Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Rejalanadigan sirtlarni bo‟yash


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/60
Sana07.10.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1694642
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
 
Rejalanadigan sirtlarni bo‟yash 
Bo‟yash vositalari 
Rejalanadigan sirt 
Surkash usullari 
Suvda sut quyuqligigacha qorilgan 
bo‟r, zag‟ir moy (elimlovchi 
modda), sikkativ (tez qurish 
uchun) 
Quyma va 
pokovkalarning 
ishlanmagan 
sirtlariga 
CHo‟tka bilan surkaladi 
Suvda sut quyuqligigacha qorilgan 
bo‟r, 1l suvga 50g duradgorlik 
yelimi (elimni aloxida eritib, 
so‟ngra bo‟r bilan birga qaynatish 
kerak) 
Qora metallarining 
ishlanmagan sirtlari
CHo‟tka bilan surkaladi 
Bo‟r bo‟laklari 
Uncha mas‟uliyatli 
bo‟lmagan hollarda 
ishlanmagan sirtlar 
uchun 
Ishqalab surkaladi 
Mis kuporosi (1 stakan suvga 2-3 
choy qoshiq kuporos), kimyoviy 
ta‟sir natijasida detalь sirtida mis 
qatlami o‟tirib qoladi 
Ishlangan sirtlar 
(po‟lat, cho‟yan) 
CHo‟tka bilan (eritma 
zaharli). Kuporos 
bo‟lagi xo‟llangan sirtga 
ishqalanadi 
Tez quruvchi bo‟yoq va laklar 
Ishlangan katta 
po‟lat va cho‟yan 
sirtlar, alyuminiy 
quymalar 
CHo‟tka bilan surkaladi 
Sirtda eritilgan shellak, ufo‟qsin 
bilan qizil rangga bo‟yaladi 
Ishlangan sirtlar, 
alyuminiy quyma 
CHo‟tka bilan yupqa 
qilib surkaladi 
Bo‟yalmaydi
Rangli metallar, 
qaynoqligicha 


dumalatib ishlangan 
list va profilli po‟lat 
materiallar 
Barcha o‟lchamlar shu tanlangan bazalarda qo‟yilishi kerak. O‟lchamlarni 
zanjir tarzida, ya‟ni birin-ketin qo‟yish mumkin emas, chunki bunda xatolar 
ko‟payadi. 
Rejalash plitasi 
Rejalash maxsus plitalarda bajariladi 
(6-rasm). Rejalash plitalari mayda 
donli kul rang cho‟yandan quyib 
yasaladi. Ularning ish sirti yaxshi 
ishlangan bo‟ladi. Plitalarni yog‟och 
stollar 
yoki 
fundamentlarga 
o‟rnatishda ularning yuqori tekisligi 
gorizontal turishiga e‟tibor beriladi 
(bu «shayton»ga qarab tekshirib 
ko‟riladi). 
Rejalash chiziqlari chizishning quyidagi tartiblari qabul qilingan: oldin 
gorizontal chiziqlar (chizg‟ich va chizg‟ich yordamida), so‟ngra vertikal chiziqlar 
(chizg‟ich va go‟niya yordamida), keyin qiya chiziqlar va oxirida yoy va aylanalar 
(tsirkulь, shtangentsirkulь va h.k.lar yordamida) chiziladi. Yoylarni oxirida chizish 
to‟g‟ri chiziqlarning aniq chizilganligini tekshirishga imkon beradi, agar ular 
to‟g‟ri chizilgan bo‟lsa, yoy ularni ravon tutashtiradi. 
Ba‟zan, yoy hamda aylanalarni qiya chiziqlar, ba‟zi vertikal va gorizontal 
chiziqlardan ham oldinroq chizish yaxshiroq bo‟ladi. To‟g‟ri chiziqlarni chizishda-
chizg‟ichni chizg‟ichga zich taqab yurgizish kerak. 
Buning uchun uni rejalanayotgan sirtga 75-80
0
burchak ostida qiya 
ushlanadi. Bundan tashqari, chizg‟ich harakat yo‟nalishi tomonga og‟dirib 
ushlanadi. Rejalash chiziqlari o‟tkazish paytida qrolning vaziyati o‟zgarmasligi 
lozim. 
CHiziqni faqat bir marta chizishga ruxsat beriladi. Uni ikkinchi marta 
chizganda xuddi ilgarigi joy ustidan yurgizish qiyin, natijada bir necha parallel 
chiziqlar hosil bo‟ladi va ulardan qaysi biri zarurligini bilib bo‟lmaydi. Agar chiziq 
yaxshi tortilmagan bo‟lsa, uni bo‟yab yuborish va boshqatdan chizish kerak. 


Vertikal chiziqlar go’niya yordamida chiziladi. Bunda yassi go‟niya 
lineykaga taqab qo‟yiladi. Tokchali go‟niya esa zagotovkaning ishlov berilgan 
qirralariga taqab yurgiziladi. Agar detalning sirtlari ishlanmagan bo‟lsa, go‟niyani 
rejalash plitasiga qo‟yib, surilib ketmasligi uchun ustidan yuk bostirib qo‟yiladi. 
Go‟niya plitaning yon tekisliklariga nisbatan to‟g‟rilanadi. SHundan so‟ng 
chiziqlar chiziladi. Aniq rejalashda perpendikulyar chiziqlarni geometrik yasashlar 
yo‟li bilan chiqariladi. 
Parallel chiziqlar chizishda ularning boshi va oxiriga belgi tushirib, shular 
orqali chiziq tortiladi. Agar imkon bo‟lsa, parallel chiziqlarni T-simon tokchali 
go‟niya yordamida chiziladi. Bunda u zarur masofaga surib turiladi.
CHiziqlarga o‟lchamlarni qo‟yishda boshlang‟ich nuqtaga kichkinagina kern 
(chuqurcha) tushirish kerak. SHunda tsirkulь surilib ketmaydi. So‟ngra tsirkulь 
bilan kaltagina yoycha chizib, kesishish o‟rni kernlab va h.k. Barcha kesmalar 
qo‟yilgandan so‟ng ularning umumiy uzunligi tekshirib ko‟riladi, chunki har bir 
kesmani qo‟yishda xatoga yo‟l qo‟yilishi mumkin. 

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling