Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Katta 
yarim 
sharlar 
po‘stlog‘ining 
hujayra 
strukturasi 
(sitoarxitektonika). Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining struktura elementlari nerv 
xujayralari va ulardan chiqqan o‗siqlar - aksonlar va dendritlar hamda neyrogliya 
hujayralaridan iborat. Katta yarim sharlarning butun yuzasi po‗stloq bilan 
qoplangan; po‗stloqning qalinligi 1,5 mm dan 3 mm gacha boradi. Voyaga yetgan
odamda ikkala yarim shar po‗stlog‗ining umumiy yuzasi 1450 dan 1700 sm gacha. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ida 12 milliarddan 18 milliardgacha neyron bor. Bosh 
miya katta yarim sharlari ikki qavatdan iborat .1.Kulrang moddadan tashkil topgan 
tashqi po‗stloq qismi. 2. Oq moddadan tashkil topgan ichki qavat. Katta yarim 
sharlar po‗stlog‗ining tuzilish xususiyati shuki, undagi nerv xujayralari 
mikroskopda tekshirilganda 6 qavat bo‗lib yotadi (59-rasm). Bu qavatlar quyidagi 
xususiyatlari bilan farq qiladi. Birinchi qavat, ya‘ni miya po‗stlog‗ining ustki 
qavati nerv hujayralarining kalta o‗simtalaridan tashkil topadi. 
Ikkinchi qavatda donasimon nerv hujayralari joylashgan. 
Uchunchi qavatda piramidasimon hujayralar bo‗ladi. 
To‗rtinchi qavatda yulduzsimon hujayralar joylashgan. 
Beshinci qavatda yirik piramidasimon hujayralar o‗rin olgan bo‗lsa,so‗ngi 
Oltinchi qavatda duksimon hujayralar joylashgandir. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining neyronlarini funktsional jihatdan uchta 
asosiy gruppaga ajratsa bo‗ladi. Spetsefik afferent yo‗llarning uchinchi 
neyronlaridan chiqadigan aksonlar qaysi hujayralarda tugasa, o‗sha hujayralar 
birinchi gruppaga kiradi. Bu hujayralar ko‗ruv dumboqlarining yadrolaridan katta 
yarim sharlar po‗stlog‗iga keluvchi afferent impulslarni qabul qilgani uchun sensor 
hujayralar deb ataladi. Asosan yulduzsimon neyronlar shunday funktsiyani o`taydi, 
bunday neyronlar po‗stloq sensor sohalarining III v IV qavatlarida ayniqsa ko‗p. 


246 
59-rasm. 
Katta 
yarim 
sharlar 
po‘stlog‘ida neyronlar va nerv tolalarining 
joylashuvi Chapdagi raqamlar po‘stloq
qavatlarning tartib raqamlarini ko‘rsatadi. 
Miyaning pastroqdagi bo‗limlariga po‗stloq ostidagi yadrolarga, miya 
stvoliga va orqa miyaga impuls yuboruvchi xujayralar ikkinchi guruhga kiradi. Bu 
katta piramidal neyronlar bo‗lib, ularni birinchi marta V. A. Ben 1874- yilda tasvir 
etgan . Ular yarim sharlar po‗stlog‗idagi motor zonaning asosan V qavatida 
to‗plangan. Bu neyronlarni motor yoki effektor hujayralar deb hisoblashadi. Katta 
yarim sharlar po‗stlog‗ining effektor funktsiyasini yuzaga chiqarishda ba`zi 
duksimon hujayralar ham qatnashadi. Yarim sharlar po‗stlog‗ining bir yoki
turli zonalaridagi har hil neyronlarni o‗zaro bog‗laydigan hujayralar uchinchi
gruppaga kiradi. Ular kontakt yoki oraliq neyronlar, deb ataladi. Mayda va 
o‗rtacha piramidal neyronlar bilan duksimon hujayralar shu jumladandir. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗i olti qavat hujayralardan tuzilishi bilan birga 
nerv tolalarining strukturasi ham murakkab. Yarim sharlar po‗stlog‗ida uning turli 
qismlarini birlashtiruvchi gorizontal tolalar va kulrang moddani oq moddaga 
bog‗lovchi radial tolalar bor. Nerv tolalari ham 6 qavat bo‗lib yotadi. Ularning 
strukturasi va o‗zaro munosabatlari hujayra qavatlarining strukturasidan ham 
murakkabroq va o‗zgaruvchandir. Yarim sharlar po‗stlog‗i hujayra strukturasining 
yuqorida keltirilgan tasviri bir qadar sxematik tasvirdir, chunki po‗stloqning turli 
sohalarida qavatlarning rivojlanish darajasi anchagina tafovut qiladi. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗i hujayralar tarkibi va tuzilish xususiyatlariga 
qarab, po‗stloq, maydonchalari degan bir qancha uchastkalarga bo‗linadi. Odamda 
52 hujayra maydonchasini tasvir etgan Brodmanning sitoarxitektonik kartasi 
xalqaro miqyosda keng e`tirof etiladi (59-rasm). Hujayra maydonchalarining 
batafsilroq klassifikatsiyasini Rossiya Meditsina fanlari akademiyasining Miya 
instituti taklif etgan . 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling