Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 Ta`sir etish. Tashqi muhitning yoki organizm ichki xolatining har qanday 
o‗zgarishi yetarlicha katta bo‗lsa, yetarlicha tez ro‗y bergan bo‗lsa va yetarlicha 


146 
uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki butun organizmning ta`sirlovchisi bo‗la 
oladi. 
Hujayra va to‗qimalarning son-sanoqsiz darajada turli-tuman 
ta`sirlovchilarini fizikaviy, fizik-ximiyaviy va ximyaviy ta`sirlovchilar deb 
uch gruppaga ajratish mumkin. Fizikaviy ta`sirlovchilarga temperatura, mexanik 
(urish, igna sanchish, bosim, fazoda siljish, tezlanish va boshqalar), elektr, 
yorug‗lik tovush kabi ta`sirlar kiradi. Osmotik bosim, muhitning aktiv 
reaksiyasi, kolloidal holat elektrolitlar tarkibining o‗zgarishi fizik-ximiyaviy 
ta`sirlovchilar hisoblanadi. Tarkibi va xossalari har xil bo‗lib, hujayralar 
strukturasini va ulardagi modda almashinuvini o‗zgartiradigan ko‗pgina 
moddalar ximiyaviy ta`sirlovchilarga kiradi. Tashqi muhitdan kiradigan oziq
moddalar, dorilar, zaharlar, shuningdek organizmda vujudga keladigan ko‗pgina 
ximiyaviy birikmalar, masalan, gormonlar, modda almashinuv mahsulotlari 
fiziologik reaksiyalarga sabab bo‗la oladigan ximiyaviy ta`sirlovchilar hisoblanadi. 
Hujayralarga ta`sir etib, ularning faoliyatiga sabab bo‗ladigan, hayotiy 
protsesslarda alohida muhim rol o‗ynaydigan ta`sirlovchilar nerv impulslaridir. 
Ular hujayralarning tabiiy (ya`ni organizmning o‗zida vujudga keladigan), elektr 
va ximiyaviy ta`sirlovchilaridir. Nerv impulslari nerv oxirlaridan nerv tolalari 
orqali markaziy nerv sistemasiga borib yoki undan periferik organlarga - 
muskullarga, bezlarga kelib, ularning holatini yoki faoliyatini o‗zgartiradi. 
Barcha ta`sirlovchilar fiziologik ahamiyati jihatidan adekvat va 
noadekvat ta`sirlovchilargа bo‗linadi. Biologik struktura hujayra yoki organ qaysi 
ta`sirlovchilarni sezishga maxsus moslashgan va ularga nisbatan g‗oyat sezuvchan 
bo‗lsa, tabiiy sharoitda shu biologik strukturaga ta`sir etadigan ta`sirlovchilar 
adekvat ta`sirlovchilar deb ataladi. Ko‗z to‗r pardasining tayoqcha va 
kolbachalariga - quyosh spektrining ko‗rinadigan qismidagi nurlar, terining taktil 
sezgilariga bosim, tilning tam bilish so‗rgichlariga, har xil ximiyaviy moddalar; 
skelet muskullariga - harakatlantiruvchi nervlar orqali keladigan nerv impulslari 
adekvat ta`sirlovchi hisoblanadi. 
Shu hujayra yoki organ qaysi ta`sirlovchilarni sezishga maxsus 
moslashmagan bo‗lsa, o‗sha ta`sirlovchilar noadekvat ta`sirlovchilar deb ataladi. 
Masalan, muskul adekvat ta`sirlovchi (.harakatlantiruvchi nerv orqali keladigan 
impulslar) ta`siridagina emas, tabiiy sharoitda unga ta`sir etmaydigan 
ta`sirlovchilar ta`sirida ham qisqaradi: kislota yoki ishqor, elektr toki, birdaniga 
cho‗zilish, mexanik zarb, tez isitish va shunga o‗xshashlar ta`sirida muskul 
qisqaradi. 
Xujayralar noadekvat ta`sirlovchilardan ko‗ra adekvat ta`sirlovchilarga 
ko‗proq sezgir bo‗ladi. Bu esa evolyutsiya protsessida kelib chiqqan funksional 
moslanish ifodasidir. Hujayra, to‗qima, organlar faoliyatini o‗rganish uchun, 


147 
jumladan nerv hujayralari va butun nerv sistemasining funktsiyasini tekshirish 
uchun fiziologik tajribada turli ta`sirlovchilar ko‗p qo‗llaniladi. Elektr bilan ta`sir 
etish shu maqsadlar uchun qulayroq. Shu jihatdan qulayki, elektr toki tirik 
to‗qimaga aytarlik ziyon yetkazmaydigan kuch bilan ta`sir etadi. Elektr tokining 
ta`siri -tez boshlanadi va tez to‗xtaydi; uni osongina ulash va uzish mumkin; 
ximiyaviy moddalar va temperatura esa uzoqroq ta`sir etadi. Bundan tashqari,elektr 
tokini uning kuchi, ta`sir etish vaqti va ritmi jihatdan dozalash oson. Fiziologik 
tajribalarda tekshiriladigan to‗qima (muskul yoki bez)ga yo bevosita yoki shu 
organni innervatsiyalovchi nerv tolalariga (bevosita) ta`sir etish usuli qo‗llaniladi.
Nerv tolalariga ta`sir etilganda ularning uzin innervatsiyalangan organga qanday 
ta`sir ko‗rsatishini aniqlasa bo‗ladi. Nerv sistemasining reaktsiyalarini o‗rganish 
uchun nerv oxirlari - retseptorlarga (yoki markaziy nerv sistemasiga boradigan 
nerv tolalariga) ta`sir etiladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling