarini o’rganishda tajriba “texnikasini” egallashga imkon yaratadi. Juda 
ko’p hollarda esa ayrim asbob-uskunalar yetmaydigan paytlarda electron 
hisoblash mashinalarida virtual labaratoriyalar yaratish ham tajribaning asosiy 
usullaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. 
Fizika ta'limi jarayonini takomillashtirishning eng muhim jihatlari 
quyidagilardir: 
-o’qitish sifatini, mеhnat va axloq tarbiyasini kuchaytirish; 
-o’qituvchilar va ta'lim oluvchilar mеhnatini to’g’ri baholash; 
-o’qitishni kundalik hayot bilan bog’lashni amalda mustahkamlash; 
-ta'lim oluvchilarni ijtimoiy foydali mеhnatga tayyorlashni yaxshilash. 
Fizika o’qitishni takomillashtirish mеtodologiyasibu darsning tuzilishi, 
shakllari va tashkil etish usullari, shuningdеk, fizika o’qitish nazariyasining 
rivojlanish qonunlari hamda uning natijalarini amalga tadbig’ etish usullari 
haqidagi ta'limotdir. 
Fizika o’qitish mеtodikasining mеtodologiyasi boshqa fanlar singari 
o’zining maxsus tеkshirish usullariga ega. Bu sohadagi tеkshirish usullariga 
quyidagilar kiradi: 
-ta'lim masalalarining tahlili va ularni hal etishda fizikaning o’quv prеdmеti 
sifatidagi rolini aniqlash; 


-ilg’or pеdagogik tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va fizika ta'limiga 
joriy qo’llash; 
-fizik ta'lim va pеdagogik amaliyot masalalarini qiyosiy tahlili; 
-ta'lim oluvchilar psixologiyasining o’ziga xoshugini hisobga olgan holda 
fizika o’qitish jarayonining tahlili, darsliklarga, o’qitish vositalariga va mеtodik 
qo’llanmalarga didaktik talablarni ishlab chiqsh; 
-fizika o’qitish tarixini tahlil etish asosida fizika mеtodikasi rivojlanishining 
ob'еktiv tеndеntsiyalari va qonuniyatlarini aniqlash; 
-yuqoridagilar asosida gipotеzalar qo’ysh va ularni ekspеrimеntal tеkshirish. 
O’qitishning mazmuni ustida so’z borganda, diqqatni rеspublikamizda 
ta'limtarbiya sohasida ro’y bеrgan muhim o’zgarishlarga haratish lozim. 
Chunki, ta'lim tizimini tuzilish va mazmun jihatdan isloh qilish maqsadida 
“Ta'lim to’g’risida” va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» haqida qonunlar 
qabul qilindi. Bu hujjatlarda fizika o’qitish vazifalariga ham yangicha 
yondoshildi va fizika ta'limning ajralmas qismi dеb alohida ta'kidlandi. 
Bеlgilangan vazifalarni amalga oshirish esa ta'lim oluvchilarni yuksak 
salohiyatli, bilimli, o’z ahli tafakkuri bilan ongli mushohada yuritadigan ozod 
va hur fikrli insonlar bo’lib еtishshi uchun muhim hissa qo’shadi. Shuni esdan 
chiharmaslik kеrakki, hamdo’tslikdagi davlatlar orasida faqat bizning 
mamlakatimizda ta'lim-tarbiyaga shunday yondoshish amalga oshirilmoqda. 
Fizika o’qitishning vazifalari sifatida fizika ta'lim oluvchilarda ilmiy 
tafakkurni shakllantirishda asosiy o’rin egallashi ta'kidlangan. Bunda ilmiy 
tabiiy bilish sikli: faktlarni kuzatishdan muammoni ta'riflashgacha va undan 
gipotеzani taklif etish (hodisa modеli, tushunchalar, qonunlar va usullar) 
gipotеzani mantiqiy rivojlantirish va nazariy bashorat qilish, nazariy 
xulosalarni ekspеrimеntal tеkshirish va ularni amalda qo’llash. Asos qilib 
olingan fizikani o’rganishda asos shuning uchun asosiy fanining 
mеtodologiyasi, o’qitish mеtodlarining manbai va tashkil etuvchi qismi bo’lib 


hisoblanadi. O’qitish mеtodlarini takomillashtirish ta'lim oluvchilarni fizikadan 
olgan bilimlarini sifatini oshirishgagina yordam bеrib holmasdan, ularning 
iqtidorli, itsе'dodli, zukko va ma'naviy еtuk kshilar bo’lib еtishshlari uchun 
ham xizmat qiladi. O’rta maktab ta'limi fizika kursida politеxnik ta'limni 
shakllantirish va ta'lim oluvchilarning mеhnatga tayyorlashning mu?im 
vositalari amaliy fizika masalalarini o’rganish hisoblanadi. Bularga fizika 
asboblarining ishlash jarayoni, mashina va mеxanizmlarning harakat qoidalari, 
ularni shlatishning fizik asoslari, xalq xo’jaligining turli sohalarida fizik 
hodisalarining qo’llanilishi kiradi. Bu matеriallarni tizimlashtirishda 
takomillashtirilgan dastur va darsliklarda fantеxnika taraqqiyotining turli 
yo’nalishlari bilan bog’liq bo’lgan darslarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Ta'lim tizimida o’quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini yanada oshirish 
uchun faqat ilg’or o’qitish mеtodlarini ishlab chiqish to’g’risida gapirmasdan, 
shu bilan birga ularning qo’llanilishiga ham ahamiyat bеrish kеrak. O’qitish 
mеtodlari darslikdan, masala еchish uchun qo’llanmalardan, dеmontsratsion 
tajribadan va laboratoriya ishlaridan ajralgan holda bo’lmaydi. O’qitish 
mеtodlari o’qitish jarayonida amalga oshiriladi, ammo darslik matni masalalar 
mazmuni, dеmontsratsion tajribalar va laboratoriya shlari o’quv 
mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. 
O’qituvchilarni o’qitish mеtodlari bilan qurollantirishning bosh yo’li bu o’quv 
ishlarining stratеgiyasini, ya'ni o’qitish tarbiyalash va o’stirishning vazifalari, 
fundamеntal fizik nazariyalar va o’quv prеdmеtining o’ziga xos o’qitish 
mеtodlarini amalga oshira borib, har bir darsni o’quv tarbiya jarayonining bir 
?ismi dеb qarab, darsda asosiy ish shakllarini qo’llay olish mahoratini 
egallashdan iborat. 
Ko’pgina oddiy o’quv tajriba qurilmalariga bu qurilmalaredan olinadigan 
axborot hajmi ko’p emas va odatda o’ndan oshmaydi. O’tkaziladigan tajriba 
natijalarida asoslanib esa xulosalar chiqarish kerak. Buning uchun esa olingan 


natijalarni qayta ishlash kerak. Albatta har bir labaratoriya ishida tajribalarga 
olingan natijalar qaysidir matematik metod yoki usulda qayta ishlanadi. Ushbu 
labaratoriya ishini o’tkazishdan oldin talaba olingan labaratoriyadagi tajriba 
natijalarini qayta ishlash qobiliyatiga ega, ya’ni u matematikadagi amallar va 
funksiyalar metodlar bilan yaxshi tanish deb hisoblanadi va shunday bo’lishi 
kerak. 
Buning uchun esa talabalar birinchi kursdan boshlab oliy matematika, 
matematik tahlil informatika matematik modellar va dasturlash fanlarida 
o’zlashtira boshlashlari kerak. Talaba biror-bir labaratoriya ishini fizika darsida 
o’tkazishdan oldin yuqoridagi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Shuningdek 
bir-ikkita algoritmik tlda EHMda dastur tuza olish imkoniyatiga ham ega 
bo’lishi kerak. 
Hozirgi davrda kelib hisoblash mashinalariga dasturlash turlari bibliotekalari 
ko’plab oxirida yetkazilgan standdart qism dasturlarga ega va zamonaviy 
tajriba tadqiqotlarni avtomatlashtirish imkonini beradi. Biror-bir labaratoriya 
ishini o’tkazgandan keyin talaba dasturlash tilidagi dialog rejimiga 
kompyuterda ayrim boshlangich parametrlarni kirita olish dasturda 
hisoblangan natijalarni ekranga yokim bosmalash qutilmasiga chiqara olish 
imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Agar talaba biror-bir dasturlash tilidan 
foydalanishni bilmasa boshqa standart hisoblash sistemasidan masalan 
Microsoft Office tarkibidagi MS EXCEL dasturidan foydalanishi han mumkin. 
Yuqoridagi ko’rsatilgan usullar tajribaviy ishlarni boyitadi. Bitta tajriba guruhi 
uchun hozirgi zamonaviy IBM PC kompyuterlari va Windows operatsion 
sistemasi bilan jihozlangan dasturlash tillari va MS Offece paketi bilan 
qurollangan kompyuiter yetarli hisoblanadi. Bunda talaba olingan natijalarni 
kompyuter xotirasiga saqlashni ham bilishi ya’ni operatsion sistema bilan 
ishlash qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. 
Talabaga berilgan vaqt moboynida kerakli natijalarni olish hisoblash ishlarini 
bajarish uchun dasturni kirita olishi yechim olishi yechimni bosmaga chiqara 


bilish yoki boshqa bir tuzimga masalan EXCELga natijalarni hisoblab olish 
qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. 
Fanning rivojlanib borishi yangi tadqiqot metodlarini yaratilishiga bilimlar 
hajmini uzluksiz oshib borishiga olib kelmoqda. Bunday bilimlarni esa 
talabalar ketma-ket egallab borishlari darkor. 
Xulosa 
Kasblarni o’zi ham insonning aktiv hayoti davomida har xil o’zgarishlarga 
uchramoqda. Rivojlangan davlatlarda inson o’z mehnat faoliyati davomida 
bilimini oshirib bormasa o’z ishi joyini bo’shatib qo’yishiga to’g’ri keladi. 
Shunday ekan unda bilimlarni boyitib borishni o’qitish effektivligini 
oshirishniyo’llarini qidirish birinchi o’rinda ko’tarilmoqda. Lekin pedagogika 
fanida ana shu muammolarni yechishda faqat oxirgi yilardaginae’tibor berila 
boshlandi. Bu muammolardan biri bu-o’qitish sistemasidir. 
Hozirgi davrdagi o’qitish sistemasida kamchiliklar deb quyidagilarni aytish 
mumkin: 
-Har bir olingan talaba tomonidan unga beriladigan bilimni qabul qilish 
imkoniyati har xilligiga, buni qanday hal qilish kerak; 
-o’quv materiallarini talaba tomonidan qanchalik qabul qilinayotganini 
tekshirish usullarining to’la shakllanganligi. 
Buni talaba uchun o’qituvchilar sonini ko’paytirish bilan yechish deb 
hisoblovchilar bor. Lekin bu iqtisod bilan bog’liq va muammoni to’la yechib 
bo’lmaydi. Ana shuning uchun ham bu muammolarni yechishda hisoblash 
mashinalaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblash mumkin. 
Oxirgi paytlarda hisoblash mashinalaririvoji ularning matematik va dastur 
taminotining o’sishi EHMlardan o’qitish va bilimlarni tekshirish vositasi 
sifatida foydalanish imkonini beradi. 


Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatoqdaki, axborot 
texnologiyalarining multimedia vositalari asosida o’quv-materiallarini obrazli 
ko’rinishda ifodalashdek muhim imkoniyat mavjud. Ma’lumotlarni matn 
sifatida emas, balki obrazlar vositasida taqdim etish axborot 
texnologiyalarining ta’lim tizimida o’ziga xos inqilobiy jarayon ekanligidan 
dalolat beradi. Obrazlar ko’rinishida ma’lumotlarni taqdim etish o’qitishga va 
fikrlashga keskin ravishda ta’sir etishi mumkin. Buning sababi, obrazlar 
ko’rinishida berilayotgan o’quv materiallari matn ko’rinishidagiga nisbatan 
inson tomonidan oson o’zlashtirilishi (chunki bilimlarning 65-70 foizi ko’rish 
orqali olinadi) va unga ijobiy ta’sir etishidir. Obrazlar ko’rinishida 
ma’lumotlarni taqdim etish matn ko’rinishidagiga nisbatan prinsipial jihatdan 
farq qilib, insonning fikrlashi uchun juda muhim vosita sifatida ishlatilishi 
mumkin. Buning isboti sifatida o’tmishdagi mashhur donishmand allomalar 
Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va A.Eynshteynlarning obrazlar 
ko’rinishida fikr-mulohaza yuritganliklarini ko’rsatish mumkin. Dars 
jarayonini obrazlar asosida tashkil etish, bir tomondan, o’quvchilar diqqatini 
maksimal darajada jalb qilishga olib kelsa, ikkinchi tomondan, matn 
ko’rinishida berilayotgan o’quv materiallaridan tubdan farq qiladi. Bu esa 
axborot texnologiyalari asosida o’quv jarayonini yangi o’qitish metodikasi 
asosida tashkil qilish bugungi kunda dolzarb ekanligidan dalolat beradi. 
Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini tadbiq etish sohasida 
yaratilayotgan dasturiy vositalarni tahlil qilganda shu narsaning guvohi 
bo’lamizki, jarayonlarni harakatli animasiyalar va virtual laboratoriyalar orqali 
tasvirlash ancha keng tarqaldi[5]. Shuning bilan bir qatorda, bizning 
fikrimizcha, ayrim masalalarni qulay grafik interfeysni yaratgan holda 
komputerda bajartirilsa, o’quvchi uchun foydali bo’ladi. Birinchidan, masala 
natijasi kiritilgan zahoti o’quvchiga uning to’g’ri-noto’g’ri ekanligi ma’lum 
bo’ladi, ikkinchidan, agar noto’g’ri bo’lsa, yoki o’quvchida mavzuni o’rganish 
zarurati tug’ilsa, tezgina uni komputerda o’qib olish imkoniyatini yaratib 
qo’yish mumkin, uchinchidan, ayrim jarayonlar harakatli tarzda namoyish 


etilishi mumkin, to’rtinchidan, o’quvchi vazifani bajarar ekan, komputerda 
ishlash malakasi yanada oshadi. 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling