Va oliy nerv faoliyati


Miyachani olib tashlash natijalari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Miyachani olib tashlash natijalari. Miyachani olib tashlash yoki shikastlash 
natijasida statik va stato kinetik reflekslar buziladi; ayniqsa ixtiyoriy harakatlar 
izdan chiqadi. Bundan anglashiladiki, miyacha, birinchidan, gavda vaziyatining 
tonik reflekslariga va ustanovka reflekslariga (bu reflekslarni miya stvolining 
markazlari yuzaga chiqaradi), ikkinchidan, katta yarim sharlar po‗stlog‗ining 
motor zonasiga va u bilan bog‗langan nerv markazlariga ta`sir etadi. 
Miyachaning bir yarmi olib tashlangach tegishli tomondagi oyoq yozilib 
qoladi: hayvon o‗rnidan turmoqchi bo‗lib burilganda yonboshlab yiqiladi yoki 
operatsiya qilingan tomonga doira bo‗ylab harakatlana boshlaydi (manej 
harakatlari). Keyinchalik dastlabki og‗ir xodisalar o‗tib ketgach, hayvon o‗rnidan 
turadi va yura boshlaydi, lekin operatsiya qilingan tomondagi harakatlarning 
beo‗xshovlik va buzilish elementlari umrbod saqlanadi. Miyacha butunlay olib 
tashlanganda yanada og‗ir xodisalar ro‗y beradi. Operatsiyadan keyingi dastlabki 
kunlarda hayvon tamomila ojiz bo‗ladi; uning oyoqda turishga urinishi
muvaffaqiyatsizlik 
bilan 
tugaydi. 
Harakatlar 
sekin-asta 
tiklanadi-yu 


231 
tartibsizligicha qolaveradi. Hayvon gandraklaydi, yiqilib tushadi, boshi va oyoqlari 
bir talay ortiqcha harakatlar qiladi; bu harakatlar beqiyos katta va noaniq bo‗ladi 
(56-rasm). Hayvon tikka turganda muvozanatni saqlash uchun oyoqlarini keng 
qo‗yishga majbur bo‗ladi. 
56-rasm. Miyachasi olib tashlangan itning yurishi (Dyusser de-
Barenidan). 
Odamning miyachasi zararlangan taqdirda ko‗zini ochib tikka tursa rosa 
gandraklaydi, ko‗zini yumib olsa, yiqiladi, entak-tentak yuradi, harakatlar 
uyg‗unlashmagan bo‗ladi, muskullarning antagonistik gruppalari bilan tez harakat 
qilish imkoniyati, masalan, qo‗lni qatorasiga bir necha marta bukish vа yozish 
imkoniyati buziladi (bu simptom adiado-xokinez deb ataladi). 
Astaziya - shundan iboratki, muskullar sidirg‗a tetanik qisqarish xossasidan 
mahrum bo‗ladi. Natijada hayvonning boshi, tanasi va oyoqlari uzluksiz qaltirab 
yoki tebranib turadi. Hayvon bironta ixtiyoriy harakat qilgandan keyin bu hodisalar 
ayniqsa yaqqol ko‗rinadi. 
Asteniya - shundan iboratki, moddalar almashinuvi kuchayganligidan 
organizm salga charchaydi. Harakatlar tejamsiz bajarilganligi, ularda bir talay 
muskullar ishtirok qilganligi tufayli moddalar almashinuvi kuchaysa kerak.
Ataksiya - harakatlarning chala uyg‗unlashtirilishidan va harakatlar kuchi
kattaligi, tezligi va yo‗nalishining buzilishi (dismetriya) dan iborat. Ataksiya mast 
kishiga o‗xshab gandiraklab yurishda o‗z ifodasini topadi. Oyoq va qo‗l harakatlari 
yurish vaqtida omonat, haddan tashqari kuchli, keng amplitudali bo‗ladi. 
Odamning miyachasi bir tomonlama zararlanganda harakat berilgan yo‗nalishdan 
og‗adi. Miyacha zararlangan bemorlarda qo‗l harakatlarining buzilishi yaqqolroq 
ko‗rinadi. Masalan, bemor qo‗li bilan aniq harakat qila olmaydi. Masalan, u 
ko‗rsatkich barmog‗ini biron narsaga yoki o‗z burniga tegizmoqchi bo‗lsa, barmoq 
harakati murakkab traektoriya bo‗ylab bajariladi va barmoq mo‗ljallangan joyga 
to‗g‗ri kelmaydi.
Hayvonlarning miyachasini olib tashlashdan keyin harakat apparatining 
buzilish simptomlarini birinchi marta L. Lyuchiani mukammal tasvir etgan (1893) 


232 
uch simptom: atoniya, asteniya va astaziya kelib chiqqanini kuzatgan. Keyinchalik 
yana boshqa simptomlar: ataksiya, dez-ekvilibratsiya va dismetriya ham tasvir 
etilgan.
57-rasm. Miyachasi zararlangan 
bemor barmog‘ini burniga 
tegizmoqchi bo‘lganda qo‘l 
harakatlarining traektoriyasi 
(Pullyerdan). 
Dezekvilibratsiya muvozanatning buzilishidan iborat. Maymunlar 
miyachasining flokulanodulyar bo‗lagi olib tashlanganda shu simptom kuzatiladi, 
chunki bu bo‗lak uzunchoq miyaning vestibulyar yadrolari bilan chambarchas 
bog‗langandir. Bunday operatsiyadan keyin gavda vaziyati reflekslari va ixtiyoriy 
harakatlar aytarli buzilmasdan turib muvozanat ro‗yrost buziladi. Operatsiya 
qilingan maymun yotsa, unda harakat buzilishi hech bir qayd qilinmaydi. Hayvon 
ovqatni qo‗li bilan olib og‗ziga yaqinlashtira oladi, o‗tira oladi, lekin buning uchun 
devorga suyanishga majbur bo‗ladi, tikka turishga esa qurbi yetmaydi. Hayvon 
yurganda qafas devorlariga yopishishga majbur bo‗ladi. 
Muskullar tonusining yo‗qolishi, ya`ni atoniya miyacha olib tashlangach bir 
necha kundan keyin ro‗y beradi (operatsiyadan keyin dastlabki vaqtda muskullar 
tonusi, ayniqsa yozuvchi muskullar tonusi keskin darajada oshgan bo‗ladi). L. A. 
Orbelining kuzatishlariga qaraganda, ba`zi muskul gruppalarining tonusi uzoq 
muddatdan keyin oshib qolishi mumkin. Shu sababli miyachani olib tashlash 
muskullar tonusining yo‗qolishida, ya`ni atoniyada emas, balki muskullar 
tonusining boshqarilmay qolishida, ya`ni distoniyada namoyon bo‗ladi, deb aytish 
to‗g‗riroqdir. Miyachaning orqa bo‗lagidagi oldingi qism va tishsimon yadro 
muskul tonusining boshqarilishida alohida ahamiyatga ega. 
Harakatlar buzilishi miyacha olib tashlangach uzoq vaqtdan keyin birmunchа 
kamayadi, ammo bir necha yil o‗tgandan keyin ham to‗la bardam bo‗lmaydi. E. A. 
Asratyan ko‗rsatib berganidek miyacha olib tashlangach bu bilgan funktsiyalar 
miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ida yangi shartli fisktor a‘loqalar vujudga 
kelishi tufayli kompensatsiyalanadi. Miyachani olib tashlangan itda harakat 
funktsiyalarining nisbiy kompensatsiyalanish davrida miya yarim sharlar 


233 
po‗stlog‗ining motor zonasi olib tashlansa, harakat apparati holatining buzilishi, 
miyachani olib tashlashdan keyin dastlabki vaqtda kuzatilganidek ro‗y-rost 
ko‗rinadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling