Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari: 
1.Miyacha miya bo‗limlari orasida qanday ahamiyat kasb etadi?. 
2. Harakatlarni boshqarishdagi ahamiyati qanday ?. 
3.Miyachaning qanday yadrolari bor, ularning ahamiyati nimada ?. 
4.Qizil tana va targ‗il yadro vazifalari nimalardan iborat ?. 
5.Miyacha olib tashlansa qanday hodisalar ko‗zatiladi ?. 
ORALIQ MIYA VA PO‘STLOQ OSTIDAGI YADROLAR. 
 
Oraliq miya anatomiya nuqtai nazaridan miya stvolining bir bo‗limidir. 
Ammo, o‗rta miya bilan uzunchoq miyaga qarama-qarshi o‗laroq, oraliq miya 
embriogenez protsessida miyaning oldingi pufagidan katta yarim sharlar bilan 
birga shakllanadi. Oraliq miyaning asosiy tuzilmalari ko‗ruv do‗mboqlari thalami 
optici va do‗mboq ostidagi soha gipotalamusdan iborat. Uning funksiyasi
organizmdagi vegetativ protsesslarni boshqarishdan iborat bu, quyida ko‗zdan 
kechiriladi  
Talamus funktsiyalari. Talamus katta yarim sharlarga boruvchi barcha 
(hidlov yo‗llaridan tashqari) afferent (sensor) yo‗llar kollektori hisoblanadi. 
Talamus katta yarim sharlar po‗stlog‗iga olib boruvchi yo‗lda bamisoli bir darvoza 
bo‗lib, tashqi muhitdan va organizmning ichki muhitidan ta`sirot qabul qiluvchi 
retseptorlardan keladigan butun axborot o‗sha darvoza orqali o‗tadi. Talamusdagi 
ba`zi yadrolar chekli shikastlanganda katta yarim sharlar po‗stlog‗i biron (ko‗ruv, 
eshituv, ta`m biluv, taktil va hakozo) axborotdan mahrum bo‗lishi mumkin. 
Miya anatomiyasi o‗rganila boshlagan vaqtda faqat ko‗ruv yo‗llari talamus 
orqali o‗tadi deb hisoblashardi. "Ko‗ruv do‗mboqlari" degan eski nom shundan 
kelib chiqadi. Ko‗ruv do‗mboqlarini hozir "sezuv dumboqlari" deb atash to‗g‗riroq 
bo‗lardi, chunki hamma sezuv yo‗llari talamusda to‗plangan. 


236 
Talamus oq modda qatlamlari bilan oldingi, lateral va medial sohalar degan 
uch sohaga bo‗linadi. Har bir soha bir qancha yadrolarning to‗plamidan iborat. 
Hozir talamusning 40 taga yaqin yadrosi tafovut qilinadi. 
R. Lorente deno talamusning barcha yadrolarini funktsional jihatdan 
spetsefik va nospetsefik yadrolar degan ikkita katta gruppaga ajratishni taklif etdi. 
Bunda talamus yadrolaridan katta yarim sharlar po‗stlog‗iga boruvchi tolalar 
oxirlarining morfologik harakteristikasi va shu yadrolar ta`sirlanganda yarim 
sharlar 
po‗stlog‗idagi 
elektr 
aktivligi 
o‗zgarishlarining elektrofiziologik 
harakteristikasi asos qilib olindi. Spetsefik yadrolardan
boshlanuvchi tolalar - talamusning spetsefik yo‗llari katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ining 3-4 qavatida tugab, sensor va assosiativ zonalarning chekli 
miqdordagi hujayralarida sinapslar hosil qiladi. Nospetsefik yadrolardan 
boshlanuvchi tolalar talamusning nospetsefik yo‗llari katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ining turli qismlarida bir talay tarmoqlar beradi va yarim sharlar 
po‗stlog‗idagi bir talay neyronlarni qo‗zg‗alish protsessiga tortadi. Talamusning 
spetsefik yadrolari katta yarim sharlar po‗stlog‗ining muayyan qismlariga bevosita 
bog‗langan. Talamusning nospetsefik yadrolari esa signallarni ko‗pincha po‗stloq 
ostidagi yadrolarga o‗tkazadi, bu yadrolardan esa impulslar yarim sharlar 
po‗stlog‗ining turli qismlariga bir yo‗la kiradi. 
Morfologik ma`lumotlarga yarasha o‗tkazilgan elektrofiziologik tadqiqotlar 
shuni ko‗rsatdiki, spetsefik yadrolar ta`sirlanganda katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ining faqat cheklangan qismlaridagi elektr aktivligi o‗zgaradi, ya`ni 
birlamchi javoblar kelib chiqadi (G. Jasper). Nospetsefik yadrolarning ta`sirlanishi 
esa elektr aktivligiga ta`sir etadi, ya`ni katta yarim sharlar po‗stlog‗ining keng 
sohalarida "aktivatsiya reaktsiyasi"ni vujudga keltiradi. 
Talamusning spetsefik yadrolari ta`sirlanganda katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ida yuzaga chiqarilgan potentsialning maydonga keladigan latent davri 
atigi 1-6 m/sek holbuki talamusning nospetsefik yadrolari ta`sirlanganda yarim 
sharlar po‗stlog‗idagi elektr aktivligi o‗zgaradigan latent davr 10-50 m/sek bu 
holda latent davrning shunday uzoq davom etishi talamusning nospetsefik 
yadrolaridan katta yarim sharlar po‗stlog‗iga boradigan yo‗lda ketma-ket ulangan 
neyronlar va sinapslar ko‗pligidan guvohlik beruvchi salmoqli dalil hisoblanadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling