Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Getrotransplantatsiya
Oqsillar (yoki proteinlar) eng murakkab ximiyaviy birikmalar bo‗lib, 20 xil
turli aminokislotalarning turli kombinatsiyalaridan tarkib topgan polimerlardir. 143 Oqsillar biosintezi nuklein kislotalarning bevosita yo‗naltiruvchi ishtirokida ro‗y beradi, nuklein kislotalar ayrim aminokislotalardan oqsil molekulasini yig‗adigan "karkaz" vazifasini o‗tovchi qolip, andazaga o‗xshaydi. Nuklein kislotalardagi struktura komponentlarining genezga a‘loqador bo‗lgan har xil kombinatsiyalari hujayralarda oqsillar sintezini belgilab beradi; turli organizmlar va ularning har xil organ, tuqimalari molekulyar tuzilish jihatdan son-sanoqsiz oqsillarni hosil qiladi. Har xil turlarga mansub hayvonlarning va bir turga mansub individlarning, shuningdek bir individdagi turli organ va to‗qimalarning oqsillari farq qiladi. Shuning uchun hujayra oqsillarining tur , individ, organ va to‗qimalarga oid spetsifikligi xaqida so‗zlashadi. Bir turdagi xayvon qoniga ikkinchi turli xayvon oqsillarini yuborish organizm uchun befarq bo‗lmay, turli reaktsiyalar ro‗y berishi immun jismlar - antitelolar hosil bo‗lishi, analitik reaktsiyalar va shunga o‗xshashlar oqsillarning turga oid spetsifikligi bilan bog‗langan. Oqsillar tabiy holida, ya`ni maxsus ishlovdan o‗tkazilmay organizmga yuborilsa, ko‗pincha u og‗ir ahvolga tushib, hatto halok bo‗lishi mumkin. Shu sababli hayvondan odamga qon yoki uning plazmasini olib quyish mumkin emas. Har xil turlarga mansub hayvonlarning oqsillari biologik jihatdan o‗zaro mos kelmagani uchun ularning organlarini biridan ikkinchisiga olib o‗tkazish muvaffaqiyatsiz chiqmoqda. Getrotransplantatsiya deb ataladigan bunday operatsiyalarda organ ko‗chirib o‗tkazilgach yashab ketmay qisqa vaqtda nobud bo‗ladi. Bir turdagi turli organizmlar oqsillarining individual spetsifikligi unchalik yaxshi ko‗rinmaydi. Ammo bir turga mansub ikki hayvonning biridan ikkinchisiga organlar ko‗chirib o‗tkazishning muvaffakiyatsiz chiqishi oqsillarning xuddi shu individual "spetsifikligiga bog‗liq. Gomotransplantatsiya deb ataladigan bunday operatsiyalarda ko‗chirib o‗tkazilgan organ, ya`ni transplantat aksari surilib ketadi yoki halok bo‗ladi. Organ yoki to‗qimalarga doir spetsifiklik har xil organ va to‗qimalarning oqsillarida o‗z ifodasini topadi. Masalan, organizmning yuksak darajada differensiallangan, muayyan funksiyalarni bajarishga moslashgan hujayralarida xuddi shu hujayraga harakterli, spetsifik oqsillar vujudga keladi. Ixtisoslashgan hujayra strukturalarning tarkibiga kiradigan oqsillar shunday bo‗ladi. Masalan, muskul hujayralaridagi ingichka tolalar, miofibrillalarda muayyan fermentativ xossalarga ega bo‗lgan oqsillar- miozin va aktin bor, muskul shu oqsillarning o‗zgarishi tufayli qisqaradi (ular shuning uchun ham qisqartuvchi oqsillar deb ataladi). Qo‗shuvchi to‗qima hujayralaridagi kollagenlar deb ataluvchi oqsillar qo‗shuvchi to‗qima hujayralaridan vujudga keladigan tolalarning oqsil negizini tashkil etadi. Kollagen tolalar mayinligi, uzilmasligi va yuksak darajada elastikligi bilan farq qiladi. Qo‗shuvchi to‗qimа (zichlashmagan va tolali qo‗shuvchi to‗qima, 144 tog‗ay va suyak to‗qimasi)ning tayanch va mexanik funksiyalari kollagen tolalarning shu xossalariga bog‗liq. Organizmdagi ko‗p oqsillarning ahamiyati ularning fermentativ xossalaridan, turli organik birikmalarning muayyan parchalanish va sintezlanish protsesslarini kuchaytira olishidan kelib chiqadi. Organizm hujayralarida oqsillar almashinuvining harakterli belgisi shuki, ular uz-uzidan yangilanib to‗r adi, ya`ni hujayra oqsillari parchalanib va yangidan sintezlanib to‗r adi. Protoplazma va hujayra strukturalari oqsillarining sintezi hujayralar va hujayra ichidagi strukturalar qurilishi bilan bog‗langan plastik protsesslarga kiradi. Hujayralarning hayot faoliyati uchun zarur energiyani ularga yetkazib beradigan energetik protsesslar plastik protsesslardan farq qiladi. Hujayralar faoliyatida, masalan, muskul qisqarganda, ko‗pgina sintetik protsesslarda foydalaniladigan energiyani asosan parchalanish yo`li bilan yetkazib beradigan ba`zi moddalar almashinuvi energetik protsesslar orasida aloxida o‗rin tutadi. Shunday moddalarga kiradigan makroergik birikmalardan biri adenozintrifosfat kislota (ATF) hisoblanadi. ATF dan ikkita fosfat kislota qoldig‗i ajralganda birtalay energiya bo‗shab chiqadi (bir fosfat kislota qoldig‗i ajralganda 1 gramm-molekula moddaga qariyb 10 000 kaloriya ajralib chiqadi). Turli hujayralarda faqat shular uchun spetsifik bo‗lgan ko‗pgina ximiyaviy o‗zgarishlar ro‗y beradi. Masalan, ba`zi ximiyaviy birikmalar faqat muayyan hujayralarda yoki hujayra ichidagi strukturalarda hosil bo‗ladi. Ularning hujayrada hosil bo‗lishi va tashqi yoki ichki muxitga chiqishi shu hujayraning asosiy funktsiyasi hisoblanadi. Masalan, xlorid kislotani faqat me`da bezlarining qoplama hujayralari hosil qiladi va chiqaradi; tripsinogen fermenti faqat me`da osti bezining tashqi sekretsiya hujayralarida hosil bo‗ladi. Organizmning uglevodlar almashinuvida muhim rol o‗ynaydigan insulin gormoni ham me`da osti bezining hujayralarida sintezlanadi, lekin uni tashqi sekretsiya hujayralari emas, balki ichki sekretsiya xujayralari - orolcha to‗qimasining beta-hujayralari sintezlaydi. Nerv impulsini nerv oxiridan innervatsiyalanuvchi organga o‗tkazadigan ximiyaviy modda atsetilxolin nerv oxirining muayyan qismida hosil bo‗ladi. Modda almashinuv protsesslari - turli birikmalarning sintezlalanishi va parchalanishi turli hujayralardagina emas, yuksak darajada differentsiallashgan hujayraning turli strukturalarida ham turlicha ro‗y beradi. Modda almashinuv protsesslarida hujayraning turli strukturalari qatnashuvi gistoximiyaviy Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling