Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Reflekslarning turlari. Reflekslar yoki reflektor aktlar juda xilma-xilligi
bilan farq qiladi. Reflekslarni bir qancha belgilariga qarab turli gruppalarga ajratish, klassifikatsiya qilish mumkin, Masalan, reflekslar organizmga biologik ahamiyati jiatdan ovqat, mudofaa, jinsiy, orientirovka, pozatonik va lokomotor reflekslarga (vaziyat va fazoda gavdani harakatlantirish reflekslariga) bo‗linadi. Ta`sirlanganda muayyan reflektor aktga sabab bo‗luvchi retseptorlar qayerda joylashganiga qarab, reflekslar: eksteroretseptiv (ya`ni gavda sirtidagi retseptorlarning ta`sirlanishidan kelib chiqadigan), vistsero yoki interoretseptiv (ichki organlar va tomirlardagi retseptorlarning ta`sirlanishidan kelib chiqadigan), proprioretseptiv (skelet muskullari, bug‗imlar, paylardagi retseptorlarning ta`sirlanishidan kelib chiqadigan) reflekslarga bo‗linadi. Reflekslar yuzaga chiqishi uchun miyaning qaysi bo‗limlari zarurligiga qarab ham klassifikatsiya qilinadi. Reflekslar shu jihatdan spinal (orqa miya neyronlarining ishtirokida kelib chiqadigan), bulbar (uzunchoq miya neyronlarining ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan), mezentsefal (o‗rta miya neyronlarining ishtirokida yuzaga chiqadigan), dientsefal (oraliq miya neyronlari ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan), kortikal (bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗idagi neyronlar ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan) reflekslarga bo‗linadi. Shuni aytib o‗tish kerakki, markaziy nerv sistemasining oliy bo‗limlaridagi neyronlar ishtirokida yuzaga chiquvchi reflektor aktlarda quyi bo‗limlar - oraliq miya, o‗rta miya, uzunchoq miya va orqa miyadagi neyronlar muttasil ishtirok etadi. Ikkinchidan, orqa miya yoki uzunchoq miya, o‗rta miya yoki oraliq miya yuzaga chiqaradigan reflekslarda nerv impulslari markaziy nerv sistemasining oliy bo‗limlariga yetib boradi. Shunday qilib, reflektor aktlarning xozirgina keltirilgan klassifikatsiyasi bir qadar shartlidir. Reflekslar ularda qaysi organlarning ishtirok etishiga, javob reaksiyasining Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling