Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari
Download 29.87 Kb.
|
dinshunoslik 3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy aqidaparastlik
- Xalqaro terrorizm
Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. O’zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlarga olib kelishini hisobga olgan holda bu borada tegishli qonuniy asoslar ishlab chiqildi. Qonunlarda missionerlik harakatlari taqiqlandi. Ma’lumki, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun (yangi tahriri) kishilarning vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash bilan birga diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hamda davlat va din munosabatlarini tartibga soladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunga binoan «Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar» (5-modda, 3-band). Mazkur moddadan kelib chiqib, «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi»ga noqonuniy diniy xatti-harakatlarning oldini olish bilan bog’liq bir qator moddalar kiritilgan. Jumladan: diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish; diniy yig’ilishlar, ko’cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o’tkazish qoidalarini buzish; O’zbekiston Respublikasida g’ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash; nolegal diniy faoliyat bilan shug’ullanish; diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro’yxatdan o’tkazishdan bosh tortishi; dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o’smirlarning maxsus yig’ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo’lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to’garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o’tkazish; bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati; maxsus diniy ma’lumoti bo’lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish bilan bog’liq harakatlar sodir etilganda belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdoridagi jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’lishi haqidagi qoidalar mustahkamlab qo’yilgan. Amaldagi qonunchiligimizga ko’ra, muayyan hollarda birinchi marta qonunni buzgan shaxs yoki tashkilotga ma’muriy jazo qo’llaniladi. Agarda o’sha shaxs yoki tashkilot shundan keyin ham qonunni buzishda davom etsa, unga endi jinoyat kodeksidagi choralar qo’llaniladi. Masalan, «O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi» normalariga ko’ra, «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi»ning yuqorida qayd etilgan bandlaridagi harakatlar ma’muriy jazo qo’llangandan keyin yana sodir etilsa, bu «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi»da belgilanganidan ko’ra og’irroq jazolar qo’llanishiga olib keladi. Shu bilan birga, «O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi»da «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi»da nazarda tutilmagan bir qator harakatlar uchun ham jazolar belgilanganini qayd etish zarur. Jumladan: voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish; voyaga yetmagan bolalarni ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o’qitish; dindorlardan majburiy yig’im undirish va soliq olish; diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o’z munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bog’liq diniy faoliyat yuritish; g’ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash; g’ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki tashkilotlari faoliyatida faol qatnashish bilan bog’liq harakatlar belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdorida jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga axloq tuzatish ishlari, yoki qamoq yohud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo’yilgan. Mamlakatimizda missionerlik va prozelitizmning oldini olish, ayniqsa yoshlarni bunday zararli oqimlar domiga tushib qolishlarining oldini olish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishda yosh avlodni hozirgi davrda mamlakatimizda din sohasida sodir bo’layotgan o’zgarishlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan muntazam tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, qiziqishlari, bilim darajalarini inobatga olgan va differentsial yondashgan holda yoshlarning din, shu jumladan, xalqimiz asrlar davomida e’tiqod qilib kelgan islom dini haqidagi bilimlarni va milliy-diniy an’analar asoslarini sog’lom asosda egallashlariga ko’maklashish ham bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Bunday bilimlar ob’ektiv bo’lishi, voqelikni to’g’ri va to’liq aks ettirishi va o’z mohiyatiga ko’ra, Vatan va millat manfaatlari bilan uzviy bog’liq bo’lmog’i kerak. Yoshlarimizning missionerlikning mohiyati haqida xolis va yetarli bilimga ega bo’lishlari unga qarshi immunitetni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Tahlillar hech bir mintaqa, hech bir davlat bunday tahdiddan xoli emasligini ko’rsatadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa missionerlikning mohiyatini to’g’ri va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yo’lida maqsadli, tizimli va tadrijiy faoliyat olib borish zarur bo’ladi. Egallangan bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo’lsa, uning zamirida yuzaga keladigan baholar, qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo’ladi. Shakllangan qadriyatlar tizimi esa turli tahdidlarning oldini olishga xizmat qiladi. Sektalarga xos xususiyatlar haqida gap ketar ekan, ayrim sektalar muayyan konfessiya doirasida shakllanib, asosiy e’tiborni sobiq e’tiqoddoshlari orasida targ‘ibot olib borishga, ba’zi sektalar esa boshqa konfessiyaga mansub insonlar orasidan ham o‘z tarafdorlarini shakllantirishga harakat qilishini ta’kidlash zarur. Ayni paytda, hech bir konfessiyaga mansub bo‘lmagan, muayyan shaxs – «ustoz», «yo‘lboshchi» yoki «rahnamo» tomonidan asos solingan va aholining duch kelgan ijtimoiy va konfessional qatlami bilan ish olib boradigan sektalar ham mavjudligini qayd etish lozim. Afsuski, yuqoridagi kabi ko‘rinishlarda chiqadigan sektalar faoliyati natijasida bir qator salbiy, ba’zi hollarda fojiaviy hodisalar kelib chiqmoqda. Jumladan, o‘tgan asrning 70-yillarida AQSHning San-Fransisko shahrida Jim Jons ismli shaxs bir necha ming kishilik mahalliy protestantlarni o‘z ichiga olgan «Xalq ibodatxonasi» nomli jamoa tuzishga erishadi. Sekta asoschisining turli «qiliq»lari shahar jamoatchiligiga ma’lum bo‘lib qolgach, Jons «chirkinliklarga to‘la shahar»dan ketib, Gayana changalzorlarida «Xudo Podshohligi»ni qurish lozimligini e’lon qiladi. 1978 yili «Xudo Podshohligi»dagi holatni o‘rgangani borgan AQSH Kongressi komissiyasi sekta izdoshlari «podshohlikda» juda og‘ir sharoitlarda yashayotgani, ularga qullardek munosabatda bo‘linayotgani, Jons barcha «banda»larini o‘ziga ibodat qilishga majbur qilganiga guvoh bo‘ladi. Kirdikorlari fosh bo‘lib qolganini bilgan sekta rahbari bir kunning o‘zida barcha izdoshlarini o‘z jonlariga qasd qilishga majbur qiladi. Oqibatda Jonsga ishongan 912 kishi halok bo‘ladi. Shunga o‘xshash holat AQSHning Texas shtatidagi Ueyko shahrida Devid Koresh tomonidan adventislik zamirida shakllantirilgan «Dovud avlodi» nomli sekta tarafdorlari bilan ham sodir etiladi. O‘zini «Xaloskor» deb e’lon qilgan, jamoada o‘zining mutlaq hokimiyatini o‘rnatib, barchaga o‘z mulkidek munosabatda bo‘lgan sekta rahbari Ueyko shahrida qurilgan maxsus ranchoda izdoshlari bilan rohibona hayot kechiradi. 1993 yilda politsiya tomonidan uni qo‘lga olish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbir davomida, qamalishni istamagan «payg‘ambar» o‘zi va barcha sekta a’zolari joylashgan ranchoni portlatib yuboradi. Oqibatda 100ga yaqin kishi, shu jumladan, 25 nafar bola halok bo‘ladi. Bunday sektalar qatoriga 1992 yilda Xitoyda Lyu Xunchji tomonidan tuzilgan va 2 milliondan ortiq tarafdori bo‘lgan «Falungun» sektasini ham kiritish mumkin. Lyu Xunchji faqat o‘zinigina zaminni halokatdan, kishilarni qiyinchiliklardan qutqaruvchi, jismoniy va ma’naviy yetuklikka boshlovchi, gunohlardan forig‘ qilishga qodir, deb hisoblaydi. Jannat faqat uning tarafdorlarigagina nasib qilarmish. Oxirat bilan qo‘rqitish markaziy o‘rinni egallagan Lyu Xunchji ta’limotiga ergashish 2000 dan ortiq kishining halok bo‘lishi, yuzlab odamlarning ruhiy kasallikka chalinishiga sabab bo‘lgan. Buddizm doirasida shakllangan «Aum Sinrikyo»ning 1995 yilda Tokio metrosida tinch aholiga nisbatan gaz hujumi uyushtirishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani, AQSHda paydo bo‘lgan «Osmon darvozasi» sektasi a’zolaridan 60 dan ortiq kishi o‘z joniga qasd qilgani, Ugandada yuzaga kelgan «Xudoning o‘nta buyrug‘ini qayta tiklash harakati» sektasi qurbonlari soni 1000 dan ziyodni tashkil etgani ham bunday sektalar faoliyatining mudhish oqibatlaridan dalolat beradi. Hozir ayrim rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan yoki norasmiy faoliyat yuritayotgan noislomiy diniy jamoalarning vakillari tomonidan ham missionerlik faoliyati amalga oshirilishi kuzatilmoqda. Missionerlar aksariyat holatlarda o‘z jamoasiga jalb qilishda turli o‘qish kurslarini ochib, o‘z diniga targ‘ib qilish, xorijga o‘qishga yoki ishga jo‘natish, yoz faslida bolalarni dam olish lagerlariga jalb qilish, hayriya yordam ko‘rsatish, bepul tibbiy yordam berish va gazeta, jurnal, kitoblar tarqatish kabi usullardan foydalanmoqda. Ularning diniy ta’limotida Davlat ramzlarini humat qilish, Konstitutsion burchni bajargan holda harbiy xizmat o‘tash, jamoat ishlarida qatnashish man etilgan. Bunday holat xalqimiz uchun noan’anaviy bo‘lgan diniy jamoa va sekta vakillarining maqsadi jamiyatimiz a’zolarini fuqarolik faolligini so‘ndirish va qaram qilib olishga yo‘naltirilganidan yaqqol dalolat beradi. SHuningdek, ayrim noislomiy diniy jamoalarda ushbu jamoaga a’zo bo‘lgan shaxs bilan oila qurishi, jamoadan tashqaridan kelayotgan barcha ma’lumotlarni yolg‘on va zararli deb bilish belgilab qo‘yilgan, ba’zilarida oila qurish umuman ma’qullanmay, ular daromadlarining deyarli barchasini ushbu jamoa rahbariyatiga topshirishi lozim. Ushbu faktlar mazkur diniy jamoalardagi tartib shaxs, oila va jamiyat uchun naqadar zararli ekanini tasdiqlaydi. Umuman olganda, yuqoridagi kabi sektalar, missionerlik tashkilotlari faoliyatiga chek qo‘yish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bir qator mamlakatlarda sektalar va missionerlar faoliyati natijasida jabr ko‘rganlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish maqsadida maxsus markazlarning tuzilgani, afsuski, yuqoridagi kabi holatlarning ko‘payib borayotgani va xatarli ko‘lam kasb etib, jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini kuzatamiz.
Livan aholisining 90 foizdan ortig‘ini arablar tashkil etadi. Rasmiy til arab tili hisoblanadi. Ammo livanliklarning bir qismi islomga (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlikka (maroniy, pravoslav, katolik) e’tiqod qilishi natijasida milliy birlikni ta’minlash qiyin kechmoqda. Mamlakatning amaldagi qonunchiligida davlat boshqaruv idoralarining diniy belgilar asosida shakllantirilishi mustahkamlab qo‘yilgani esa, ko‘pgina hollarda xilma-xil omillar ta’sirida uning to‘laqonli faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda. Musulmonlar va xristianlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan kelib chiqayotgan fuqarolar urushi esa bu birlikni ta’minlashni yanada mushkillashtirayotgani fikrimizning isboti bo‘la oladi. Turli millat va din vakillari istiqomat qilib kelgan Yugoslaviyaning Serbiya, Sloveniya, Xorvatiya, Makedoniya, Chernogoriya, Bosniya va Gersegovina kabi davlatlarga parchalanib ketgani ham etnokonfessional ziddiyatlar qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligining hayotiy-amaliy ifodasidir. Masalaning ana shu jihatiga e’tibor berilsa, missionerlik harakatlari ortida diniy zaminda millatni ichidan bo‘lib tashlashga qaratilgan g‘arazli siyosiy maqsadlar yotganini va u keltirib chiqaradigan fojialarni anglab yetish mumkin. Bu, missionerlar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarga erishadigan bo‘lsalar ular faoliyat olib borayotgan mamlakatda ham xalqning parokandalikka yuz tutishi va ma’naviy tanazzulning kelib chiqishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ekstremizm tushunchasi muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinishdir. Qisqa va lo‘nda qilib izohlaganda ekstremizm (lotincha extremus – o‘ta) – ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora- tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir. Diniy ekstremizm esa bu har qanday dinning teskari uslubda namoyon etilishi, boshqa din yoki mazhab vakillariga nisbatan murosasizlik, noto‘g‘ri talqin etilgan diniy aqidalardan siyosiy qurol sifatida dunyoviy davlat va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qo‘llash, diniy nizo va qarama-qarshiliklar keltirib chiqarish orqali davlat suvereniteti va hududiy daxlsizligini buzish yoki davlat hokimiyatini kuch bilan egallash yoxud mavjud tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishdir. Bizningcha, diniy ekstremizm jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash yoki tarqatish yoxud tarqatish maqsadida saqlash, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, kontrabanda, diniy ekstremistik, fundamentalistik ruhdagi g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar tashkil etish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish yoxud ular faoliyatida qatnashishga undash, diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish, diniy adovat qo‘zg‘atish, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish bilan ifodalanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Diniy aqidaparastlik esa dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o‘rinli yoki o‘rinsizligidan qat’i nazar, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va mutlaqlashtirishga intilishdir. Aqidaparastlik barcha dinlarda turli mazhab va yo‘nalishlar orasida keskinlik, nizo va to‘qnashuvlar keltirib chiqarishga sababchi bo‘lgan. Aqidaparast guruhlar haqiqatni tushuntirish, ishontirish kabi usullar orqali targ‘ib etishni tan olmaydi. Ular o‘z g‘oyalari bid’atli, g‘ayriinsoniy bo‘lishiga qaramasdan, o‘ta johil va boshqalarga nibatan murosasiz munosabatda bo‘ladilar. O‘zini shak-shubhasiz haq deb bilish, haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik esa zo‘ravonlikni yuzaga keltiradi. YA’ni, aqidaparastlik ekstremizmning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Ekstremizm turli ko‘rinishlarda bo‘lib, terrorchilikni ham hamz ichiga oladi. Ekstremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, o‘z davlatini barpo qilishga intiladi. Bu maqsadga ular o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish va zo‘ravonlik orqali erishishni ko‘zlaydi. «Terrorizm atamasi esa (lotincha. terror – qo‘rquv, dahshat) – ma’lum yovuz maqsadlar yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan g‘oyaga asoslangan zo‘ravonlik usuli. Terrorizm siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy maqsadlarda aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonliklar sodir etishda u yoki bu dinni, mazhabni o‘ziga niqob qilib oladi. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini o‘tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy, milliy, gruppaviy, individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta’qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorchilikning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, gumanizm, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. SHuning uchun terrorizm qanday “bayroq” ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir». Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlovchi va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad qilib olgan terrorchilik keng tarqalgan. Unda raqiblarini yoki ularning yaqinlarini jismoniy yo‘qotish, o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishga urinish, boyliklarini o‘zlashtirib olish yo‘llaridan foydalaniladi. Keyingi yillarda intellektual va ommaviy axborot sohalarida terrorchilik elementlaridan foydalanilmoqda. Muayyan mafkuraviy poligonlarning muttasil tarqatayotgan axborotlaridagi yovuz va zararli g‘oyalar oqimi, teleekranlar orqali doimiy namoyish etiladigan jangari filmlar, bolalarga mo‘ljallangan, buzg‘unchi g‘oyalar asosida ishlangan o‘yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan “viruslar”ni tarqatish bunga misol bo‘la oladi. O‘zlarining yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni qo‘lga kiritishni ko‘zlovchi kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi siyosiy terrorga misol bo‘ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba’zi reaksion agressiv ruhdagi rasmiy siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qo‘llanishi ham mumkin. Ekstremizm mazmuniga ko‘ra - diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra-hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda chuqur ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lgani holda, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistik ruhdagi qarashlarni katoliklar, protestantlar, provoslavlar orasida ham uchratish mumkin. Bunday holat sobiq sho‘rolardan qolgan makonda ham kuzatildi.1 Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan. Diniy ekstremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom davlatini barpo qilish bo‘lib, bu maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish va zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar. Bu esa, mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov bo‘ladi. Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish bo‘lib, bu yo‘lda ular eng jirkanch usullardan foydalanadilar. Ma’lumki diniy ekstremizm oxir oqibatda diniy fundamentalizga olib boradi. Bunday holat dunyoning barcha dinlarida kuzatilgan. Hozirgi kunda dunyo afkor ommasining diqqat marazida turgan harakat islom fundamentalizi bo‘lib, bu mohiyatiga ko‘ra – Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan o‘z aqidalarini keng targ‘ib qiluvchi, diniy konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatiladigan atama. Aslida «fundamentalizm» so‘zi 20-asr boshida amerikalik protestantlarning bir guruhiga berilgan nom bo‘lsa-da, oxirgi paytlarda jahon matbuotlarida mutaasib islom jangarilarini fundamentalistlar deb atash odat tusiga kirdi. Islom fundamentalizmi turli-tuman yo‘nalish va kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga oladi. ularning ba’zilari siyosiy jabhada, inqilobiy va hatto terroristik usullar bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namoyon etsalar, boshqalari targ‘ibot-tashviqot ishlari, diniy ta’lim, turli jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, ommaviy axborot vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish oson bo‘lgan audio-video kassetalarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. Islom fundamentalizmi uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar - go‘yoki dinsiz yoki «sof islomdan chekingan» davlat rahbarlarini jismonan yo‘q qilish, va nihoyat, ularning ta’biri bilan aytganda, islomda «shirk» (butparastlik)ka barham berishdir. Diniy ekstremizm tarafdorlarining xususiyatlaridan biri boshqalarga nisbatan o‘ta radikal kayfiyatda bo‘lishdir. Hozirgi kunda radikalizmning o‘ng, so‘l va mo‘‘tadil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, o‘ng radikalizm hayotni zudlik bilan qayta qurish, bunda eskini butunlay yo‘qotish, faqat yangiga tayanish lozim deb hisoblasa, so‘l radikalizm jamiyat taraqqiyotida eskiga, oldingi davrlarga qaytish, yangiliklardan ko‘ra aqidalarga tayanish zarur degan qarashni ilgari suradi. Mo‘‘tadil radikalizm ko‘proq reformistik g‘oyalar tarafdori bo‘lganidan, jamiyat hayotida pishib etilgan muammolarni hal qilishda ishni paysalga solmaslik lozim degan tamoyilga tayanadi. Afsuski, radikalizm ko‘proq mo‘‘tadil holda emas, balki o‘ng va so‘l shakllarda uchraydi.
"Hokimiylik"ning moxiyati shundan iboratki, Olloh tomonidan yaratilganlardan hech kim o‘z qonunlarini joriy qilishi, o‘rnatishi mumkin emas. CHunki ularni faqatgina Ollohning o‘zi joriy qiladi, o‘rnatadi. Boshqacharoq qilib aytganda, odamlar qonun chiqaruvchi emas, balki ijro hokimiyatigagina egadirlar. "Hokimiylik"ni e’tirof etish bir qator oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu tamoyil teokratiyadan tashqari, siyosiy hokimiyatning har qanday shaklini, diktaturani ham, demokratiyani xdm birday inkor etadi. Mamlakat hukumati xuddi xalqi kabi qonun chiqarish hokimiyatidan mahrumdirlar. qonun tizimi ulargacha joriy qilib bo‘lingan va u abadiydir. SHariatdan boshqa har qanday qonun kuchga ega emas. Ularga bo‘ysunish esa - gunoxdir. YUqoridagalardan ma’lum bo‘ladiki, sharoitga zvd bo‘lgan qonunlar va hodisalarni joriy etuvchi hukumat Ollohga xos bo‘lgan sifat - "xuquqni" o‘zlashtirib olgan hisoblanadi. Demak, ular "g‘ayridin" bo‘lib, musulmonlarga rahbarlik qilish huquqiga ega emaslar. Ushbu g‘oya o‘zining ko‘rinishlarida ko‘plab islomiy (bunda noqonuniylikni yodda tutish kerak) tashkilotlar faoliyatining asosini tashkil etadi. U yoki bu ko‘rinishdagi teokratik boshqaruv shaklini o‘rnatish; shariat qonunlariga asoslangan huquqiy tizimni kiritish; davlat qurilishining dunyoviy shakllarini faol ravshsda rad etish talablari ham shundan kelib chiqadi. SHuni ham ta’kidlash joizki, ilmiy va publitsistik adabiyotda "fundamentalizm", "qayta yaralish" deb nomlanayotgan oqimlarni islomda "as-Salafiyya" tushunchasi bilan izoxlaydilar. Salafiy (arabcha - ajdodlar) deganda islom tarixining turli davrlarida ilk musulmonlik jamiyati turmush tarzi va e’tiqodi, "taqvodor ota-bbobolar" ("as-salaf as-salihin") hayotidan namuna olishga chaqiruvchi ulamolar tushuniladi. Ular islomning ilk davridan keyin kiritilgan barcha yangiliklarni bid’a, yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagan holat sifatida baholaganlar. Bunga qur’onni ramziy-majoziy talqin qilish usullaridan terrorni keng qo‘llovchilar hisoblanmish "Islom demokratlari", "Ekstremistlar" kabi uch g‘oyaviy yo‘nalishi farqlanadi. Ekstremizm tarfdorlari keskin choralarga moyil, maqsadga erishish usullari, jumladan, zo‘ravonlik usulini belgilovchi mazmuni va hajmiga ko‘ra juda asoslangan bo‘lib, ularni keng miqyosda amalga oshirishga kodir maxsus "jangovar" guruxlarning mavjudligi bilan ifodalanadi. Aslida transformatsiyalashuv uchun bir qancha istiqbollari bo‘lgan har qanday diniy-ekstremistik guruh (tashkilot) ham terrorchilik tashkiloti deb tasviflanavermaydi. Terror – lotin tilidan olingan bo‘lib, qo‘rquv, dahshat degan ma’noni anglatadi. Terrorizm – aholini qo‘rqitish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o‘tkazish orqali jinoiy, siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy maqsadlarni ko‘zlash jarayonidir. Terrorizm olamida 3 ta asosiy ko‘rinish bor: Terrorchilik harakatlarining jangarilik yo‘li (qurol ishlatish yo‘li). Jinoiy yo‘li. Ijtimoiy-siyosiy yo‘llar bilan amalga oshirishdir. Terrorizm so‘zi birinchi marta 1793-94 yillarda Fransiya inqilobi davrida istifoga kiritilgan edi. Hozirgi ma’nosidan farq qilgan holda u paytda ushbu atama ko‘proq ijobiy ma’no kasb etgan. Terror tizimi yoki rejimi respublikaning ta’sirchan vositasi bo‘lib, hukumatning inqilobga qarshi dahshat solishga qaratilgan sa’y-harakatlarini jamlashga yo‘naltirilgan edi. Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm; odamlarning behuda halok boʻlishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchs, hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar oʻrtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va kilmishlar yigʻindisi. Xalqaro terrorizm 20-asrning 60—70-yillariga kelib oʻzini yaqqol namoyon kildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, oʻz davlatiga nisbatan ekstremistik ruxdagi guruhlar birlashib, ijtimoiyiqgisodiy jixatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat koʻrsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obroʻga ega boʻlgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan, samolyotlarni olib qochish bilan shugʻullana boshladilar. 80-yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jidsiy tus oldi. Begunoh, tinch aholi oʻrtasida koʻpdankoʻp qurbonlar boʻlishi, xalqaro terrorchilarning boshqa yovuzliklari jahon jamoatchiligini qatgiq tashvishlantirib qoʻydi. 1978 y. kuchli "ettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzui boʻlib qoldi. Chunki xalqaro terrorchilar bir tizimga birlashib, baynalmilallashdi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhsagi shaxslar, narkobiznes va qurolyarogʻ savdosidan foyda koʻruvchi jinoiy toʻdalar, yollanib xizmat qiluvchilar paydo boʻldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremizm markazlarida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qoʻyishga hamda hokimiyatga qarshi muholafatni shakllantirishga harakat qiladi. Oʻzbekiston Resggublikasi oʻz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har kanday koʻrinipshga qarshi qatʼiyat bilan kurashib kelmoqda. OʻzR koʻplab xalqaro bitimlarning , chunonchi, Xalqaro terrorizm koʻrinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlarning , jumladan, havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1970 y.gi Gaaga konvensiyasining , Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1971 y.gi Monreal konvensiyasining , Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi 1973 y.gi konvensiyaning , terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi va boshqa konvensiyalarning ishtirokchisi. 2004 y. 1 yanvardan Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi faoliyat koʻrsata boshladi. 1 Бу ҳақда тўлиқроқ маълумот олиш учун қаранг.И.Каримов. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т.: “Ўзбекистон”- 1997. Download 29.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling