Va oliy nerv faoliyati
Neyronlar ularning birlashmalari, strukturasi va funktsiyalari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Neyronlar ularning birlashmalari, strukturasi va funktsiyalari. Nerv
sistemasining asosiy struktura elementi nerv hujayrasi yoki neyrondir. Neyronlar faoliyatining o‗ziga xos formasi ta`surotlarni qabul qilish, nerv impulslarini vujudga keltirish va ularni boshqa hujayralarga o‗tkazishdir. Neyronlarning strukturasi va kattaligi g‗oyat har xil. Masalan, ba`zilarining diametri atigi 4-6 mk, boshqa neyronlar (bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗idagi gigant piramida hujayralari) ning diametri 130 mk ga boradi. Neyronlarning shakli ham g‗oyat turli-tuman. Bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗i va miyacha neyronlari murakkabroq tuzilgan. Bu miyadagi shu bo‗limlarning murakkab funksiyalarni bajarishiga bog‗liq bo‗lsa kerak. Har bir neyronning somasi yoki tanasi bilan o‗siqlari bor. Nerv hujayrasining o‗siqlari akson va dendritlarga bo‗linadi. Akson uzun o‗siq bo‗lib, qo‗zg‗alishni nerv hujayrasining tanasidan boshqa hujayralarga yoki periferik organlarga o‗tkazadi. Aksonning xususiyati shuki, hujayra tanasidan atigi bitta uzun o‗siq chiqadi. 27-rasm. Neyronning sxematik tasviri. 1 - dendritlar; 2 - hujayara tanasi; 3 - akson tepachasi; 4 - akson; 5 - akson kollaterali; 6 - mielinli parda; 7 - shvani pardasi; 8 - shvani xujayrasining yadrosi; 9 Ranve burilmasi; 10 - aksonning mielinli pardadan mahrum bo‘lgan oxirgi tarmoqlari. Ravshan ko‘rsatish uchun neyron bo‘laklarining o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbatlar o‘zgartirilgan. 158 Nerv hujayrasining tanasidan akson chiqqan joy akson tepachasi deb ataladi. Aksonning dastlabki 50-100 ml bo‗lagi mielin pardasiz. Aksonning mielinsiz shu qismi akson tepachasi bilan birgalikda boshlang‘ich segment deb ataladi. U yuksak darajada qo‗zg‗aluvchanligi bilan farq qiladi: bu segmentning ta`sirlanish bo‗sag‗asi neyronning bosh qismlariga nisbatan taxminan 3 baravar katta. Dindritlar tarmoqlanuvchi ko‗p o‗siqlardan iborat bo‗lib, boshqa neyronlardan keluvchi impulslarni qabul qiladi va qo‗zg‗alishni nerv hujayrasining tanasiga o‗tkazadi. Markaziy nerv sistemasida neyronlarning tanalari bosh miya katta yarim sharlari, po‗stloq ostidagi tuzilmalar, miya stvoli, miyacha orqa miyaning kulrang moddasiga to‗plangan neyronlarning miyelin bilan qoplangan tolalari bosh miya bilan orqa miyaning turli bo`limlaridagi oq moddani hosil qiladi. Nerv xujayrasining tanasi va o‗siqlari membrana bilan qoplangan . Bu membrana tinchlik holatida kaliy ionlarini, qo‗zg‗alish paytida esa, natriy ionlarini tanlab o`tkazadi. Tinchlik holatidagi membrana potensiali taxminan 70 mv, harakat potentsiali esa, qariyib 110 mv. Issiq qonli hayvonlarda harakat potentsialining uzunligi 1-3 msek. Neyronlarning membranasi bir qadar kritik darajagacha depolyarizatsiyalanganda ularda harakat potentsiali vujudga keladi. Neyronning ko‗proq, qo‗zg‗aluvchan qismi boshlang‗ich segmentida harakat potentsiali vujudga kelishi uchun membranani o‗rta hisob 10 mv disolyarizatsiyalash kifoya; nerv hujayrasi tanasida shuncha potentsialni vujudga keltirish uchun esa membranani 20- depolyarizatsiyalash zarur. Nerv hujayralarining tanalari o‗z o‗siqlariga nisbatan trofik funksiyani o‗taydi, ya`ni ularning moddalar almashinuvini hamda oziqlanishini ("trofikasini") boshqaradi. Shu sababli akson nerv hujayrasining tanasidan ajralganda (periferik nerv qirqib qo‗yilganda) yoki nerv hujayrasi nobud bo`lganda o‗siqlari degeneratsiyalanadi. Nerv hujayrasi tanasining trofik ta`sir ko‗rsatish mexanizmi hozircha aniqlangani yo`q, hujayra tanasida asosan yadrosida fiziologik jihatdan aktiv modda sintezlanib, sitoplazma bo`ylab (etstnmol, neyrofibrillalar buylab) aksonlarga va dendritlarga o‗tadida, ulardagi moddalar almashinuviga qo‗shiladi deb faraz qilishadi. Bu moddalar periferik aksonlar tugaydigan muskul yoki bez hujayralari sinapslari orqali diffuziyalanib o`tishi ham mumkin degan gap bor. Nerv hujayralari ishlab turishi uchun normal sharoit tug‗ilganda neyrogliya muhim rol o‗ynaydi. Neyrogliya hujayralari va ularning o‗siqlari neyronlarni hamma tomondan o‗rab turar ekan, birinchidan, mexanik tayanch funksiyasini o‗taydi, ikkinchidan, nerv hujayralarining bir-biridan elektr izolyatsiyasini 159 ta`minlaydi. Neyroniya neyronlarning moddalar almashinuvini ham boshqaradi deb faraz qilishadi.. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling