Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Kesish asboblarini o’tkirlash


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/60
Sana07.10.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1694642
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
Kesish asboblarini o’tkirlash 
Kesish asboblari korundan yasalgan jilvirlash doiralari bilan charxlanadi. 
CHarxlashda quyidagilar ta‟minlanishi lozim : 
 kesish qirralarining to‟g‟ri chiziqliligi; 
 yon sirtlarini tekisliligi va ularning o‟qqa qiyaligi; 
 tavsiya qilinadigan quyidagi o‟tkirlak burchaklari. 
CHarxlash uchun asbob tirakka qo‟yib, doiraning butun eni bo‟ylab suriladi 
va ponaning dam bir tomoni, dam ikkinchi tomoni burib turiladi. Asbobni jilvirlash 
doirasiga qattiq bosmaslik kerak, aks xolda uning kesuvchi qismi qizib ketib, 
qattiqligini yo‟qotadi. Sovutish uchun asboblarning charxlanadigan qismi tez-tez 
xo‟llab turiladi. CHarxlash burchagi andaza bilan tekshiriladi.
Kesish jarayoni va usullari 
To’g’ri chiziqlik ariqchalar qirqish
1. Ariqchalar rejalash va reja chiziqlariga kern urib chiqish. 
2. Kreytsmeyselni ichkarisiga qaratib, shunday o‟tkirlansinki uni kesuvchi tig‟i 
uchki qismidan enli bo‟lsin, shunda kreytsmeysel ariqchaga bemalol sig‟adi.


3. Zagatovka tiskida shunday siqib o‟rnatilsinki ariqchani tubi tiski jag‟idan 2-3 
mm yuqorida tursin. 
4. Kreytsmeysel bilan ariqchani xomaki uyish, keyin uzil kesil quyish. 
Egri chiziqli ariqchalar kesish
1. Rejalash birinchi urinishda aniq chiqmasligini va ko‟pincha uni uchirib 
yangittan chizishga to‟g‟ri kelishini hisobga olib, egri sirtda qalam bilan 
rejalanadi. 
2. Kreytsmeysel ariq uygich bilan ariqcha uyish, bunda aval ariqchani bir uchidan 
o‟rtasiga qaratib so‟ngra ikkinchi uchidan o‟rtasiga uyish . 
3. Ariqchalar uyishni uch o‟tishda bajarish kerak. Birinchi o‟tishda ariq uygichga 
bolg‟acha bilan yengil zarblar berib reja chiziqlari bo‟yicha ariqchalar izi 
belgilab chiqiladi, ikkinchi o‟tishda ariqcha profilini saqlab, tozalab qirqish 
uchun qoldirilgan ariqchani chuqirlashtirish. Uchinchi o‟tishda tekisliklarni 
tekislab ariqchaga bir xil chuqirlik, kenglik va talab etilgan notekislikni bergan 
xolda arqchani ikkala uchidan boshlab tozalab qirqish. 
4. Radis yuzaning qirqilish sifatini tekshirish: yon yuzalarda va tubida chiqiqlar 
bo‟lmasligi kerak. Ariqchalarni eni va cho‟qirligini radius andaza bilan 
tekshiriladi. 
Listaviy metallni kesish. Listaviy materiallar tiski jag‟lari sathida kesiladi. 
Buning uchun ishlanadigan buyum tiskiga reja sathiga jag‟lar satxiga to‟g‟ri 
keladigan qilib mahkamlanadi va zubilo jag‟ bo‟ylab suriladi. 
Enli sirtlarni kesish. Kichikroq detallar tiskiga reja chizig‟i jag‟lari sathidan 
5-10 mm yuqoriroq qilib o‟rnatiladi. Yirik detallar dastgohlarda yoki o‟rnatilgan 
joyida kesiladi. 
CHiviq va listaviy detallarni kesish. CHiviq material plita yoki sandon 
ustida kesiladi. Butun perimetri bo‟ylab rejalab olingan chiviq plita ustiga 
qo‟yiladi, zubiloni tik ushlab, bolg‟a bilan qattiq-qattiq urgan holda chiviqning bir 
tomoni, so‟ngra shu tartibda ikkinchi tomoni kesib olinadi. 

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling