Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Kesmani qismlarga bo’lish


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/60
Sana07.10.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1694642
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Kesmani qismlarga bo’lish. Kesmani qismlarga bo‟lishda bir qismining 
uzunligi hisoblanib, tsirkulni hosil qilingan o‟lchamga qo‟yiladi va qancha kerak 
bo‟lsa, uni shuncha marta qo‟yib chiqiladi (xatoga yo‟l qo‟yilsa bu ish qaytariladi). 
Aniq rejalashda kesmalar geometrik yo‟l bilan qismlarga bo‟linadi. 
CHiziqni ko‟p qismlarga bo‟lish kerak bo‟lsa, xatolar yig‟ilmasligi uchun 
uni oldini 2,3 va 5 qismga bo‟lib olish, so‟ngra hosil bo‟lgan kesmalarni yana 
bo‟lish kerak. 
Kesmani bo‟linmaydigan sonlar - 11, 13, 17, 19, 23 va h.k. larga bo‟lishda 
kesma kattalashtiriladi (yoki kichraytiriladi). Bu bo‟linadigan sonli qismlar hosil 
qilish uchun qilinadi, so‟ngra yuqoridagidek qismlarga bo‟linadi. 
Qiya chiziqlarni yasash, burchaklarni qo’yish. Qiya chiziqning vaziyati 
ikki o‟lcham (gorizontal va vertikal o‟lcham) ko‟rinishida burchak orqali berilishi 
mumkin (qiya chiziq gipotenuza bo‟ladi, o‟lchamlar esa to‟g‟ri burchakli 
uchburchakning katetlari hisoblanadi). Qiya chiziqning og‟maligi qiyalik bilan 
ifodalanishi mumkin. 
Qiya chiziqning vaziyati burchak orqali berilganda, uni transportir, burchak 
o‟lchagich yoki malka bilan o‟lchab qo‟yish va chiziqcha bilan belgilab, chizg‟ich 
yordamida chiziq o‟tkazish mumkin. Lekin buni aniq bajarib bo‟lmaydi. 
CHiziqchaning ozgina noto‟g‟ri belgilanishi va chiziqning xiyol noto‟g‟ri chizilishi 
burchak kattaligining ancha noto‟g‟ri chiqishiga sabab bo‟ladi.


Burchaklarni qismlarga bo‟lish chizmachilik kursidan ma‟lum bo‟lgan oddiy 
geometrik yasash usullari yordamida bajariladi. 
Aylana va yoylarni chizish. Aylanalarni chizishda tsirkulni uning aylana 
markaziga qo‟yilgan oyog‟iga kuch tushadigan qilib aylantirish kerak. Aks holda 
tsirkulь surilib ketib, aylana noto‟g‟ri chiziladi. TSirkulning qo‟zg‟almas oyog‟i 
qo‟yiladigan nuqta kernlab olinadi. 
Aylanalarni rejalashda ko‟pincha ularning markazini topishga to‟g‟ri keladi, 
bu ishni markaz qidirgich yordamida bajarish mumkin. 
Agar zagotovkaning tsilindrik qismiga ishlov berilgan yoki u kalibrlangan 
chiviqdan qirqib olingan bo‟lsa, markaz qidirgichni ikkita vaziyatda qo‟yish 
kifoya. Ikki to‟g‟ri chiziq kesishgan nuqta biz qidirayotgan aylana markazi bo‟ladi. 
Zagotovka qo‟yib yoki shtamplab yasalgan bo‟lsa, go‟niya uch vaziyatda qo‟yiladi. 
Uchta chizilgan to‟g‟ri chiziq kesishib, uchburchak hosil qiladi, biz qidirayotgan 
markaz shu uchburchak ichida yotadi. 
Agar teshik mavjud bo‟lib, aylanani rejalash va markaz chiziqchalarini 
topish lozim bo‟lsa, yog‟och yoki yumshoq metalldan qilingan planka teshikka 
zich kiritiladi. Plankaning sirti detalь sirti bilan bir sathda yotishi kerak. Markaz 
qidirgich yordamida plankadagi markaz topiladi. TSirkulь yog‟och plankadagi 
teshikni buzib yubormasligi uchun unga temir ust qo‟yma tiqib qo‟yiladi. Aniq 
rejalashda aylana va yoylarning markazlari geometrik yo‟l bilan topiladi. 

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling