Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari 
1.Analizatorlar va reseptorlar deganda nimani tushunasiz ?. 
2.Ko‗rush a‘zosi qanday tuzilgan va odam qanday qilib ko‗ra oladi ?. 
3.Eshitish a‘zosi qanday tuzilgan va nechta qismdan iborat ?. 
4. Muvozanat o‗zosi qayerda joylashgan va u nima vazifani bajaradi ?. 
5. Vestebulyar organni qanday chiniqtirish mumkin ?. 
6.Teri qanday qismlardan iborat va u nimalarni sezadi ?. 
7.Sezgi a‘zolari gegienasiga qanday amal qilish tavsiya etiladi ?. 
FIZIOLOGIYANING UMUMIY QONUNIYATLARI VA ASOSIY
FIZIOLOGIK TUSHUNCHALАR



131 
Organizm. Fiziologiya tirik organizm va qismlarining funktsiyasini 
o‗rganadi. Shuning uchun, fiziologiyani bayon qilishdan avval "organizm" va 
"funktsiya" tushunchalariga to‗xtab o‗tishimiz kerak. Organizm - organik olamning 
mustaqil yashay oluvchi, o‗z-o‗zini boshqara oluvchi va tashqi muhitning turli 
o‗zgarishlariga bir butun sistema sifatida javob bera oluvchi birligidir. Organizm 
o‗z atrofidagi tashqi muhit bilan o‗zaro ta`sir etib turgandagina yashay oladi va 
shunday o‗zaro ta`sir natijasida o‗z-o‗zidan yangilanib turadi. I. M. Sechenov
ta`kidlaganidek "Organizmning yashashiga yordam beradigan tashqi muxit 
bo‗lmasa, organizmning bo‗lishi mumkin emas". 
Har qanday organizmning harakterli belgisi shuki, uning strukturalari 
muayyan tarzda tashkil topgan. Oddiy tirik organizmlar - viruslarda ularni tashkil 
qiluvchi oqsil molekulalari va
nuklein kislotalardan tashkil topgan, xolos. Bu yerda organizm tashkilotining 
molekulyar darajasi xaqida gapirish mumkin. Paramesiya yoki infuzoriya singari 
ancha yuqori tashkil topgan bir hujayrali organizmlar murakkabroq strukturasi 
bilan ta`riflanadi: hujayra ichida yadro, mitoxondriyalar, yuza va protoplazma 
ichidagi membranalar, vakuolalar differentsiallanadi. Bu yerda organizm 
tashkilotining molekuladan yuqori, hujayra darajasi bor, unda hujayra ichidagi har 
xil tuzilmalarning funktsiyalari differentsiallanadi (tabaqalanadi). Masalan, harakat 
funksiyasini hujayra ichidagi qisqaruvchi fibrillalar, xivchinlar va kiprikchalar 
bajaradi; ba`zi hujayralarda ovqat xazm qilish va chiqaruv funksiyalarini
vakuolalar o‗taydi va x. k. 
Ko‗p hujayrali organizmlarning evolyutsion rivojlanish protsessida hujayralar 
differentsiallanadi, ya`ni ularning kattaligi, shakli, tuzilishi va funktsiyasi farq qila 
boshlaydi. Bir xil differentsiallashgan hujayralardan to‗qimalar hosil bo‗ladi, 
hujayralarning tuzilish jihatdan birlashuvi, morfologik vа funksional xossalarining 
umumiyligi va hujayralarning o‗zaro ta`siri to‗qimalarning harakterli belgisidir. 
Turli to‗qimalar o‗z funksiyalariga ko‗ra ixtisoslashadi, ya`ni xayot faoliyatining 
turli protsesslarini bajarishga moslashadi. Masalan, muskul to‗qimasi harakat 
funksiyasini bajarishga ixtisoslashgan bo‗lib, harakterli xossasi qisqaruvchanlikdir, 
bez to‗qimasi o‗z hujayralarining ba`zi ximiyaviy birikmalar (gormonlar, 
fermentlar va x.k)ni hosil qilishi va ajratishiga ixtisoslashgan. 
To‗qimalarning yuksak darajada differentsiallashgan hujayralari faoliyatning 
muayyan turini bajarishga moslanish bilan bir qatorda hamma hujayralar uchun 
umumiy funksiyalar: modda almashinuvi, ovqatlanish, nafas olish, chiqaruv 
funktsiyalarini ham bajaradi. Tuqimani hosil qilgan hujayralar o‗zaro ta`sir etib
turishi, to‗qimalar tuzilishining murakkabligi va funksiyalarining ixtisoslashganligi 
ularning morfologik va funksional jihatdan o‗ziga xos bo‗lishini taqozo qiladi, bu 
esa tirik organizm tashkilotining to‗qima darajasi ajralib chiqishiga asos bo‗ldi. 


132 
Organizmlar taraqqiyoti (tur va individ rivojlanishi)ning ma`lum bosqichida turli 
to‗qimalardan tuzilgan organlar hosil bo‗ladi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling