Va liberallashtirish
Download 42 Kb.
|
javoblar
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili. Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e’tibor berilib, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi ustuvor yo’nalish etib belgilandi. Jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish. Chunonchi, O‘zbekiston o‘tgan 26 yil mobaynida uzoq yillardan buyon yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini 8 % dan tushirmayapti. U dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlarining birinchi beshtaligi tarkibida turibdi. Ana shu tarixiy yutuqni yanada rivojlantirish va iqtisodiy qudratli davlat maqomini saqlab qolish Harakatlar strategiyasining asosiy mazmunidir. Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, jahon bozorida mavqei va salmog‘ini oshirish choralarini ko‘rishni ilgari suradi. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uni jadal rivojlantirish, bevosita dehqonchilikni boshqarishning yangi usul va uslublarini yangilashni, bu boradagi jahon tajribasini o‘zlashtirishni, amaliyotda joriy etishni taqozo etadi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, hususiy mulk huquqini himoya qilish, uning ustuvor mavqeini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalasi alohida o‘rin tutadi. “Innovatsiya” tushunchasi (ingl. Innovation-kiritilingan yangilik, ixtiro) yangilikka investitsiya kiritish ma’nosida ishlatiladi. Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyalarga oid masalalarni ko’rib chiqqan va innovatsion jarayonga to’liq ta’rif bergan. Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasiga ko’pchilik mualliflar tomonidan turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Ko’pchilik mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq etish jihatidan nazarda tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bo’lganlarini noan’anaviy holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar A.Busiginning fikriga ko’ra, innovatsiya bu asosiy kapital yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ilm fan, texnika va texnologiyalar yordamida yangilashdir. R.Fatxutdinovning fikriga ko’ra, innovatsiya yangilikni tadbiq etishning yakuniy natijasi bo’lib, ob’ekt boshqaruvini o’zgartirish ijtimoiy, iqtisodiy,ilmiy, texnikaviy, ekologik va boshqa ko’rinishdagi samaradorlikdir. Yuqoridagi ta’riflardan xulosa qilib, innovatsiya – bu yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg’or ilm-fan yutuqlarini joriy etish yo’li bilan yangi tovarlar yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifatini oshirishdir. Innovatsiya har bir sohada bo’lishi mumkin. Masalan, fanda, uning bir yo’nalishida yirik yangiliklarga erishish, kashfiyotlar yaratish, izlanishlarda, ilm sohasida yangi ilm va bilimlarni ochish, texnika va texnologiyalarni yangi avlodini yaratish, ishlab chiqarish sohalarida, xizmat ko’rsatishda yangi usullarni kiritish va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiyotda esa fan, texnika, texnologiyalar sohalarida erishilgan eng so’nggi yutuqlarni qo’llashni bildirishi mumkin. Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka undaydi. Fandagi texnika-texnologiya sohalaridagi eng so’nggi yutuqlar, kashfiyotlar, yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va xizmat ko’rsatish sohalariga shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida yangi yondashuv, yangi texnologiya, texnikalarni qo’llashni talab qiladi va texnologiyalarni yangi avlodini qo’llash asosida mablag’ kiritilishi investitsiyadan dalolat beradi. Yangilik kiritilishi asosida mavjud texnika va texnologiyalarni almashtirilishi ham investtsiyani anglatishi mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti natijalari asosida yangi texnika, texnologiyalarni qo’lga kiritilishi ham investitsiya ma’nosida ishlanadi. Investitsiyani aniqlovchi omil bo’lib yangilik yaratilishi, ratsionalizatorlik takliflar yirik tashkilotlar va shunga tegishli ilgari e’lon qilinmagan yirik ishlanmalar xizmat qiladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab quvvatlash haqida prezident qarori imzolandi. Unga ko’ra: kichik tadbirkorlik subyektlariga mazkur qarorda qayd etilgan maqsadlarga kredit ajratish uchun tijorat banklariga, jumladan, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar ajratish; b) kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 500 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lish; v) tijorat banklarining qiymati 1 million AQSh dollaridan oshmaydigan miqdordagi kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi ekvivalentda kompensatsiya berish: milliy valyutada – qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasida – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorida; xorijiy valyutada – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda. 4. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatiga keng erkinlik berilib, davlat xususiy mulk huquqlarining himoyachisiga aylandi. Xususan, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivoj-lantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan Harakatlar strategiyasining 3,4-bandida ham iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, hususiy mulk huquqni himoya qilish va ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish nazarda tutilgani fikrimizga misol bo’la oladi. Bundan tashqari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishga oid ustuvor yo’nalishlar ham ushbu huquqiy hujjatda aniq belgilab berildi. Endilikda xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish zarur. “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi”, degan tamoyilni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning oldini olish muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo’yicha tartib-tamoyillarini soddalashtirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishinishi, yaratilayotgan imtiyoz va erkinliklar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash borobarida, kuchli va farovon davlat barpo etishga xizmat qilmoqda. Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling