Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

O‘rta miya. O‗rta miyada to`rt tepalik yadrolari (ular Silviy suv 
yo‗lining ustida qapqoq testum sohasida joylashadi), qizil yadro, ko`zni 
harakatlantiruvchi va g‗altak nervlarning yadrolari (ular Silviy suv yo‗lining 
ostida, o‗rta miyaning markaziy qismida) va qora substantsiya – substantianigra 
(o‗rta miya asosida) bor. Talamusga, katta yarim sharlarga va miyachaga impuls 
olib boradigan barcha ko‗tariluvchi yo‗llar va uzunchoq miya bilan orqa miyaga 
impuls yetkazib beradigan tushuvchi yo‗llar o‗rta miya orqali o‗tadi. Uzunchoq 
miyadagi kabi, o‗rta miyada ham retikulyar formatsiya neyronlari bor. 
O‘rta miya yadrolarining funktsiyalari. O‗rta miya yadrolari bir 
qancha . muhim reflektor funktsiyalarni bajaradi. To`rt tepalikning oldingi 
do‗mboqlari birlamchi ko‗ruv markazlari bo‗lib, yorug‗lik ta`siriga javoban ba`zi 
reflekslarning yuzaga chiqishida qatnashadi. Bu reflekslarga ko‗rib chamalash 
(orientirovka) reflekslari kiradi. Bu reflekslar shundan iboratki, hatto yarim 
sharlardan mahrum bo‗lgan, ammo o‗rta miyasi butun qolgan hayvon yorug‗lik 
ta`siriga javoban ko‗z va tana harakatlari bilan reaktsiya ko‗rsatadi.
Ko‗z muskullariga ko‗zni harakatlantiruvchi va g‗altaksimon nervlarning 
yirik hujayrali yadrolaridan impulslar kelib turishi tufayli ko‗z refleks yo‗li bilan 
harakatlanadi. To‗rt tepalikning oldingi do‗mboqlari qorachiq refleksining yuzaga 
chiqishida qatnashadi. O‗rta miyaning birlamchi ko‗ruv markazlari bilan a‘loqador
reflekslarga ko‗z akkomodatsiyasi va ko‗ruv o‗qlarining bir nuqtaga kelishi
konvergentsiya kiradi. 
To‗rt tepalikning orqa dumboqlari birlamchi eshituv markazlari bo‗lib, tovush 
keladigan 
tomonni 
chamalab 
bilish 
reflekslarining 
yuzaga 
chiqishida 
hayvonlarning qulog‗ini ding qilishida, boshi va gavdasini yangi tovush kelayotgan 
tomonga burishida qatnashadi. O‗rta miyasi butun qolgan hayvondagi chamalash 
reflekslarida harakat reaktsiyalari bilan bir qatorda ba`zi vegetativ reflekslar ham 
kuzatiladi; yurak faoliyati ritmining o‗zgarishi, arternal bosimning o‗zgarishi va 
xokazolar shu jumladandir. 
To‗rt tepalik yadrolari "soqchilik" refleksining yuzaga chiqishida qatnashadi. 
Bu refleksning organizm uchun ahamiyati shuki, u organizmni to‗satdan yangi 
ta`sirotga reaktsiya ko‗rsatishga tayyorlaydi. Bu murakkab refleksning muhim 


214 
komponenti shuki, muskul tonusi qayta taqsimlanadi bukuvchi muskullar tonusi 
oshib, hayvonning qochib ketishiga yoki hujum qilishiga yordam beradi. To‗rt 
tepalik sohasi zararlangan kishi bexos ta`sirotga javoban tez reaktsiya ko‗rsata 
olmaydi. 
Qora substantsiya ovqat yutish va chaynash reflekslari kabi murakkab 
aktlarning koordinatsiyalanishiga bevosita dahldor. Qora substantsiyaga elektr toki 
bilan ta`sir etilganda ovqat yutish harakatlari yuzaga chiqib, nafas olish tegishlicha 
o‗zgaradi. Qora substantsiya plastik tonusni boshqarishda qatnashadi va qo‗l 
barmoqlarining juda aniq bajariladigan mayda harakatlarini yuzaga chiqarishda va 
binobarin, tonusning nozik boshqarilishida rol o‗ynaydi, degan ko‗rsatmalar ham 
bor. 
Boshqa 
hayvonlarga 
nisbatan 
odamda 
qora 
substantsiya 
ko‗proq 
rivojlanganligini, aftidan, shu bilan tushuntirsa bo‗lar. O‗rta miyaning shu qismi 
(qora substantsiya) zararlanganda muskullar tonusi oshib ketadi, ya`ni gipertonus 
ro‗y beradi. Ammo, bu gipertonusni faqat qora substantsiyaning roli bilan izohlab 
bo‗lmaydi, chunki u shikastlangan taqdirda muskullar tonusining boshqarilishiga 
bevosita daxldor bo‗lgan qizil yadro va retikulyar formatsiya bilan a‘loqasi uziladi. 
O‗rta miyasi butun turgan mezentsefal hayvon bulbar hayvondan farq qilib, 
muskullar tonusi normal taqsimlangan bo‗ladi, bunday (mezentsefal) hayvon 
normal pozasini (vaziyatini) tiklay va saqlay oladi. Bu, asosan, o‗rta miyadagi qizil 
yadro va retikulyar formatsiyaning funktsiyalaridan kelib chiqadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling