Va oliy nerv faoliyati
Qo‘zg‘alishdan keyingi tormozlanish
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konvergentsiya va okklyuziya.
Qo‘zg‘alishdan keyingi tormozlanish. Nerv hujayrasining qo‗zg‗alish
to‗xtagandan keyin unda avj oladigan tormozlanish maxsus turdagi tormozlanish hisoblanadi. Hujayradagi tormozlanish tamom bo‗lgach, membrananing kuchli iz giperpolyarizatsiyasi avj olsa, shunday tormozlanish kelib chiqadi. Qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potentsial bunday sharoitda membrananing kritik depolyarizatsiyasi uchun kamlik qiladi va qo‗zg‗aluvchi qo‗zg‗alish kelib chiqmaydi. Konvergentsiya va okklyuziya.Markaziy nerv sistemasiga turli afferent tolalar orqali keluvchi impulslar oraliq va effektor neyronlarga tushib yig‗ilishi konvergentsiyalanishi mumkin. Bu fakt Ch. Sherrington aniqlagan konvergentsiya printsipiga asos bo‗ldi. Bu bilan izohlanadiki, markaziy nerv sistemasida har bir neyronning tanasi va dendritlarida boshqa bir talay nerv hujayralarining aksonlari tugaydi. Orqa miya bilan uzunchoq miyada konvergentsiya bir qadar cheklangan bo‗ladi: faqat bir xil refleks retseptiv maydonining turli qismlarida yuzaga keladigan afferent impulslar kiritma va motor neyronlarda konvergentsiyalanadi. Bundan farqli ularoq, turli retseptiv zonalarda kelib chiqadigan impulslar markaziy nerv sistemasining oliy bo‗limlarida – po‗stloq ostidagi yadrolarda va katta yarimsharlar po‗stlog‗ida konvergentsiyalanadi. Shu sababli bir neyronni eshituv retseptorlari ham, ko‗ruv retseptorlari ham, teri retseptorlari ham ta`sirlanganda yuzaga keluvchi impulslar qo‗zg‗ata oladi. Konvergentsiya qo‗zg‗alishlarning masofada qo‗shilishini va okklyuziya hodisasini tushuntirib beradi. 185 41-rasm. Okklyuziya xodisalarini tushuntirib beradigan sxema (Ch. Sherringtondan). Doira ichida ko‘p sonli motor hujayralar tasvirlangan. Olti hujayra o‘zidan boshlanuvchi aksonlari bilan ko‘rsatilgan. A va V - periferiyadan motor neyronlarga qo‘zg‘alishlar olib keladigan nerv tolalari. A tola yoki V tola maksimal ta`sirlanganda 4 neyronda impulslarning razryadlari vujudga keladi. Shu neyronlardan ikkitasi ikkala toladan qo‘zg‘aladi. Okklyuziya (tiqilib qolish)ning mohiyati shundaki, afferent tolalarning ikki gruppasi bir vaqtda ta`sirlanganda (bu gruppalardan har biri muskulning refleks yo`li bilan qattiq qisqarishiga sabab bo‗ladi) kelib chiquvchi effekt miqdor jihatdan alohida olingan shu reflekslar miqdorining arifmetik yig‗indisidan kamroq bo‗lib chiqadi. Bunday effektning konverginsiyaga bog‗liq ekanligi 41-rasm ko‗zdan kechirilganda tushunarli bo‗lib qoladi. Afferent tolalar (L va V) ning ikki gruppasidan impuls oluvchi motoneyronlar 41- rasmda keltirilgan. Shu gruppalardan har biri alohida maksimal ta`sirlanganda qo‗zg‗alish 4 tadan neyronni o‗z ichiga oladi. A va V tolalar bir vaqtda ta`sirlangan va 8 neyron emas, faqat 6 neyron qo‗zg‗aladi, chunki 2 nerv hujayrasi konvergentsiya tufayli nerv tolalarining ikkala gruppasidan innervatsiya oladi. Shu sababli A va v tolalarining birgalikda ta`sirlanishi tufayli kelib chiqqan reflektor javob alohida yuzaga chiqarilgan shu reflekslarning arifmetik yig‗indisidan kamroq bo‗ladi. Nerv markazlari normal ishlab turganda qo‗zg‗alishlarning masofada qo‗shilishi bor okklyuziya doimo bir-biri bilan navbatlanib turadi, ular o‗zaro ta`sir etuvchi afferent ta`sirotlarning kuchiga qarab goh ko‗proq, goh kamroq seziladi ta`sirotlar kuchsiz bo‗lsa, qo‗zg‗alishlarning bir-biriga qo‗shilishi ustun keladi, kuchli ta`sirotlarda esa okklyuziya birinchi o‗rinda turadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling