Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Qo`zgaluvchanlik. Ba`zi hujayra va to‗qimalar (nerv, muskul va bez 
to‗qimalari) ta`sirotga tez reaktsiya korsatishga maxsus moslashgan. Bunday 
hujayra va to‗qimalar qo‗zg‗aluvchan deb ataladi, ularning ta`sirotga qo`zg‗alish 
bilan javob qaytarish xossasi esa qo‗zg‗aluvchanlik deb yuritiladi. 
Ta`sirlovchining qo‗zg‗alishga sabab bo‗ladigan minimal kuchi 
quzg‗aluvchanlik o‗lchovi bo‗lib xizmat qiladi. Taa`surotning shu minimal kuchi 
ta`sirot bo‗sag‗asi deb ataladi. Reaktsiyalarni yuzaga chiqarish 'uchun zarur 
taasirotning minimal kuchi qancha katta bo‗lsa, ya`ni ta`sirot bo‗sag‗asi qancha 
yuqori bo‗lsa, qo‗zg‗aluvchanlik o‗shancha past bo‗ladi va aksincha, taa`sirot 
bo‗sag‗asi qancha past bo‗lsa, qo‗zg‗aluvchanlik o‗shancha yuqori bo‗ladi. 
Taa`surot bo‗sag‗asi turli ta`sirlovchilarga nisbatan turlicha bo‗lishi mumkin.
Retseptorlarning adekvat ta`sirlovchilarga nisbatan qo‗zg‗aluvchanligi ayniqsa 
yuqori. Masalan, I S. Vavilovning ma`lumotlariga qaraganda, ko‗z to‗r
pardasining yorug‗likni sezuvchi nerv elementlari - tayoqchalari 8 yorug‗lik 
kvantiga,qolaversa hatto 3-4 kvantga ham reaktsiya ko‗rsatadi. Ko‗z to‗r
pardasining ta`sirot bo‗sag‗asi energiyasi shu qadar ozki, 1 g suvni faqat isitish 
uchun bu energiya 60 mln. yil ta`sir etishi kerakligi hisoblab chiqilgan. Boshqa 
retseptorlarning quzg‗aluvchanligi ham g‗oyat yuqori: masalan, xidlov hujayrasi 
ta`sirlanishi uchun unga xidli moddalarning atiga bir necha molekulasi ta`sir etishi 
kifoya. 
Qo‘zgalish. Ta`sirlovchilarning ta`siriga reaksiya ko‗rsatishning spetsifik 
formasi qo‗zg‗aluvchan hujayralarga harakterli: ularda to‗lqinsimon fiziologik 
protsess - qo‗zg‗alish ro‗y beradi. Qo‗zg‗alish fizikaviy, fizik-ximiyaviy, 
ximiyaviy protsesslar va funksional o‗zgarishlar yig‗indisida namoyon bo‗ladigan 
murakkab biologik reaktsiyadir. Qo‗zg‗alish protsessida hujayra yuzasidagi 
membrananing elektr holati albatta o‗zgaradi. Hujayralar qo‗zg‗alish protsessida 


148 
fiziologik tinchlik holatidan shu hujayraga xos fiziologik faoliyat holatiga o‗tadi: 
muskul tolasi qisqaradi, bez hujayrasi sekret chiqaradi. Faqat nerv hujayralari bilan 
nerv tolalarida qo‗zg‗alish protsessi sof holda uchrab, bunda aktiv holatining 
qanday bo‗lmasin boshqa bir belgisi kuzatilmaydi. 
Qo`zg‗aluvchan hujayrada uning sitoplazmasi bilan tashqi muhit o‗rtasida, 
ya`ni hujayra yuzasidagi membrananing ikkala tomonida elektr potentsiallari doim 
farq qiladi, hujayra membranasi shu tariqa qutblangan (polyarizatsiyalangan) - 
ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli. Shu potentsiallar farqi 
membrana potensiali deb atashadi. Bu farq bir necha un millivoltga mos keladi. 
Potentsiallarning shunday farq qilishiga sabab shuki, hujayra ichi
sitoplazma bilan sirti atrofdagi to‗qima suyuqligida ionlar kontsentratsiyasi 
baravar emas: to‗qima suyuqligiga nisbatan sitoplazmada kaliy ionlari ko‗proq, 
natriy ionlari esa kamroq. Tinchlik holatida hujayra membranasi natriy ionlarini 
kamroq o‗tkazadi. Hujayra qo‗zg‗alganda membrananing o‗tkazuvchanligi oshadi, 
u musbat zaryadli natriy ionlarini hujayra ichiga o‗tkazadi, natijada membrana 
potentsiallarining farqi kamayadi (membrana depolyarizatsiyasi) va hatto qarama-
qarshi belgili potentsiallar farqi vujudga keladi. 
Qo‗zg‗alishda elektr potentsiallari farqining o‗zgarishi harakat potentsiali deb 
ataladi. To‗qimaning qo‗zg‗algan qismi qo‗zg‗alish ta`sirlovchi ta`sirida 
membrana o‗tkazuvchanligining o‗zgarishi sababli kelib chiqadigan portlash 
protsessi desa bo‗ladi. O‗tkazuvchanlikning o‗zgarishi avvaliga birmuncha kam 
bo‗lib, ta`sir etilgan joydagi depolyarizatsiya va membrana potentsialining andak 
kamayishi bilan davom etadi, lekin qo‗zg‗aluvchan to‗qima bo‗ylab tarqalmaydi 
(maxalliy qo‗zg‗alish deb shuni aytiladi). Potentsiallar farqining o‗zgarishi kritik- 
bo‗sag‗a darajasiga yetgach lavina singari o‗sib boradi va tezlashuvda sekundning 
10 mingdan bir necha bo‗lagida - maksimumga yetadi. 
Dastlab kaliy ionlarining hujayradan chiqishi sababli potentsiallar farqi 
avvalgi asliga keladi, membrana repolyarizatsiyasi deb shuni aytiladi. So‗ng, 
natriy-kaliy nasosi degan maxsus fiziologik mexanizm borligi tufayli, sitoplazma 
bilan hujayra o‗rtasidagi muxit o‗rtasida ionlar kontsentratsiyasining baravar 
emasligi tiklanadi (kaliy ionlari qaytadan hujayraga kiradi, natriy ionlari esa 
hujayradan chiqib ketadi). Bu tiklanish protsessi bir qadar energiya sarflashni talab 
qiladi, moddalar almashinuvi esa shu energiyani yetkazib beradi. Hujayra 
qo‗zg‗algan paytda membrananing maksimal depolyarizatsiya davrida
hujayraning yangi ta`sirga javob qaytara olmasligi uning harakterli xususiyatidir. 
Hujayra qo‗zg‗algan paytda uning qo‗zg‗aluvchan bo‗lmay qolish xolati 
refrakterlik deb ataladi. 
Qo‗zg‗alish to‗lqinga o‗xshab tarqaluvchi protsess, qo‗zg‗alish bir 
hujayrada yoki uning bir qismida, masalan, nerv tolasining bir qismida vujudga 


149 
kelgach tarqaladi, boshqa hujayralarga yoki qo‗zg‗algan hujayraning boshqa 
qismlariga o‗tadi. Qo‗zg‗alish protsessining o‗tishiga sabab shuki, bir hujayrada 
yoki uning bir qisimida, masalan, nerv tolasining bir qismida vujudga kelgan 
harakat potentsiali qo‗shni qismlarning qo‗zg‗alishiga sabab bo‗ladigan 
ta`sirlovchi bo‗lib qoladi. 
Nerv tolalari va muskullarda elektr toki bilan ta`sir etish natijasida 
qo‗zg‗alishning o‗tishi nerv oxirlarida qo‗zg‗alishning o‗tishidan farq qiladi. Bu 
yerda qo‗zg‗alish bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv xujayrasiga yoki nerv 
tolasidan muskul yo bez hujayrasiga ximiyaviy yo‗l bilan o‗tadi. Nerv oxirida 
nerv impulsini o‗tkazadigan ximiyaviy birikmalar (atsetilxolin, noradrenalin va 
boshqalar) hosil bo‗ladi, bu moddalar mediatorlar deb ataladi. Nerv oxiri qaysi 
qo‗zg‗aluvchan hujayrada joylashgan bo‗lsa, mediatorlar o‗sha hujayraning 
qo‗zg‗alishiga sabab bo‗ladi. 
Qo‗zg‗alish protsessidagi bioelektr potentsiallarini qayd qilish va 
o‗lchash hujayra, to‗qima va organlarda shu protsesslarning kelib chiqishi va 
o‗tishini juda yaxshi ko‗rsatib beradi. Shu sababli elektrofiziologik tadqiqotlar 
eksperimental laboratoriyalarda ham, klinikalarda ham keng qo‗llaniladi. 
Qo‗zg‗alish protsessidagi elektr xodisalarini o‗rganish uchun so‗nggi 
10 yilda hujayraga eng ingichka (diametri mikron bo‗laklaricha keladigan) 
mikroelektrod kiritilmoqda; ayni vaqtda ikkinchi elektrod xujayra atrofidagi 
muhitga joylashtiriladi. Harakat potentsiallarini to‗qima va organlar sirtidan katta 
diametrli elektrodlar bilan ham olib ketish mumkin. Butun organizmni tekshirishda 
elektr potentsiallari gavda sirtidan olib ketiladi. Jumladan yurak ishlab turganda 
kelib 
chiqadigan 
elektr 
o‗zgarishlarini 
ko‗rsatuvchi 
egri 
chiziq 
elektrokardiogramma shunday tekshiriladi. 
Tirik hujayra ta`sirlanganda hamisha bir qadar yashirin (latent) davrdan keyin 
shu ta`sirotga javoban qo‗zg‗aladi (va shu munosabat bilan elektr reaktsiyasi ro‗y 
beradi): muskul hujayrasi qisqaradi, "bez hujayrasi,, sekret chiqaradi. Ta`sirot 
boshlangan paytdan tortib tuqima shu ta`sirotga javoban reaktsiya kursatguncha 
utadigan davr yashirin (latent) davr deb ataladi. Reaktsiya yuzaga chiqishi uchun 
to‗qima holati qanday o‗zgarishi zarur bo‗lsa, yashirin davrda shunday o‗zgarishi 
kerak to‗qima elektr reaktsiyasining latent davri muskul qisqarishi bilan sekretor 
jarayonga qaraganda kaltaroq. Sekretor jarayonning yashirin davri uzoqroq bo‗ladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling