Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Presinaptik tormozlanish. Tormozlanishning ikkinchi turi - presinaptik 
tormozlanish - markaziy nerv sistemasida yaqinginada kashf etildi, shu sababli u 
postsinaptik tormozlanishga nisbatan kamroq o‗rganilgan. 
Presinaptik 
tormozlanish, 
nomidan 
ko‗rinib 
turganidek 
presinaptik 
elementlarda, ya`ni aksonlarning nerv oxiriga o‗tishidan oldingi eng mayda 
tarmoqlarida yuzaga chiqadi. Boshqa nerv hujayralarining oxirlari aksonlarning 
shu tarmoqlarida - presinaptik terminallarda joylashadi. Boshqa nerv 
hujayralarining oxirlari bu asrda alohida tormozlovchi sinapslarni hosil qiladi (29-
rasm). Bu tormozlovchi sinapslardan ajralib chiqadigan mediatorlar terminallar 
membranasini depolyarizatsiyalab, ularni Verigoning katodik depressiyasiga 
o‗xshash holatga o‗tkazadi. Shuning natijasida nerv oxirlariga nerv impulslari 
o‗tishi qisman yoki butunlay to‗xtab qoladi (blokada). Presinaptik tormozlanish 
markaziy nerv sistemasida keng tarqalgan. 


184 
Nerv markazlaridagi pessimal tormozlanish. Nerv hujayrasining 
faoliyati tormozlovchi maxsus strukturalarning ishtirokisiz tormozlanishi ham 
mumkin. Bu holda postsinaptik membranaga nerv impulslarining xaddan tashqari 
tez-tez kelib turishi tufayli shu membrananing qattiq depolyarizatsiyalanishi 
natijasida qo‗zg‗atuvchi sinapslarda tormozlanish ham avj oladi. 
Nerv-muskul 
birlashmasidagi 
Vedenskiy 
pessimumi 
shunday 
tormozlanishning proobrazi hisoblanadi. Orqa miyaning oraliq neyronlari
retikulyar formatsiya neyronlari va boshqa ba`zi hujayralar pessimal 
tormozlanishga 
ayniqsa 
moyil 
bo‗ladi, 
ularda 
postsinaptik 
membrana 
depolyarizatsiyasi tez-tez ritmik ta`sirotda shu qadar intensiv va barqaror bo‗ladiki, 
hujayrada Verigoning katodik depressiyasiga o‗xshash holat ro‗y beradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling