Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Dekerebratsion rigidlik. Mushuk yoki quyonning miya stvoli uzunchoq 
miya yuqorisidan qirqilib, qizil yadrolar shu chiziqdan yuqorida qoldirilsa (bunday 
operatsiya dekerebratsiya deb ataladi), gavda muskullarining dekerebratsion 
rigidlik degan maxsus holati vujudga keladi (Ch. Sherrington).
 
49-rasm . 
Mushukdagi Dekerebrasion rigidliq 
Bu holat yozuvchi muskullar tonusining keskin darajada ortishi bilan 
ta`riflanadi. Hayvon qo‗l-oyoqlarini raso uzatib, boshini orqasiga qayiradi, dumi 
ko‗tarilib turadi (49-rasm). Hayvonning oyoqlarini bug‗imlaridan bukmoq uchun 
anchagina kuch sarflash kerak bo‗ladi. Oyoqlarni zo‗rlik bilan bukish to‗xtatilgach, 


215 
ular yana yoziladi. Dekerebrasion rigidlik holatidagi hayvonni tikka turg‗azib 
qo‗yish mumkin. Gavda og‗irlik markazining proektsiyasi tayanch tekisligining 
o‗rta nuqtasidan o‗tsa hayvon oyoqlarini cho‗zib, qimirlamay tikka 
turaveradi.Yaqin vaqtlargacha dekerebrasion rigidlikning kelib chiqishini faqat 
qizil yadroning zararlanishiga va undan muskullar tonusini idora etadigan orqa 
miyaning segmentar apparatlariga boshqaruvchi ta`sirot bormay qo‗yishiga
bog‗lashardi. 
Dekerebrasion rigidlikning kelib chiqishida qizil yadrodan tashqari 
uzunchoq miya bilan o‗rta miyaning retikulyar formatsiyasi ham muhim rol 
o‗ynashi endilikda kursatib berildi. Qizil yadrolar katta yarim sharlar 
po‗stlog‗idan, po‗stloq ostidagi yadrolardan va miyachadan impulslar olib turadi. 
Ular ekstrakortikospinal yo‗lning oraliq stantsiyalaridan biri bo‗lib, orqa miyaning 
neyronlariga rubrospinal trakt orqali tuzatuvchi impulslar yuborib turadi. Qizil 
yadrolar miya stvolining retikulyar formatsiyasiga ko‗p tomonlama bog‗langan 
bo‗lib, shu formatsiya bilan birgalikda muskullar tonusini idora etadi. Uzunchoq 
miyaning yuqori qismidagi retikulyar formatsiya bilan qizil yadro o‗rtasidagi 
bog‗lanishning buzilishi, aftidan, Dekerebrasion rigidlikning kelib chiqqishiga 
asosiy sababdir.
Uzunchoq miya rombsimon chuqurchaning pastki chegarasi ruparasidan 
qirqib qo‗yilgach Dekerebrasion rigidlik yo‗qoladi, bu esa Dekerebrasion 
rigidlikda miya stvolining shu qismidagi retikulyar formatsiya rol o‗ynashini 
ko‗rsatadi. Dekerebratsiyadan keyin muskullar tonusi refleks yo‗l bilan ortadi. 
Buni shundan bilish mumkinki, keyingi oyoqlardan birini innervatsiyalovchi orqa 
ildizlar qirqib qo‗yilgach, shu oyoq muskullarining rigidligi yoyiladi. 
Keyingi oyoq muskullarida rigidlik kelib chiqishida shu muskul 
proprioretseptorlaridan keluvchi impulslar katta ahamiyatga egadir. Bo‗yin 
muskullarining proprioretseptorlaridan va vetseroretseptorlardan markaziy nerv 
sistemasiga impulslar kelishi natijasida oldingi oyoqlar rigidligi kelib chiqadi. Shu 
retseptorlarlardan keluvchi impulslar tonik reflekslarda ayniqsa muhim rol 
o‗ynashi quyida ko‗rsatib beriladi. Odamning o‗rta miyasi shikastlanmasdan miya 
stvolining yuqoriroqdagi qismlari va po‗stloq ostidagi yadrolar zararlanganda 
ko‗pincha rigidlik paydo bo‗ladi. Odam qo‗lining rigidligi mushuk yoki itdagi kabi 
yozuvchi muskullar emas, balki bukuvchi muskullar tonusining oshganligida 
namoyon bo‗ladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling