Va oliy nerv faoliyati
Markaziy nerv sistemasining sinapslarida qo‘zg‘alishning o‘tish
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Markaziy nerv sistemasining sinapslarida qo‘zg‘alishning o‘tish
mexanizmi. Bu sinapslarning nerv oxirlaridan ishlanib chiqadigan mediator ularga keluvchi impuls ta`siriga bog‗liq, holatdan bo‗shab, sinaps yorig‗iga chiqadi. Bu yoriqning eni kichkina (200 A chamasi) bo‗lgani uchun mediator postsinaptik membranaga tez (taxminan 0,5 msekda) diffuziyalanib o‗tadi va uning struktura komponentlari - muayyan oqsil-lipoid komplekslar bilan o‗zaro ta`sir etadi. Natijada postsinaptik membrananing natriy va kaliy ionlarini o‗tkazuvchanligi ancha oshadi. Shu sababli postsinaptik membrana depolyarizatsiyalanib, qo‗zgatuvchi postsinaptik potentsial degan potentsial vujudga keladi. Bu potentsial kritik darajaga yetgan paytda hujayrada 161 tarqaluvchi qo‗zg‗alish harakat potentsiali, yoki cho‗qqi potentsiali vujudga keladi (68-rasm). Akson boshlang‗ich segmentining membranasida depolyarizatsiya kritik darajada pastroq bo‗lgani uchun harakat potentsiali avvalo neyronning shu qismida vujudga kelib, undan hujayra tanasiga ham, akson bo‗ylab ham tarqaladi. Afferent impuls ta`sirida vujudga kelgan qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potentsial uzoqroq davom etsa, nerv hujayrasida ketma-ket keluvchi harakat potentsiallarining ritmik razryadi hosil bo‗lishi mumkin (21-rasm, A). Markaziy nerv sistemasining ko‗p hujayralarida avtomatiya bor, ya`ni ular tashqi ta`sirot bo‗lmaganda ham ritmik impulslarni hosil qilaveradi. Bunday hujayralar ichiga mikroelektrodlar kiritib, membrana potentsialining doimo sust o‗zgarib turishini, ayni vaqtda harakat potentsiallarining yakka yoki ko‗p razryadlari ro‗y berishini aniqlasa bo‗ladi. Membrana muayyan kritik darajagachа depolyarizatsiyalanganda shunday razryadlar kelib chiqadi. Nerv impulslari qo‗zg‗atuvchi sinapslar orqali shunday avtomatik razryadlanuvchi hujayraga kelar ekan, membrana depolyarizatsiyasini kuchaytiradi va shuning oqibatida nerv impulslarining razryadlar chastotasini oshiradi. Markaziy nerv sistemasidagi qo‗zgatuvchi mediatorlarning tabiati hozircha yetarli ravshan emas. Bosh miya bilan orqa miyadagi qo‗zg‗atuvchi sinapslardan faqat ba`zilarining mediatori atsetilxolin ekanligi aniqlangan. Shuningdek bosh miya bilan orqa miya tuzilmasi kuchli qo‗zg‗alganda yuksak darajada aktiv birikmalardan boshqa ba`zilari - noradrenalin, serotonin, R moddasining ko‗payishi ham ma`lum. Bu moddalar ham mediator bo‗lsa kerak. Markaziy nerv sistemasida sinapslar borligi va ularda impulslarning ximiyaviy yo‗l bilan o‗tganligi tufayli qo‗zg‗alish o‗tkazilishining bir qancha xususiyatlari bor. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling