Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Ximiyaviy ta`sir etish. Markaziy nerv sistemasining funksiyalarini
o‗rganish uchun ximiyaviy ta`sir etish metodikasini birinchi marta M. Sechenov o‗zining klassik tajribasida tadbiq etgan va ko‗ruv dumboqlari sohasiga NaCl kristalini qo‗yib ta`sir etilganda spinal reflekslar tormozlanishini isbot etgan. Orqa miya bilan bosh miyaning turli qismlariga ximiyaviy ta`sirlanish uchun ko‗p tadqiqotlarda har hil moddalar, masalan, tirishtiradigan moddalar, narkotiklar va shu kabilarning mahalliy ta`siridan foydalaniladi. Neyrofiziologik tadqiqotlarda lokal strixnizatsiya metodikasi ayniqsa keng qo‗llaniladi. Shu maqsadda sathi bir necha kvadrat millimetr keladigan bir parcha filtr qog‗ozini strixnin eritmasiga hollab, miyaning ochilgan yuzasiga qo‗yiladi yoki shu eritmadan bir tomchisi po‗stloq ostidagi yadrolarga yoki miya stvoliga kiritiladi. Strixnin tormozlovchi sinapslarni zaharlab qo‗yadi, shunga ko‗ra afferent impulslarga javoban reflektor reaksiyalar keskin darajada oshadi. Dyusser-de- Barenn sensor funksiyalar lokalizatsiyasini aniqlash uchun strixnizatsiya metodikasini tadbiq etgan . Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining miyaning bir qismi 190 zaharlanganda yoki strixnin eritmasi ko‗ruv dumboqlarining turli qismlariga kiritilganda miyaning strixnindan zaharlangan qismlariga impuls yuboradigan teri bo‗laklarida taktil sezgirlik oshadi. So‗nggi yillarda markaziy nerv sistemasiga turli moddalarni kiritish uchun elektroforez mikroinektsiyasi degan usul qo‗llanilmoqda. Tekshiriladigan nerv markaziga shu maqsadda tekshiriladigan eritma to‗ldirilgan juda ingichka mikropipetka kiritiladi. Pipetka teshigi juda tor bo‗lgani uchun yuza tortish kuchlari eritmaning qaytib chiqishiga to‗sqinlik qiladi; shu sababli moddani to‗qimaga kiritish uchun elektroforez metodi qo‗llaniladi. Mikropipetkaning kengroq tashqi uchiga bir elektrod kiritiladi, pipetkaning ikkinchi uchi esa gavda yuzasiga taqaladi. Kuchsiz o‗zgarmas tokni elektrodlardan o‗tkazib, pipetkaga to‗ldirilgan modda eritmasi to‗qimaga kiritiladi. Bu modda kation bo‗lsa, mikropipetkadagi elektrod anodga ulangan taqdirdagina u (modda eritmasi) to‗qimaga kiradi. Modda anion bo‗lsa, mikropipetka ichidagi elektrod katodga ulangan taqdirdagina u (modda eritmasi) to‗qimaga kiradi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling