Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ahamiyati.
Nazorat savollari:
1.Bosh miya bo‗limlari orasida miyachani tuzilishi va o‗rni haqida nimalarni bilasiz?. 2.Miyachani elektr aktivligini qanday usullar yordamida aniqlashimiz mumkin ?. 3.Miyachani turli qismlariga ta‘sir etganda yoki miyachani olib tashlaganda qanday hususiyatlar ko‗zga tashlanadi ?. 4.Michchani odam harakat funksiyalariga qanday ta‘sir ko‗rsatadi ?. 5.Oraliq miya po‗stloq osti yadrolari qanday tuzilgan ?. 6.Talamusning spetsifik va nospetsifik yadrolari qanday ahamiyat kasb etadi ?. 7.Sezgilarning shakllanishida talamus qanday o‗rin kasb etadi ?. 8.Oqimtir yadro va targ‗ul tana odamda qanday vazifalarni bajaradi ?. KATTA YARIMSHARLARI PO‘STLOG‘INI OLIB TASHLASH VA BUNING OQIBATLARI . HARAKAT JARAYONLARING KATTA YARIM SHARLARDA KANTROL (NAZORAT) QILINISHI .(KORTIKAL KANTROL). Bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗i markaziy nerv sistemasining kechroq rivojlangan, strukturasi va funktsiyalari ayniqsa murakkab bo‗lgan oliy bo‗limidir. Katta yarim sharlar pustlog‗ining ahamiyati ularni operatsiya qilib olib tashlash, ya`ni ekstirapatsiya qilish tajribalarida yaqqol ko‗rinadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ahamiyati. XIX asrning birinchi choragidayoq Flurans qushlar bosh miyasining katta yarim sharlarini birinchi marta olib tashlagan (ekstrapatsiya qilgan). Keyinchalik ko‗pgina tadqiqotchilar sut emizuvchi hayvonlarning katta yarim sharlarini yoki ularning po‗stlog‗ini olib tashlashdi. Katta yarim sharlarni yoki ularning po‗stlog‗ini olib tashlash tajribalari 243 jarrohlikdan keyin hayvonning qaysi funktsiyalardan mahrum bo‗lishini va qaysi funktsiyalari saqlanib qolishini bilish maqsadida qilinadi. Qush bosh miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach xavoga uloqtirilganda ucha oladi, qafasda turganda so‗rilsa yurib ketadi. Operatsiya qilingan qushlarga ta`sir etilmasa, ular ko‗p soatlab qimirlamay turaveradi. Ular eshituv va ko‗ruv ta`sirlariga reaktsiya ko‗rsatish qobiliyatidan to‗la mahrum bo‗lmay, keskin soya beruvchi to‗siqlarni chetlab o‗ta biladi. Fazoda gavda vaziyatining o‗zgarishiga javoban normal reaktsiya ko‗rsatadi. Qushlar bosh miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach ro‗y beradigan harakterli o‗zgarishlar shundan iboratki, xulq-atvorning individual turmush tajribasida kasb etilgan murakkab harakatlari buziladi. Operatsiya qilingan qushlar o‗zicha ovqat topib yeya olmaydi; ularni suniy yo‗l bilan boqishga va suv berib turishga to‗g‗ri keladi. Hayvon qo‗lga o‗rganish qobiliyatidan ham mahrum bo‗ladi. Sut emizuvchilar bosh miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach xulq- atvor yanada baralla buziladi. Bosh miya katta yarim sharlarining po‗stlog‗i olib tashlangan itda operatsiya oqibatlari yo‗qolib, jaroxat tuzalgach it harakatlana oladi, ayni vaqtda yetarlicha aniq uyg‗un harakatlar qila oladi. Buning sababi shuki, hayvonning fazodagi vaziyati va harakatlanishi o‗rta miya, ko‗ruv do‗mboqlari va targ‗il tana funktsiyalariga bog‗liq, operatsiya vaqtida esa miyaning bu bo‗laklari avaylab beshikast qoldiriladi. Bunday hayvonning yurish- turishi kuzatilganda faqat harakatlar chaqqonligi, tekisligi va aniqligi kamayganligi qayd qilinadi, xolos. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idan mahrum qolingan itlarda jinsiy instinkt juda susayadi. Uyqu va siyraklik normal ravishda almashinadi; it uzoqroq uxlaydi. Sensor funktsiyalar keskin darajada buziladi. It operatsiyadan keyin ko‗r va qisman karga o‗xshab qoladi. To‗siqlarga kelib uriladi, egasini tanimaydi, laqabini aytib chaqirilganda indamaydi, oldiga оvqat qo‗yilsa yaqin kelmaydi, hidning farqiga bormaydi; terining kuchsiz ta`sirlanishiga javoban ro‗y beradigan reaktsiyalar ancha susayadi. Shu bilan birga, katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib tashlangach itning bazi ko‗ruv va eshituv sezgilari saqlanib qoladi. Masalan, boshiga juda ravshan yorug‗‘lik tushirilsa, boshini bura oladi; qorachiq refleksi qayd qolinadi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib tashlangach ta`m bilish sezgilari saqlanib turadi: ovqatga bironta achchiq narsa qo‗shilsa, xayvon ovqatini tuflab tashlab, tumshug‗ini burishtiradi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idan mahrum qilingan it umrini cho‗zish uchun eksperimentator itning og‗ziga ovqat solib va suv quyib, uni sun‘iy yo‗l bilan boqib turadi. P.P. Zeleniyning tajribalariga qaraganda, operatsiya qilingan it ovqat yutganda me`da shirasining normal reflektor sekretsiyasi yuzaga chiqaradi. 244 It boshli Maymunlar (Masasiz gieziz)ning katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib tashlangach yanada keskin o‗zgarishlar ro‗y beradi. Bunday maymunlar operatsiyaga chidash bermay, tez nobud bo‗ladi. Individual xayot davrida turli ta`sirlarga javoban kelib chiqqan reaktsiyalar yo‗qolib ketadi. Operatsiya qilingan maymunda harakat aktlari ro‗y-rost buziladi. Unda ixtiyoriy harakatlar mutlaqo yuzaga chiqmaydi, mimika ham yo‗qoladi. Tashqi ta`sirlarga javoban bajariladigan harakatlar sust va bo‗sh bo‗ladi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idan mahrum qilingan maymunga ta`sir etilmasa u qimir etmay turaveradi, ko‗proq uxlaydi. Bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗idan mahrum bo‗lib tug‗ilgan bolalar (anentsefallar) da xulq-atvor chuqur o‗zgaradi. Anentsefallar odatda atigi bir necha kun yashaydi. Lekin 1913 yilda bir anentsefal bolaning 3 yil-u 9 oy yashagani tasvir etilgan edi. Shu bola jasadi yorib ko‗rilganda katta yarim sharlar po‗stlog‗i o‗rnida ikkita boshqa devorli pufak topilgan; markaziy nerv sistemasining pastki bo‗limlariga o‗tkazuvchi piramidal yo‗llar bo‗lingan; ko‗ruv dumboqlari chala taraqqiy etgan; miyacha, to‗rt tepalik va oraliq miya o‗zgarmagan. Anentsefal bola xayotining birinchi yilida tinmay uxlagan. Onasi emizganda yoki og‗ziga so‗rg‗ich solganda to‗g‗ri surish harakatlarni bajargan. Tovush yoki yorug‗likka javoban xech qanday ongli reaktsiya ko‗rsatmagan ammo ba`zi reflektor harakatlar qayd qilingan: masalan, ko‗ziga ravshan yorug‗lik tushirilganda qovoqlari yumilgan. Hayvonlarning har hil turlarida bosh miya katta yarim sharlari yoki ularning po‗stlog‗ini olib tashlash natijalari shundan guvoxlik beradiki, markaziy nerv sistemasining oliy bo‗limlari filogenetik taraqqiyot jarayonida tobora ko‗proq ahamiyat kasb etib boradi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i boshqa nerv tuzilmalaridan ancha ustun bo‗lib, tobora katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Bosh miya katta yarim sharlarini yoki ularning po‗stlog‗ini olib tashlashdan keyin tuban darajadagi hayvonlarga nisbatan yuksak darajadagi hayvonlarda keskin va chuqur o‗zgarishlar ro‗y berishi shuni ko‗rsatadi. Buning sababi shuki, murakkab nerv funktsiyalari markaziy nerv sistemasining kechroq rivojlanadigan oliy bo‗limi - katta yarim sharlar po‗stlog‗iga ko‗chib o‗tgan, ya`ni funktsiyalar kortikalizatsiyasi ro‗y bergan. Murakkabroq nerv funktsiyalari markaziy nerv sistemasining shu tariqa yoshroq bo‗limlariga ko‗chib o‗tganligi shu sistema taraqqiyotining eng muhim va harakterli faktlaridan biridir. Masalan, baliqlar yoki suvda hamda quruqda yashovchilar miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach ko‗ruv sezgilari deyarli o‗zgarmaydi, itlarda esa katta yarim sharlar po‗stlog‗ining o‗zi olib tashlangandayoq murakkab ko‗ruv sezgilari butunlay yo‗qoladi. So‗ngra, baqa yoki toshbaqa katta yarim sharlari olib tashlangach shartli reflekslar hosil bo‗lishi mumkin, bu hayvonlarda shartli reflekslarni oraliq miya va o‗rta miya yuzaga 245 chiqara oladi; itlar yarim sharlar po‗stlog‗ining o‗zi olib tashlanganda esa individual hayot davrida kasb etilgan eskidan bor hamma shartli reflekslar yo‗qoladi, yangi shartli reflekslar vujudga kela olmaydi. Odamning katta yarim sharlar po‗stlog‗i shikastlanganda ayniqsa katta o‗zgarishlar ro‗y beradi. Odamning gavdasini tikka tutishi va mehnat faoliyati bilan bog‗langan murakkab harakatlarni yuzaga chiqarishi uchun nerv protsesslarining bosh miya katta yarim sharlar po‗stlog‗iga bog‗liq bo‗lgan g‗oyat mukammal koordinatsiyasi talab qilinadi. Taraqqiyot protsessida katta yarim sharlar po‗stlog‗i harakat sferasini ko‗ndalang-targ‗il muskullarni, shuningdek vegetativ protsesslarni kontrol qiladigan bo‗lib qoladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling