Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injineringi fakulteti


Download 106.2 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi106.2 Kb.
#1039687
  1   2   3   4
Bog'liq
PSIXOLOGIYA amaliy


O’ZBEKISTON RESPUBULIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI
VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER INJINERINGI FAKULTETI



MUSTAQIL ISH

Mavzu: DIQQAT


Bajardi: Abdurasulov. M
Tekshirdi: Irisbayeva. M
Samarqand-2022
Mavzu: DIQQAT
REJA:
1. Diqqat. Diqqat haqida tushuncha
2. Diqqatning fiziologik asoslari va turlari
3. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat
4. Diqqatning xususiyatlari


Diqqat. Diqqat haqida tushuncha. Diqqat – psixik faoliyatning
yo‘naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ekt ustida
to‘planishidan (beqaror yoki situatsiyali to‘planishidan) iboratdir.
Yo‘naltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik harakateri,
ob’ektning ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. Masalan maktab
o‘quvchisining biror boshqa narsaga chalg‘imasdan o‘quv materialining
mazmuniga zehn quyib o‘tirishida uning psixik faoliyatining yo‘nalishi
ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo‘nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina
tushunilib qolmay, balki ana shu tanlaganini saqlab qolish va
qo‘llab-quvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatning yo‘naltirilishi bilan birga, uning tuplanishini
ham taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to‘planishi- -mazkur faoliyatga
hech qanday aloqasi bo‘lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa
hamma faoliyatdan diqqatni chalg‘itish demakdir. Diqqatni bir joyga
to‘plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko‘pmi
chuqur e‘tibor berish tushuniladi. Masalan, murakkab va zarur o‘quv materialini
o‘qish va tushunish diqqatni to‘plashsiz amalga oshmaydi.

Download 106.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling