Va oliy nerv faoliyati
Oqimtir yadro funktsiyalari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Oqimtir yadro funktsiyalari. Oqimtir yadro yoki pallidum oraliq miyaga
taqalib turadi va katta yarim sharlardagi yostiqsimon yadro tarkibiga kiradi, ichki kapsulasi bilan talamusdan ajralib turadi.Pallidum harakatlantiruvchi yadrodir. U ta`sirlanganda asosan qarama-qarshi tomondagi bo‗yin, qo‗l-oyoq va butun tana muskullari qisqarishi mumkin. Oqimtir yadro talamusdan keladigan taasurotlardan reflektor dugasini tutashtiradigan tolalar orqali afferent impulslar olib turadi. Oqimtir yadro o‗rta miya va keyingi miya markazlariga effektor tolalar orqali bog‗langani uchun shu markazlarning ishini boshqaradi va uyg‗unlashtiradi. Pastroqdagi yadrolarni, asosan o‗rta miyaning qizil yadrosini tormozlash oqimtir yadroning funktsiyalaridan biridir. Shu sababli odatda oqimtir yadro zararlanganda skelet muskullarining tonusi oshib ketadi (gipertonus), chunki qizil yadro oqimtir yadroning tormozlovchi ta`siridan qutiladi.Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi motor zonaning ta`sirlanishiga javoban skelet muskullarining qisqarishi oqimtir yadroga elektr toki bilan ta`sir etilganda tormozlanadi. Bu effektlar ham o‗rta miyadagi oqimtir yadro bilan qizil yadroning o‗zaro bog‗langanligidan kelib chiqadi.Talamus-gipotalamus-pallidum sistemasi yuksak darajadagi hayvonlarda 241 shartsiz murakkab reflekslar-himoyalanish, orientirovka, ovqatlanish, jinsiy reflekslarning yuzaga chiqishida qatnashadi. Bu reflekslarning hammasi pallidar hayvonda bo‗lib, dugalari odamda ham oqimtir yadro orqali o‗tadi. Oqimtir yadrosi zararlangan bemorlarda murakkab reflektor aktlardan ko‗pchiligi yuzaga chiqmaydi; masalan, ularda to‗satdan kuchli tovush yoki yorug‗lik ta`siriga javoban himoyalanish reaktsiyalari ro‗y bermaydi. Har qanday murakkab harakatga yo‗ldosh bo‗ladigan yordamchi harakatlarning reflektor dugalari pallidar sistema orqali o‗tadi. Odam biron harakatni bajarganda shu harakatni yuzaga chiqaruvchi muskullardan tashqari, biron butimni ushlab turadigan yoki boshqa bo‗g‗imlarni harakatga keltiradigan bir qancha muskullarini ham taranglaydi shunga ko‗ra asosiy harakat mukammalroq va bir tekis bo‗lib chiqadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling