Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Nazorat savollari.
1.Markaziy nerv tizimi qanday vazifalarni bajarishga qodir ?. 2. Markaziy nerv tizimining sensor funksiyasi deganda nimani tushunasiz ?. 3. Harakatlarni boshqarishdagi ahamiyati nimalardan iborat ?. 4.Ta‘sir erish metodikasining qanday usullari bor ?. 5.Srerotaksis tehnikasi deganda nimani tushunasiz ?. 6. Elektrofiziologik metodlar qanday qullaniladi ?. ORQA MIYA ILDIZLARINING TUZILISHI VA FUNKSIYALARI Orqa miya ikkita asosiy funksiyani: reflektor funksiya va o‗tkazuvchi funksiyasini bajaradi. Orqa miyaga teri yuzasidagi eksteroretseptorlardan, tana bilan qo‗l-oyoqning proprioretseptorlardan va vetseroretseptorlaridan impulslar kelib turadi. Orqa miya barcha skelet muskullarini innervatsiyasini, bosh miya nervlaridan innervatsiyalanadigan bosh muskullarigina bundan mustasno. Orqa miya gavdadagi barcha murakkab harakat reaksiyalarini yuzaga chiqarishda qatnashadi. Ulardan ko‗plari orqa miyaning reflektor funksiyani bajarish natijasi bo‗lishi mumkin, boshqa reaktsiyalar esa markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlari yuzaga chiqaradigan reflekslar natijasida kelib chiqadi. Bu holda orqa miya faqat impulslarni o‗tkazuvchi yo‗l hisoblanadi.. Orqa miya umurtqa pog‗onasi(uzunligi 70-sm.gacha) ichida joylashgan bo‗lib, markazida orqa miya suyuqligi bilan to‗lgan orqa miya nayi bor. Uning uzunligi erkaklarda 45-sm,ayollarda 41-42 sm. gacha og‗irligi 30-40 gr atrofida. Chaqoloqlarda 3,2gr,olti oylik bo‗lganda bu og‗irlik ikki marta ortadi va 6 yoshga borganda 15-17 gr yetadi.U embrional davrning 3-oylik vaqtidan rivojlana boshlaydi. Orqa miyadan bir juftdan oldingi va orqa nervlar chiqadi. Orqa miyaning markazidagi kulrang moddasi qo‗shimcha va harakatlantiruvchi neyronlardan, tashqi oq moddasi neyronlarning uzun o‗simtalaridan iborat. Nerv qo‗zg‗alishlari orqa nervlar orqali a‘zolardan miyaga, oldingi nervlar orqali aksincha, miyadan ishchi a‘zolarga chiqadi. Har ikkala nervlar umurtqa pog‗onasining ikki yonida qo‗shilib, 31 juft aralash nervlarni hosil qiladi. Har qaysi nerv muayan bir guruh muskullar yoki terining ma‘lum qismini boshqaradi. Orqa miya ikkita muhim funksiyani: reflektor funksiya va o‗tkazish funksiyasini bajaradi. Ko‗pgina harakat reaksiyalari, masalan, tizza refleksining reflektor yo‗llari orqa miyaning kulrang moddasida tutashadi.Orqa miyada yurak, 195 oshqozon, qovuq, qon tomirlari, skelet muskullari, jinsiy bezlar va boshqalarni idora etadigan nerv markazlari bor. Nerv markazlari juda ko‗p qo‗shimcha retseptorlardan orqa miyaga keluvchi axborot orqa miyaning orqa va yon qismlaridagi ko‗pgina o‗tkazuvchi yo‗llar orqali miya stvolining markazlariga o‗tadi va miyacha hamda katta yarim sharlar po‗stlog‗iga yetib boradi. Markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlaridan orqa miyaga esa impulslar oldingi va yon ustunlarning o‗tkazuvchi yo‗llari orqali keladi; bu impulslar orqa miyaning oraliq va motor neyronlarini qo‗zg‗atadi yoki tormozlaydi, natijada skelet muskullari va ichki organlarning faoliyati o‗zgaradi. Orqa miyaning o‗tkazuvchi yo‗l funktsiyasi muhim funktsiya bo‗lib, periferik retseptorlardan bosh miyaga va undan effektor apparatlarga impuls o‗tkazishda katta rol o‗ynaydi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling