Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Nerv
markazlarining funktsiyalari, ularning kislorod bilan ta`minlanishiga bog‘liq ekanligi. Nerv hujayralari kislorodni shiddatli iste`mol qilishi bilan farq qiladi. Masalan,it bosh miyasining 100 g to‗qimasi, tinch turgan 100 g muskul tuqimasiga nisbatan 22 baravar, 100 g jigarga nisbatan 10 baravar ko‗proq kislorod yutadi. Odam miyasi minutiga taxminan 40-50 ml kislorod yutadi, bu tinchlik holatida butun gavda iste`mol qiladigan jami kislorodning taxminan 56-58 foiz qismini tashkil etadi. Nerv hujayralari kislorod ko‗p iste`mol qilar ekan, kislorod tanqisligiga nihoyatda sezgir bo‗ladi. Shu sababli markaziy nerv sistemasiga kislorod yetkazib berilishi kamayganda nerv markazlarining funktsiyalari buziladi. Miyada qon aylanishi to‗la yoki qisman to‗xtab qolganda (masalan, trombozda) yoki qon tomiri yorilganda nerv sistemasi faoliyatining qattiq buzilishi va nerv elementlarining nobud bo‗lishi shu bilan izoxlanadi. Miyada qon aylanishi hatto qisqa vaqt to‗xtab qolganda yoki qon tomirlaridagi bosim qisqa vaqt keskin pasayib ketganda ham odam darhol hushdan ketadi. Qon kelishining to‗xtab qolishi bosh miya katta yarimsharlar po‗stlog‗ining hujayralariga ayniqsa yomon ta`sir qiladi: ular 5-6 minutdan keyinoq asli holiga qaytmaydigan o‗zgarishlarga uchraydi va nobud bo‗ladi. Miya stvolining markazlari kislorod tanqisligiga kamroq sezgir bo‗ladi, qon kelishi tamomila to‗xtagach hatto 15-20 minutdan keyin ham bu markazlar funktsiyasi tiklanadi. Orqa miya markazlari yanada ko‗proq chidamli bo‗ladi, qon kelishi batamom to‗xtagach hatto 20-30 minutdan keyin ham orqa miya markazlarining funktsiyasi tiklanishi mumkin. Gavda temperaturasi sun`iy yo‗l bilan pasaytirilganda, ya`ni gipotermiyada organizmdagi moddalar almashinuvi susayadi, shu bilan birga markaziy nerv sistemasi kislorod yetishmasligiga uzoqroq bardosh beradi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling