Va oliy nerv faoliyati
MARKAZIY NERV SISTEMASI (TIZIMI)NING TEKSHIRISH
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy nerv sistemasining sensor va xarakat funksiyalarini boshqarishni tekshirish metodlari. Olib tashlash (ekstrapatsiya) va qirqib qo‘yish.
MARKAZIY NERV SISTEMASI (TIZIMI)NING TEKSHIRISH
METODLARI. Markaziy nerv sistemasi yagona va puxta mexanizm bo‗lib ishlaydi. Shu tufayli odatdagi fiziologik sharoitda turli ta`sirotlarga javobi organizm ko‗rsatadigan reaksiyalar xulq-atvor (yurish- turish)ning integratsiyalangan yaxlit butun aktlariga o‗xshaydi. Shunday har bir aktda uch komponent sensor (sezuvchi), motor (harakatlantiruvchi) va vegetativ komponentlarni ajratish mumkin. Retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga impulslar kelishi sensor komponentini ta`minlaydi, qotor komponentni skelet muskullari yuzaga chiqaradi va motoneyronlarning impulslari boshqaradi, vegetativ komponent ichki organlar faoliyati, tomirlar diametri, moddalar almashinuvi va gavda to‗qimalari funksiyalari holatining boshqarilishidan iborat. Organizmning sensor va motor funksiyalari ko‗pincha birlashtirilib, somatik funksiyalar deb ataladi. Shu bobda biz gavda harakatlarining bajarilishini va markaziy nerv sistemasining sensor funksiyalarini ko‗zdan kechiramiz. Bizning bayonimizda markaziy nerv sistemasining anatomiyada orqa miya, uzunchoq miya , varoliyev 187 ko‗prigi, o‗rta miya, miyacha, oraliq miya va katta yarim sharlarga bo‗linishiga amal qilamiz. Markaziy nerv sistemasining sensor va xarakat funksiyalarini boshqarishni tekshirish metodlari. Olib tashlash (ekstrapatsiya) va qirqib qo‘yish. Markaziy nerv sistemasining turli qismlarini olib tashlash ( ekstrapatsiya) va qirqib qo‗yish metodikalari eksperimental-fiziologik tadqiqotlarda qadimdan qo‗llanib kelayotgan usullardir. Ular bosh miya bilan orqa miyadagi har hil bo‗limlarning funksional ahamiyati to‗g‗risida bir qadar ma`lumot beradi va o‗tkir tajribalarda ham xronik tajribalarda ham qo‗llanaveradi. Shu usullardan foydalanib, fiziolog operatsiyadan keyin markaziy nerv sistemasining qaysi funksiyalari yo‗qolishini va qaysi funktsiyalari saqlanishini bilib oladi. Orqa miya turli bosqichda qirqib qo‗yiladi. Orqa miyani yoki miya stvolini ko‗ndalangiga to‗la qirqib qo‗yish markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlarini pastroqdagi bo‗limlaridan ajratib va bosh miya bilan orqa miyaning qirqib qo‗yilgan joydan pastdagi markaziy tomonidan yuzaga chiqariladigan reflektor reaktsiyalarni o‗rganishga imkon beradi. Markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlaridan keluvchi impulslar shu sistemadagi biron bo‗lim faoliyati uchun qanday ahamiyati borligini ham shu yo‗l bilan o‗rgansa bo‗ladi. Qirqish metodikasi spinal hayvon (buning uchun orqa miya yuqori segmentlar ro‗parasidan qirqiladi), bulbar hayvon (uzunchoq miya o‗rta miyadan ko‗ndalangiga kesib ajratiladi), mezentsefal hayvon (o‗rta miya bilan oraliq miya o‗rtasi qirqib qo‗yiladi), dientsefal hayvon (oraliq miya yuqorirog‗idan kesilib, katta yarim sharlardan ajratiladi) olish imkonini beradi. Miyani ko‗ndalangiga qirqib markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi qismlari funksiyasi ham o‗rganiladi. Masalan, markaziy nerv sistemasining pastroqdagi bo‗limlaridan ajratilgan (uzunchoq miya sohasidan qirqilgan) bosh miyaning elektr aktivligini va ajratilgan (oraliq miya sohasidan qirqib qo‗yilgan) katta yarim sharlarning elektr aktivligini F. Bremer o‗rgangan. Olib tashlash va qirqib qo‗yish metodikalari markaziy nerv sistemasidek murakkab va nozik tuzilgan mexanizmga ta`sir etishning g‗oyat usullaridir. Eksperimentator bu metodikani tadbiq etganda bir qancha hadisalarga duch keladi, ana shu hodisalar operatsiyadan keyin kuzatiladigan natijalarni baxolashda to‗sqinlik qiladi. Dastlabki kunlarda operatsion jarohat (to‗qimalarning kesilishi, yallig‗lanishi, og‗riq kabilar) markaziy nerv sistemasining funksiyalarini susaytiradi. Keyinchalik miyaning qirqilgan yoki olib tashlangan joyida yamloq to‗qimasi o‗sib, tevarak-atrofdagi nerv to‗qimasiga salbiy ta`sir ko‗rsatadi. Masalan, katta yarim sharlarning ayrim qismlari olib tashlanganda yamoq hosil 188 bo‗lishi va uning salbiy ta`sir ko‗rsatishi sababli ba`zan tutqanoq(epilepsiya) tutadi. Miyaning katta qismlarini olib tashlash bilan bir qatorda nerv markazlariga lokal (cheklangan) shikast yetkazish ham qo‗llaniladi. Ilgari shu maqsadda igna sanchish yoki skalpel urish kabi mexanik shikastlar yetkazilardi. Hozir nerv markazlariga shikast yetkazish uchun miyaga ingichka elektrodlar kiritilib, o‗zgarmas tok beriladi va to‗qimalar shu tariqa elektroliz yo‗li bilan yemiriladi. Shuningdek miyaning turli bo‗laklari muzlatib quyiladi yoki termokoagulyatsiya qilinadi. Markaziy nerv sistemasining kichik bir qismiga shikast yetkazish uchun, yana tashqaridan kuchli fizik omil aniq yo‗naltiriladi, shu omil ta`sirida nerv sistemasi yemiriladi. Markaziy nerv sistemasining muayyan qismlarini yemirish uchun rentgen nurlari yoki ultratovush tebranishlari bir necha qabar qalin tutam qilinib, bir nuqtaga yunaltiriladi. Shu maqsadda rentgen trubkalari yoki ultratovush generatorlari hayvon boshi tepasida shunday joylashtiriladiki, ulardan chiqayotgan elektr nurlari yoki ultratovush tebranishlari quvvatli bo‗lib va tor bir nuqtaga yunalib, miyaning muayyan bir nuqtasida to‗planadi. Miya to‗qimasining bir kub millimetr va hatto undan ham kichikroq bo‗lagiga shu tariqa shikast yetkazish mumkin. Ultratovush ta`siriga mielin pardalari ko‗proq sezgir bo‗ladi, shu sababli nerv yo‗llariga shunday ta`sir etiladiki, unda nerv hujayralari shikastlanmaydi. Markaziy nerv sistemasining aniq muayyan qismlarini yemirish uchun kuchli sinxrosiklotron yordamida olingan proton nurlanishining kambar tutamlari ham qo‗llanilgan (tutamning diametri qilday ingichka bo‗lishi mumkin). Proton nurlanishi ma`lum intensivlikda bo‗lganda teri va suyak to‗qimasi shikastlanmagani holda shu nurlanishga anchagina sezgir nerv to‗qimasi yemirilaveradi. Miyaning turli qismlarini olib tashlash, nerv yo‗llarini qirqib qo‗yish va ayrim nerv markazlarining yolg‗iz o‗zini yemirish metodlari hayvonlar ustidagi tajribadagina emas, odamda neyroxirurgiya klinikasida davolash tadbirlari sifatida ham qo‗llaniladi. Bunday operatsiyaning natijalari ko‗pincha fiziologiya uchun ham muhim ma`lumotlar beradi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling