Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti


Download 0.94 Mb.
bet18/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1525740
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
ilmiy tadqiqotlar

Deduksiya va induksiya tadqiqot obyektini o‘rganishda mantiqiy xulosalashda o‘ziga xos «tahlil va sintez» hisoblanadi. Deduksiya umumiydan xususiyga bo‘lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. Masalan, temir, qalay va misning issiqdan kengayishi tajribada aniqlanib, unga asoslanib barcha metallar issiqdan kengayadi, degan xulosaga kelishdir. Bu usul matematika va mexanikada umumiy qonunlar yoki aksiomalarda xususiy bog‘liqliklar chiqarilayotganda keng qo‘llaniladi. Deduksiyaga qarama-qarshi bo‘lib induksiya hisoblanadi. Bu ikki usul ham tahlil va sintez usullari singari ilmiy-tadqiqotda bir-biri bilan bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.
Empirik va nazariy tadqiqotlarda yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullardan tashqari abstraktlashtirish usuli ham keng qo‘llaniladi. Ilmiy abstraksiyalash

  • obyektni mavhumlashtirish, uning ichki jarayonlarini hisobga olmay moddiy nuqta yoki sodda shaklda o‘rganishdir. Bu usulning mohiyati shundaki, tadqiq etilayotgan obyekt ahamiyatsiz tomonlari, qismlaridan ajratib olishdan iboratdir, bu uning mohiyatini ochib beruvchi xossalarini ajratish maqsadida qilinadi.

Abstraksiyalash yordamida boshqa hodisa kontekstidan fikran ajratilgan fikrlashning umumlashtirilgan natijalari shakllanadi, bu ular o‘zaro bog‘- liqligini kuzatishga imkon beradi. Abstrakt fikrlash ijodiy yondashishning zaruriy shartlaridandir.
Matematik abstraktlash ilmiy-tadqiqot – formallashtirish usulining asosi hisoblanadi. Formalizatsiyalash – tadqiqot olib borilayotgan (o‘rgani- layotgan) obyektni, jarayonni, voqelikni matematik ifodalar bilan tasvirlash yoki matematik abstraksiyalashdir. Mazkur holda obyektning e’tiborli tomonlari (xossasi, belgisi, bog‘liqligi) matematik termin va tenglamalarda ifodalanadi, bular bilan keyinchalik ma’lum qoida bo‘yicha amallar bajariladi. Modellashtirish – tadqiqot obyektining ayrim xususiyatlari va belgilarini o‘rganish uchun unga o‘xshash analogik qulay obyektda (modelda) o‘rganish usuli bo‘lib texnika, energetika sohasida fizik va analitik usullar ko‘proq qo‘llaniladi. Modellashtirish fizik va matematik bo‘ladi. Model ko‘rsatkich- larini tahlil qilib obyekt haqida xulosaga kelinadi. Buning mohiyati tadqiqot obyekti (asli)ni uning asosiy xossalarini ifodalovchi sun’iy sistema (model) bilan almashtirishdan iboratdir. Ilmiy tadqiqotdagi modellashtirish haqida
kitobning 3 bobida to‘liq to‘xtalib o‘tiladi.
Nazariy tadqiqot ko‘pincha mavhumdan konkretga borish usuliga asoslanadi. Mazkur holda bilish jarayoni ikki nisbatan mustaqil bosqichga ajraladi.
Birinchi bosqichda konkretdan uning abstrakt ifodalangan haqiqiysiga o‘tiladi. Tadqiqot obyekti qismlarga ajratiladi va ko‘plab tushuncha va mulo- hazalar yordamida tavsiflanadi, ya’ni u fikriy qayd etilgan mavhumlar maj- muyiga aylanadi. Bu – abstraksiya darajasida tadqiqot obyektining tahlilidir. Keyinchalik, bilishning ikkinchi bosqichida abstraktdan konkretga borish amalga oshiriladi. Bunda tadqiqot obyektining yaxlitligi tiklanadi (sintez),
lekin tafakkurda.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, yuqorida ko‘rib o‘tilgan ilmiy bilish usullari qoidaga ko‘ra birgalikda, bir-birlarini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi.
Bilish mantiqi ahamiyatli bo‘lgan, barqaror takrorlanuvchi va ayrimlikni aniqlash jarayoni sifatida tasavvur etiladi, bu o‘rganilayotgan obyektni bosh- qalardan farqlaydi.
Bilish jarayonida tirik mushohadadan abstrakt fikrlashga va undan ama- liyotga o‘tish umumiy texnologiyasiga rioya etish muhimdir.
Shunday qilib, fan sohasi to‘xtovsiz rivojlanayotgan bilimlar insonlar va muassasalarning ana shu ijodiyotni ta’minlovchi ilmiy ijodlarini o‘z ichiga oladi. Ilmiy bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishning oliy shakli bo‘lib nazariya hisoblanadi. U ilmiy tamoyillar va qonunlar, tadqiqot usullarini ifoda etadi. Tadqiqot metodlariga quyidagilar kiradi:

  • empirik tadqiqotlar (kuzatish, qiyoslash, o‘lchash, eksperiment usullari);

  • nazariy tadqiqot (mavhumdan aniqlikka tomon borish va b.) usullari;

– empirik va nazariy tadqiqotlar (tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, modellashtirish, mavhumlashtirish va b.) usullari.
Olimlar ilmiy natija (ijobiy yoki salbiy)ga erishish vositasi sifatida yetarlicha faktik materiallarga ega bo‘lmagan hollarda faraz (gipoteza)dan foydalanadilar, bu o‘z navbatida tajribada sinab ko‘rish va nazariy asoslashni talab etadi.


    1. Download 0.94 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling