Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Organizmning
harakat funktsiyalariga miyachaning ta`sir ko‘rsatish mexanizmi. Miyachaga ta`sir etish va uni yemirish effektlarini taqqoslab ko‗rish hamda hozirgi zamon elektrofiziologik tadqiqotlarining ma‘lumotlari miyachaning organizmdagi ahamiyati to‗g‗risida muayyan tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Miyachani olib tashlash natijasida reflektor reaktsiyalar yo‗qolib ketmaydi, jumladan, miya stvolining tonik reflekslari saqlanib turaveradi. Shu bilan birga muskullar tonusi bir qadar o‗zgaradi va reflektor harakatlarning aniqligi hamda uyg‗unlashganligi buziladi gavda harakatlangan vaqtda ta`sirlanuvchi barcha retseptorlardan "qaytar a‘loqa" kanallari orqali markaziy nerv sistemasiga keluvchi afferent impulslar miyachaga boradi. Miyachaga proprioretseptorlardan va vestibuloretseptorlardan, shuningdek ko‗ruv, eshituv va taktil reseptorlardan impulslar kelib turadi. Miyacha bilan Qizil yadro, talamus, katta yarim sharlar po‗stlog‗i va orqa miya o‗rtasidagi bog‗lanishlar, miyacha shu bog‗lanishlar tufayli harakatlarni kontrol qiladi (Gaytondan). Miyacha shu tariqa harakat apparatining holati haqida axborot olib, muskullar tonusini bevosita boshqaruvchi qizil yadroga va miya stvolining retikulyar formatsiyasiga ta`sir ko‗rsatadi (58-rasm). Uzunchoq miya retikulyar formatsiyasining muayyan qismlariga mikroelektrodlar kiritib, miyachaga ta`sir etish tajribalari miyachaning retikulyar formatsiyaga ta`sir ko‗rsatishidan guvohlik beradi. Bu tajribalarda retikulyar formatsiya neyronlarining spontan elektr aktivligi o‗zgargani qayd qilingan. Miyachaning qaysi qismi ta`sirlanishiga qarab, elektr aktivligining o‗zgarish harakteri har xil bo‗lishi mumkin. Uzunchoq miyaning retikulyar formatsiyasiga miyachaning ta`sir ko‗rsatishi yana shundan bilinadiki, miyachaning oldingi bo‗lagiga ta`sir etilsa, yozuvchi muskullardagi detserebrasion rigidlik kamayadi. 58-rasm. Miyachaning turli qismlarida a‘zolarning joylashuvi. 234 Miyachaning retikulyar formatsiyaga ko‗rsatadigan ta`siri ba`zan katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ta`siriga teskari bo‗ladi. Masalan, kuzatishlarga qaraganda miyacha ta`sirlanganda retikulyar formatsiyadagi ayrim neyronlarning razryadlari susaygan, katta yarim sharlar po‗stlog‗ining motor zonasiga elektr bilan ta`sir etilganda esa o‗sha neyronlardagi razryadlar kuchaygan. Muskullar tonusiga miyacha orqa miyaning gamma motoneyronlaridagi razryadlarning o‗zgarishi muayyan rol o‗ynaydi. Miyacha oldingi bo‗lagining ba`zi qismlariga ta`sir etilganda muskul dugining gamma-afferent tolalaridan o‗tuvchi razryadlar susayishini, shu sababli muskul tonusi refleks yo‗li bilan kamayishini R. Granit kuzatgan. Miyacha oldingi bo‗lagining boshqa qismlari ta`sirlanganda esa muskul dugining Retseptorlaridagi impulslar ko‗paygan, shu tufayli muskul tonusi oshgan. Miyacha yadrolaridan keluvchi efferent impulslar proprioretseptiv (miotatik) reflekslarni tormozlaydi. Har bir muskul qisqarishi proprioretseptorlarga ta`sir etib, yangi refleksni vujudga keltira oladi. Odatda oddiy refleks shu yo‗l bilan murakkab zanjirli refleksga aylanmaydi, chunki reflekslar zanjirini uzadigan tormozlovchi mexanizm bor. Miyacha olib tashlanganda kuzatiladigan astaziya uchun harakterli hodisalar muskullarning titrashi, gandiraklash va tebranish tormozlanmagan proprioretseptiv reflekslarga bog‗liq bo‗lsa kerak. Shunday qilib, miyacha organizmning harakat reaktsiyalarini to‗g‗rilaydi, boshqacha aytganda, ularni tegishlicha tuzatib, aniq qilib qo‗yadi. Miyachaning bu roli ixtiyoriy harakatlarning yuzaga chiqishida aniq-yaqqol ko‗rinadi. Miyachaning asosiy funktsiyasi harakat aktlarining ildam (fizik) va sekin (tonik) komponentlarini uyg‗unlashtirishdir. Miyacha va katta yarim sharlar po‗stlog‗i o‗zaro ikki tomonlama bog‗langanidan, shuningdek miya stvolining retikulyar formatsiyasi orqali miyacha ixtiyoriy harakatlarga ta`sir ko‗rsatadi. Miyacha katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi neyronlarning aktivlik holatini boshqaradi. Miyachа po‗stlog‗ining muayyan qismlariga ta`sir qilsa, katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi harakatlantiruvchi markazlashgan miyachaning o‗zgarishi shundan guvohlik beradi. G. Morussining ma`lumotlariga qaraganda, miyachaning ba`zi qismlariga ta`sir oqimi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ta`sirlanish effektlarini osonlashtiradi, boshqa qismlariga ta`sir etish esa bu effektlarni osonlashtiradi. Miyachadan chiqib talamus orqali katta yarim sharlar po‗stlog‗iga kiradigan impulslar bosh miya katta yarim sharlar po‗stlog‗ining neyronlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta`sir ko‗rsata oladi. Miyachadan keluvchi impulslar katta yarim sharlar po‗stlog‗iga retikulyar formatsiya holatining o‗zgartirish yo‗li bilan ham ta`sir o‗tkazadi. Shu sababli miyacha ta‘sirlanganda yoki yemirilganda katta yarim sharlar po‗stlog‗idan 235 korkospinal yo‗llar orqali keladigan impulslar harakteri o‗zgaradi. Miyacha olib tashlanganda yoki shikastlanganda ixtiyoriy harakatlarning kortikal mexanizmi bu harakatlar hajmini talab qilingan miqdorga yetkaza olmaydi. Shuning oqibatida ataksiya va dismetriya kelib chiqadi; harakatlar aniq bo‗lmay, keng amplitudali, poyma-poy bo‗lib qoladi. Normada ishtirok etmaydigan muskullar harakat aktlarining yuzaga chiqishida qatnashadi. Harakat aktlarining miyacha tomonidan ko‗chrilmayotganini ko‗rsatadigan harakterli simptomlardan biri shuki, ixtiyoriy harakatlar sust boshlanib, oxiriga yaqin kuchayadi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ta`sirida yuzaga chiqadigan harakat aktlarini boshqarishdа miyachaning filogenetik jihatdan eng yosh bo‗limi - orqadagi bo‗lagining oldingi qismi alohida muhim rol o‗ynaydi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling