Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injineringi fakulteti


Download 106.2 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi106.2 Kb.
#1039687
1   2   3   4
Bog'liq
PSIXOLOGIYA amaliy

Diqqatning turlari. Diqqatning yuzaga chiqish mexanizmlari juda
murakkab va ularning ko‘rinishi, turlari ham turlichadir. Diqqatning turli
ko‘rinishlari va mexanizmlarning umumiyligi asosida ularning turli turlari
farqlanadi.
Shaxsning o‘z oldiga diqqatni biror ob’ektga qaratishi maqsad qilib
qo‘yishi va irodaning ishtirokiga ko‘ra uch xil diqqat farqalanadi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat. Biz diqqatimizni qaratishni
maqsad qilib qo‘ymagan paytimizda psixik faoliyatning biror ob’ektga
yo‘naltirilishi va to‘planishiga ixtiyorsiz diqqat deyiladi. Ko‘pincha faoliyatning
maroqliligi va qiziqarliligi va kutilmaganda favqulotdaligi diqqatni
o‘ziga tortadi, odamni o‘ziga jalb qiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar. Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga
keltiruvchi sabablar juda xilma-xil va bir-biriga bog‘lanib ketgan. Biz
ularni shartli ravishda bir-biridan ajratamiz va tahlil kilamiz.
Tashqi kuzatuvchining xarakteri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladigan
ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaradigan sabablar:
bunga dastavval qo‘zgatuvchining kuchi yoki intensivligi kiradi.
Yetarli darajada bo‘lgan har qanday qo‘zg‘atuvchi: qattiq ovoz, yorqin nur,
kuchli silkinish diqqatimizni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi.
Bunda qo‘zg‘atuvchining absolyut kuchidan ko‘ra, nisbiy kuchi muhimroq
rol o‘ynaydi.
ko‘zg‘alishlar o‘rtasidagi kontrast ham diqqatni o‘ziga beixtiyor tortuvchi
sabablardan biridir.
Qo‘zg‘alishning uzoq vaqt davom etishi va shuning bilan birga narsaning
fazoda tutgan o‘rnining kattaligi muhimdir. Masalan: hajmi atrofdagi
jismlardan katta jism, qisqa muddatli qo‘zg‘atuvchilar orasida uzoq muddat
davomida ta’sir kiluvchi diqqatni o‘ziga tortadi.

Qo‘zg‘atuvchining to‘xtab-to‘xtab ta’sir qilishi ham kishining diqqatini


beixtiyor o‘ziga tortadi (yonib-o‘chib turuvchi yorug‘lik).
Ta’sir qilib turgan qo‘zg‘atuvchining birdaniga to‘xtab qolishi diqqatimizni
jalb qiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi guruh sabablarga tashqi
qo‘zg‘atuvchining odamning ichki holatiga va avvalo mavjud bo‘lgan
ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Qorni och kishiga ovqatdan darak beruvchi
har qanday qo‘zg‘atuvchi, masalan, ovqat haqidagi gap, ovqat hidi va
shunga o‘xshashlar diqqatimizni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Fiziologik jihatdan
olganda bu sabablarning ta’sirini Uxtomskiy tavsiya etgan dominanta
printsipi bilan asoslash mumkin.
Ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi uchinchi guruh sabablarga
idrok qilinayotgan ob’ekt va bajarilayotgan faoliyatbilan bog‘liq bo‘lgan
hissiyot kiradi. Eng birinchi navbatda maroqli va jozibali ta’sir predmet va
faoliyat kishini o‘ziga tortadi. Masalan, qiziqarli ish, qiziq hikoya va shunga
o‘xshashlar.
To‘rtinchi guruh kishining ilgarigi tajribasining diqqatga ta’sirini
ko‘ritish mumkin. Bunga kishining bilimlari, tasavvurlari, malaka va
odatlarining ta’siri kiradi.
Diqqatning ixtiyorsiz jalb qilinishida kutish katta rol o‘ynaydi.
Yana bir guruh sabablar – kishining qiziqishlari ham ixtiyorsiz diqqatni
keltirib chiqaruvchi sababalar orasida ko‘p uchraydi. Qiziqishning
mavjudligi har qanday murakkab faoliyatni, ob’ektni ham beixtiyor diqqat
ob’ektiga aylantiradi. Yuqorida keltirilgan ixtiyorsiz diqqatni keltirib
chiqaruvchi sabablarni pedagoglar dars davomida hisobga olishlari, shular
asosida o‘quvchilarning ixtiyorsiz diqqatni boshqarishlari lozim.

Download 106.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling