Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Markaziy nerv tizimining kulrang 
moddasi neyronlar va ularning 
mayda o‘simtalaridan, oq moddasi 
qobiq bilan qoplangan uzun 
o‘simtalardan 
iborat. 
Kulrang 
modda orqa miyaning markazida, 
bosh miyaning sirtida joylashgan. 
Qo‘zg‘alishni a’zolardan miyaga 
uzatadigan 
nervlar 
markazga 
intiluvchi, 
ya’ni 
sezuvchi, 
qo‘zg‘alishni miyadan a’zolarga 
o‘tkazuvchi nervlar esa markazdan 
qochuvchi, 
ya’ni 
harakatlantiruvchi nervlar deyiladi. 
Nerv tolalari birga qo‘shilib nerv 
boylamlarini, bir necha boylamlar 
esa alohida nervlarni hosil qiladi. 
1- Bosh miya; 
2- Orqa miya; 
3-ORQA 
MIYADAN 
CHIQQAN
NERV 
TOLALARI. 








152 
Markaziy nerv sistemasiga periferiyadan keladigan yoki bir neyrondan 
ikkinchi neyronga o‗tadigan impul'slar ta`sirida qo‗zg‗alish protsessigina emas, 
unga qarama-qarshi protsess - tormozlanish protsessi ham ro‗y berishi mumkin. 
Tormozlanishning harakterli belgisi shuki, nerv faoliyati to‗xtaydi yoki susayadi; 
bu protsess qo‗zg‗alishni to‗xtatadi va uning kelib chiqishiga tusqinlik qiladi. Nerv 
impul'slari ta`sirida periferik organlar ham tormozlanishi mumkin. Bu holda 
tormozlanish shundan bilinadiki, faoliyat ya`ni muskulning qisqarishi, bezning 
sekret chiqarishi to‗xtaydi yoki susayadi. 
Tormozlanish ikki turli mexanizm yordamida kelib chiqishi mumkinligi 
elektro-fiziologik tadqiqotlarda aniqlandi. Birinchi mexanizm shundan iboratki, 
xujayraning membrana potentsiali ko‗payadi; ya`ni xujayra membranasining 
polyarizatsiyasi kuchayadi-giperpolyarizatsiya ro‗y beradi. Bu xolda qo‗zg‗alish
protsessi ro‗y berishi uchun ta`sirot kuchi ortishi kerak shu sababli nerv impul'slari 
hujayraning qo`zg‗alishiga sabab bo‗lish uchun kuchi yetmay qolishi mumkin.
Tormozlanish protsessining kelib chiqishiga yordam beradigan ikkinchi mexanizm 
shundan iboratki, bir yoki nerv xujayrasi bilan bog‗langan bir necha neyrondan 
nerv xujayrasiga nerv impul'slari juda tez-tez kelib turganda hujayra 
membranasining barqaror depolirizatsiyasi ro‗y beradi, ya`ni hujayra elektr 
zaryadini yo‗qotadi, ya`ni qo‗zg‗aluvchan bo‗lmay qoladi. Tormozlanishning
bunday mexanizmini N. E. Vvedenskiy XX asrning boshlaridayoq, kashf 
etgan . 
Hujayraning elektr zaryadini o‗zgartira oladigan ba`zi ximiyaviy birikmalar 
ham tormozlanish protsessiga sabab bo‗la oladi. Gamma-aminomoy kislota va 
boshqa bir qancha moddalar shunday birikmalarga kiradi. Biron refleks yuzaga 
chiqishida qatnashadigan neyronlar markaziy nerv sistemasining qaysi qismlarida 
bo‗lsa, o‗sha qismlari, boshqacha aytganda bosh miya bilan orqa miyaning 
periferiyadagi muayyan retseptorlardan impulslar oladigan va periferik organlarga 
impulslar yuboradigan qismlari nerv markazlari deb ataladi. Nerv markazlari juda
ko‗p neyronlardan tarkib topgan, bu neyronlar markaziy nerv sistemasining 
turli bo‗limlarida joylashgan bo‗lishi mumkin. Reflektor reaktsiya qancha 
murakkab bo‗lsa, uning yuzaga chiqishida o‗shanchа ko‗p neyron qatnashadi. 
Nerv markazlari va ulardan "komanda" oladigan ijrochi mexanizmlar - gavda 
organlari – har qanday refleksda o‗zaro ikki tomonlama bog‗langan. Periferik 
organlar markaziy nerv sistemasidan efferent (markazdan qochuvchi) impulslar 
olib turish bilan birga, unga efferent (markazga intiluvchi) impulslar yuborib, shu 
organlar' xolati va faoliyati xaqida signal berib turadi. Shu tariqa, periferiyadagi 
ijrochi mexanizmlar bilan markaziy nerv sistemasi o‗rtasida "qaytar a‘loqa" 
sistemasi bor. Murakkab harakatlarni bajarishda bu qaytar a‘loqaning ayniqsa 
muhim ahamiyati bor. Shu sistema tufayligina harakatlar aniq, va uyg‗un 


153 
bajariladi, ular harakatiga sabab bo‗lgan va shu paytda tarkib topgan tashqi 
vaziyatga moslashadi.
Markaziy nerv sistemasiga keladigan afferent (markazga intiluvchi)
impulslarning ikki yoqlama ahamiyat bor. Birinchidan, ular chastotasi yetarli
bo‗lganda shoshilinch faoliyatni biron reflektor reaktsiyalarni vujudga keltira 
oladi; ikkinchidan, chastotasi kamroq bo‗lganda nerv markazlarini nisbiy doimiy 
qo‗zg‗alish xolatida saqlab to‗radi, shu bilan ularning ishga tayyor turishini 
ta`minlaydi. Marzkaziy nerv sistemasidan gavdaning ko‗pgina organlariga
keladigan efferent (markazdan qochuvchi) impul'slarning ham ikki yoqlama 
ahamiyati bor. Bu impul'slar reflekslarning yuzaga chiqishida organ, to‗qimalar 
faoliyatini keskin darajada o‗zgartira oladi, bundan tashqari, ba`zi organ va 
to‗qimalarning doim aktiv xolatda bo‗lishini, masalan, muskullarning doim tarang
turishini ta`minlaydi. Nerv markazlarining shunday doimiy qo‗zg‗alish darajasi 
yoki organlarning doimiy aktivlik darajasi tonus deb ataladi. Qonga o‗tib, nerv 
markazlariga va periferik organlarga qon orqali ta`sir etadigan ba`zi ximiyaviy 
birikmalar ham tonus holatini saqlab tura oladi. 
Nerv markazlari va ba`zi periferik organlarning tonusi gomeostaz 
ifodalaridan va sabablaridan biri hisoblanadi. Masalan, arteriyalar devoridagi silliq 
muskullarning doimiy taranglik darajasi arterial qon bosimining doim bir me`yorda
turishi uchun zarur shartdir. Turli-tuman reflektor reaktsiyalar I. P. Pavlovning 
klassik tadqiqotlar o‗tkazgan davridan boshlab shartsiz va shartli reflekslar degan 
ikkita katta gruppaga bo‗linadi. Shartsiz reflekslar bir turga mansub bo‗lgan 
hayvonlarda uchraydigan organizm reaktsiyalari; ular irsiyat yo‗li bilan 
mustahkamlangan, tug‗ma bo‗ladi. Umurtqali hayvonlar bosh miyasining yarim 
sharlar po‗stlog‗i olib tashlangach shartsiz reflekslarning aksarisi saqlanib qoladi. 
Bundan anglashiladiki, shartsiz reflekslar markaziy nerv sistemasining quyi 
bo‗limlari orqa miya, uzunchoq miya, o‗rta miya va oraliq miya ishtirokida, 
shuningdek katta yarim sharlar pustlog‗i ostidagi yadrolar ishtirokida yuzaga 
chiqadi. 
Shartli reflekslar individning hayot davrida kelib chiqqan reaktsiyalar. 
Ular muayyan individning yashash protsessida, turmush tajriba asosida kelib 
chiqadi va shu turga mansub bo‗lgan boshqa individlarda bo‗lmasligi mumkin. 
Yuksak darajadagi umurtqali hayvonlarda shartli reflekslar bosh miya katta
yarimsharlari po‗stlog‗idagi neyronlarning muqarar ishtirokida yuzaga chiqadi. 
Shartli reflekslar yuksak (oliy) nerv faoliyatining negizi hisoblanadi. Shartli refleks 
vujudga kelayotganda katta yarim sharlar pustlog‗ining neyronlari o‗rtasida
vaqtincha bog‗lanishlar qaror topadi. Shartli refleks hosil bo‗lishi uchun
biron retseptorning ta`sirlanishi organizmning biron faoliyati bilan, shartsiz 
reflekslardan birontasi bilan ko‗p marta birga takrorlanishi zarur. Shuning 


154 
natijasida retseptorning ta`sirlanishi ilgari faoliyatning muayyan turini yuzaga
chiqarmagan bo‗lsa, endi yuzaga chiqarа boshlaydi. Gavdadagi har qanday 
organning faoliyatini shartli refleks yo`li bilan yuzaga chiqarish yoki o‗zgartish 
mumkin. Shartli reflekslar tufayli yuksak darajadagi hayvonlar organizmining 
funksiyalarini bosh miya katta yarimsharlari po‗stlog‗i boshqaradi, nazorat qiladi 
(kortikal kontrol'). 
Shartsiz va shartli reflekslar yaxlit organizm faoliyatining eng murakkab 
formasi – tashqi muxitda yurish-turishi, ya`ni fe`l-atvorining negizini tashkil etadi. 
Shartli reflekslar organizmning tashqi muxitga moslanishining yuksak formasidir. 
Organizmda funksiyalarning boshqarilishi (funktsiyalar. regulyatsiyasi). Yuqorida 
aytilganidek har qanday tirik organizm o‗z-o‗zini boshqaradigan, har xil ta`sirlarga 
bir butun bo‗lib reaktsiya ko‗rsatadigan sistema ekanligi uning harakterli 
xususiyatidir. Organizmdagi hamma hujayra, to‗qima, organlar va ularning 
sistemalari o‗zaro ta`sir etishi tufayli, ularda ro‗y beruvchi barcha protsesslar 
o‗zaro bog‗liq va bir-biriga tobe bo‗lgani tufayli organizm shunday sistema bo‗lib 
qoladi. Organizmda bir hujayra o‗zgarishi bilan boshqa hujayralar o‗zgarmasdan 
qolmaydi. Har qanday organ funksiyasining o‗zgarishi boshqa organlar faoliyatini 
ham bir qadar o‗zgartiradi. Organlarning shunday o‗zaro ta`siri ularning 
funksional sistemalari doirasida ayniqsa yaqqol kurinadi. Birgalashib ishlab 
organizmning muayyan muxit sharoitiga moslanishini ta`minlaydigan organlar 
shunday sistemani hosil qiladi. 
Organizm funksiyalari va reaksiyalarining o‗zaro bog‗langanligi organizm 
birligi va bir butunligi - funksiyalarni boshqaradigan va uyg‗unlashtiradigan ikki 
mexanizm (regulyatsiya va norrellyatsiya mexanizmlari) borligidan kelib chiqadi. 
Bulardan biri gumoral, yoki ximiyaviy mexanizm filogenetik jihatdan eng 
qadimgi bo‗lib, turli hujayra va organlarda modda almashinuv jarayonida 
ximiyaviy tabiati va fiziologik ta`siri jihatdan har xil birikmalar parchalanish va 
sintezlanish maxsulotlari vujudga keladi. Shu moddalardan ba`zilari fiziologik 
ta`siri jixatdan juda aktiv bo‗ladi, ya`ni juda kichik kontsentratsiyalari ham 
organizm funktsiyalarini ancha o‗zgartira oladi. Ular to‗qima suyuqligiga, so‗ngra 
qonga o‗tib, u bilan butun organizmga tarqaladi va o‗zi hosil bo‗lgan joydan 
uzoqdagi hujayra va to‗qimalarga ta`sir ko‗rsata oladi. Qonda aylanib yuradigan 
ximiyaviy moddalar hamma hujayralarga ta`sir etaveradi, to‗g‗risini aytganda, 
ximiyaviy ta`sirlovchilarning tayinli manzili yo‗q. Ammo ular turi hujayralarga 
bir xilda ta`sir etmaydi: ba`zi hujayralar bir xil ximiyaviy ta`sirlovchilarga, boshqa 
hujayralar esa ikkinchi xil ximiyaviy ta`sirlovchilarga ko‗proq sezgir bo‗ladi. 
Hujayralar ximiyaviy ta`sirlovchilarga saylanma sezgir bo‗ladi. Turli ximiyaviy 
ta`sirlovchilar modda almashinuv protsesslari zanjirining turli zvenolariga 
qo‗shilib, turlicha ta`sir ko‗rsatadi. Ichki sekretsiya bezlari (endokrin bezlar) 


155 
ro‗yobga 
chiqaradigan 
gormonal 
regulyatsiya 
funitsiyalar 
ximiyaviy 
regulyatsiyasining juz`iy bir ko‗rinishidir 
Organizm funksiyalarini boshqaradigan ikkinchi mexanizm filogenetik 
jihatdan yoshroq, ya`ni tirik mavjudotlar evolyutsiyasida keyinroq rivojlangan 
bo‗lib, nerv mexanizmi deb ataladi. U turli hujayra, to‗qima va organlar
faoliyatini birlashtirib, uyg‗unlashtirib, boshqarib, uni organizm yashaydigan 
tashqi sharoitga moslashtiradi. Ba`zi hujayra, organlar holati va faoliyatining 
o‗zgarishi nerv sistemi orqali refleks yo`li bilan boshqa hujayra, organlar 
faoliyatini o‗zgartiradi. Regulyatsiyaning nerv mexanizmi mukammalroq, chunki, 
birinchidan; hujayralar gumoral-ximiyaviy yo‗l dan ko‗ra nerv sistemasi orqali 
tezroq, o‗zaro ta`sir etadi, ikkinchidan, nerv impul'slari hamisha muayyan 
"adresatni nazarda tutadi" (impulslar neyron o‗siqlari orqali faqat muayyan 
hujayralarga yoki ularning to‗qimalariga boradi) 
Nerv regulyatsiyasi hujayralar faoliyatining o‗zgarishida, ularning doimiy 
holatda tutilishida va tinch holatdagi modda almashinuv intensivligining 
o‗zgarishida namoyon bo‗ladi. Modda almashinuviga nerv sistemasining ta`sir 
etishi uning maxsus trofik funktsiyasi borligini ifodalaydi deb qarashadi. 
Regulyatsiyaning ikkala mexanizmi o‗zaro bog‗liq. Organizmda hosil 
bo‗ladigan har xil ximiyaviy birikmalar nerv hujayralariga ham ta`sir etib, ularning 
holatini o‗zgartiradi. Masalan, ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan 
gormonlar nerv sistemasiga ta`sir etadi. Ikkinchi tomondan, gumoral 
regulyatsiyaning o‗zi nerv sistemasiga bir qadar buysunadi. Masalan, aksari 
gormonlar nerv sistemasining nazorat qiluvchi ta`sirida ishlanib chiqadi. Shu 
tufayli nerv sistemasi nerv impul'slarini yuborish yo`li bilan bir qancha organlar 
funktsiyasiga bevosita ta`sir ko‗rsatish bilangina qolmaydi, balki organizm 
hujayralarida nerv impulslarining ta`sirida hosil bo‗lib qonga qo‗shiladigan 
gumoral-ximiyaviy ta`sirlovchilar orqali ham organlar funktsiyasiga ta`sir 
ko‗rsatadi. 
Nerv sistemasining faoliyati va organ, hujayralarining o‗zaro ximiyaviy ta`siri 
fiziologik funktsiyalarning o‗z-o‗zidan boshqarilishini ta`minlaydi, organizmning 
shu eng muhim xususiyati borligidan organizm yashashi uchun zarur sharoit 
avtomatik ravishda saqlana boradi. Tashqi muhitdagi yoki organizmning ichki 
muhitidagi har qanday o‗zgarish shu organizmning faoliyatiga sabab bo‗ladi, 
buning oqibatida gomeostaz tiklanadi, ya`ni organizm yashaydigan muhim 
sharoitining buzilgan doimiy darajasi tiklanadi. Organizm qancha ko‗p rivojlangan 
bo‗lsa, unda funktsiyalarning o‗z-o‗zidan boshqarilishi o‗shancha ko`p
rivojlangan bo‗ladi, gomeostaz o‗shancha mukammal va barqaror bo‗ladi. 
Boshqariladigan protsess bilan boshqaradigan sistema o‗rtasida qaytar 
a‘loqa borligi uchungina funktsiyalar o‗z-o‗zidan boshqarilishi mumkin. Qaytar 


156 
a‘loqalarni ko‗rsatib beradigan misollarni juda ko‗p keltirsa bo‗lardi, biz faqat ikki 
misol bilan kifoyalanamiz. Birinchi misol: oraliq miyaning nerv markazlari buyrak 
usti bezlarining pustlog‗idan gormonlar (mineralokortikoidlar) ishlanib chiqishini 
o‗zgartib, natriy almashinuvini boshqaradi, shunga ko‗ra qondagi natriy 
kontsentratsiyasi doim bir darajada turadi. Natriy kontsentratsiyasining o‗zgarishi 
buyrak usti bezlarining po‗stlog‗idan gormonlar chiqishini ko‗paytiradigan yoki 
kamaytiradigan nerv markazlarining holatini o‗zgartirgani uchungina qondagi 
natriy kontsentratsiyasi doim bir xil darajada turadi. Ikkinchi misol: muskul o‗ziga 
markaziy nerv sistemasidan keladigan impulslar ta`sirida qisqaradi. Muskulning 
har qanday qisqarishi natijasida esa muskullardan nerv markazlariga impulslar 
keladi, bu impulslar qisqarish protsessining intensivligi haqida axborot olib keladi 
va nerv markazlarining faoliyatini o‗zgartiradi. Shunday qilib, regulyatorlar
va boshqariladigan protsesslar doiraviy o‗zaro ta`sir etadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling