Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injineringi fakulteti


Download 106.2 Kb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi106.2 Kb.
#1039687
1   2   3   4
Bog'liq
PSIXOLOGIYA amaliy

Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning fiziologik mexanizmlari
ma’lum nerv markazlarining ko‘zqalishi va miyadagi boshqa nerv
markazlarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Bu mexanizm sub‘ekt (organizm)
uchun ahamiyatli bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni ajratishni psixik
faoliyatning yo‘nalganligini ta’minalaydi. Bunday yo‘naltirishga orientatsiya
(tushunib olish) refleksini misol keltirish mumkin. Har qanday yangi
qo‘zg‘atuvich (agar u yetarli darajada kuchli bo‘lsa) bu refleksni, I.P.Pavlov
aytganidek, «nima u» degan refleksni keltirib chiqaradi. Bu sodda turdagi
diqqatning fiziologik asosidir.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, orientatsiya refleksi paydo bo‘lgan
paytda xuddi uyqudan uyg‘onib bedorlikka o‘tishdagidek o‘zgarish hosil
bo‘ladi. I.P.Pavlov tomonidan kashf qiligan nerv jarayonlarining induktsiyasi
qonuni diqqatning fiziologik asoslarining tushunib olish uchun muhim
ahamiyatga ega. Nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuniga ko‘ra bosh miya
po‘stining bir joyida maydonga kelgan ko‘zg‘alish jarayonlari bosh miya
po‘stining boshqa joylarida tormozalnish jarayonini yuzaga keltiradi. Va
aksincha bosh miya po‘stining bir joyida maydonga kelgan ko‘zg‘alish jarayonlari
bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozalnish jarayonini yuzaga
keltiradi.
51
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik printsipi ham
diqqatning fiziologik asoslarini tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Bu
printsipga asosan, miyada ko‘zg‘alishining har doim ustun turadigan hukmron
o‘chog‘i mavjud, bu hukmron ko‘zg‘alish o‘chog‘i ayni paytda miyaga
ta’sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma ko‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda
o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa ko‘zg‘alishlarga nisbatan
uning hukmronligi yanada oshib boradi. Bunday ko‘zg‘alish
o‘chog‘ining paydo bo‘lish asosi mazkur qo‘zg‘atuvchining kuchigagina
bog‘liq bo‘lmay, balki nerv sistemasining ichki holatiga ham bog‘liq
bo‘ladi. Bu hol psixologik jihatdan biror qo‘zg‘atuvchilarga diqqatning
qaratilishi va ayni chogda ta’sir qilib turgan boshqa qo‘zg‘atuvchilardan
chalg‘ishda ifodalanadi.

Download 106.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling