Va oliy nerv faoliyati
Miyachaning elektr aktivligi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Miyachaning elektr aktivligi. Miyacha yuzasidan elektr potentsiallari ajratib
olinganda har xil: sekundiga 150-200 va 8-12 chastotali elektr tebranishlari qayd qilinadi. Miyacha to‗la ajratib qo‗yilgandan keyin ham tez-tez tebranishlar davom etadi; miyachani katta yarim sharlar po‗stlog‗iga bog‗laydigan yo‗llar qirqib qo‗yilganda sust tebranishlar yo‗qoladi. Shu sababli miyacha elektr tebranishlarning sust ritmlari katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ta`sirida kelib chiqadi, deb hisoblashadi. Muskullar, paylar va boylamlarning proprioretseptorlari, shuningdek teri, ko‗z va quloq eksteroretseptorlari ta`sirlanganda miya po‗stlog‗ining turli qismlarida yuzaga chiqqan potentsiallar qayd qilinadi . Ba`zi ichki organlarning interoretseptorlari ta`sirlanganda miyacha po‗stlog‗ida yuzaga chiqqan potentsiallar paydo bo‗lishi yaqinda ko‗rsatib berildi. 229 55-rasm. Mushuk miyachasining pustlog‘ida turli Retseptorlar sistemalarning vakilligi: ling.-lingula ; Cent.-centralis; Cul.-culmen; Simp.-siplex; Fol. Ver.- folium, fermis; Tub ver.-tuber vermis; Nod.-nodulis; Para-parafloculus Tadqiqotchilar terining ayrim qismlariga yoki ayrim afferent o‗tkazgichlarga ta`sir etib va miyachа po‗stlog‗ida yuzaga chiqarilgan potentsiallarni qayd qilib, miyachaning birinchi galda elektr aktivligi paydo bo‗ladigan qismlarini, ya`ni ta`sirlanuvchi retseptorlardan impulslar birinchi marta keladigan qismlarini aniqlashdi Miyacha po‗stlog‗ining yuzasida retseptorlar apparatlar proektsiyasining taqsimlanishini ko‗rsatadigan topografik kartalar shu tariqa tuzildi miyacha po‗stlog‗ining yuzasiga ko‗ruv, eshituv, taktil, muskul-burin va vestibulyar apparat retseptorlaridan, shuningdek interoretseptorlardan signallar kelib turadi. E. Edrian va R. Snayder bilan A. Stouelning ma`lumotlariga qaraganda, taktil, muskul-bo‗g‗im, yorug‗lik va tovush retseptorlar sistemalarining proektsnyalari miyacha yarim sharlari yuzasida quyidagicha taqsimlanadi: oldingi tomonda - keyingi oyoqlarning, undan orqada tananing, uning orqasida - oldingi oyoqlarning, so‗ngra - boshning vakillik zonasi bor, miyacha po‗stlog‗idagi shu zonalarning orqasida eshituv zonasi, bu zonadan medial tomonda esa ko‗ruv zonasi bor (55- rasm). Snayder bilan Stouel tajribalarida maymun oyoqlari va yuzining taktil retseptorlari ta`sirlanganda teri va muskul sezuvchanligining yana bir vakillik zonasi aniqlangan, V miyachaning orqadagi bo‗lagida joylashgan. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling