Va oliy nerv faoliyati
Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi elektr xodisalari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi elektr xodisalari. Katta yarim
sharlar po‗stlog‗ining yuzasiga yoki bosh terisiga ikkita elektrod qo‗yib, kuchaytirgichga ulansa, elektr potentsiallarining shakli, amplitudasi va chastotasi turlicha bo‗lgan uzluksiz tebranishlarini qayd qilsa bo‗ladi. Bu tebranishlar yozuvi elektroentsefalogramma deb, tekshirish metodining o‗zi esa elektroentsefalografiya (ensepolon - miya so‗zidan) deb ataladi. Elektroentsefalogrammani V. V. Pravdich-Neminskiy 1913 yilda turli galvanometr yordamida birinchi marta 247 hayvonlarda qayd qilgan. Keyinchalik G. Berger elektron usilitel texnikasini tadbiq etib, odamning shikastlanmagan bosh terisi orqali elektroentsefalogramma olish mumkinligini ko‗rsatib berdi. Bu metod o‗sha vaqtdan buyon eksperimental va klinik tadqiqotlarda keng rusum bo`ldi. 60-rasm. Odam katta yarim sharlar pustlog`ining tashqi (a) va ichki (b) yuzasidagi sitoarxitektonik maydonchalar (Brodmandan). Elektroentsefalogrammani ajratib olishning ikkita metodi: bipolyar va monopolyar usullari bor. Bipolyar metodda katta yarim sharlar po‗stlog‗iga yoki bosh terisining tegishli bo‗laklariga ajratuvchi ikkita elektrod qo‗yiladi. Bu holda yarim sharlar po‗stlog‗ining elektrodlar ostidagi qismlari o‗rtasida elektr potentsiallari ayirmasining tebranishlarini elektroentsefalograf degan asbob qayd qiladi. Monopolyar metodda bir elektrod (aktiv elektrod) po‗stloq sohasiga qo‗yiladi, (ikkinchi (indifferent) elektrod odam qulog‗ining yumshoqliga yoki hayvonning burun suyagiga joylashtiriladi. Bu usulda aktiv elektrod ostidagi potentsiallarning tebranishlari qayd qilinadi. Odam bosh terisidan ajratib olinadigan potentsiallar amplitudasi 5-10 dan 200-300 mkv gacha, chastotasi sekundiga 0,5 dan 70 tebranishgacha va undan ortiq bo‗ladi. Yarim sharlar po‗stlog‗i va po‗stloq ostidagi tuzilmalarning turli qismlarida elektr potentsiallarining tebranishlari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar elektroentsefalografiya metodi bilan o‗rganiladi. Buning uchun ko‗p kanalli elektroentsefalograflar ishlatiladi, bu asboblar miyaning 4 dan 32 tagacha nuqtasidagi elektr aktivligini bir yo‗la qayd qilishga imkon beradi. M. N. Livanov va V. M. Ananev taklif etgan elektroentsefaloskopiya metodikasi bu jixatdan yanada katta imkoniyatlar ochib beradi. Ular yasagan asbob - elektroentsefaloskop yarim sharlar po‗stlog‗ining 50 ta va xatto 100 ta bo‗lagidagi elektr-aktivligini yorib va ravshanligini uzluksiz o‗zgartirib turadigan nuqtalar shaklida qayd qiladi. Shu nuqtalarning hammasidagi potentsiallar tebranishi o‗rtasida mavjud 248 munosabatlarni analiz qilish uchun elektron-hisoblash mashinalaridan foydalaniladi. Elektroentsefalogramma ritmlari. Elektr tebranishlarining chastotasi, amplitudasi va fiziologik harakteristikalari jixatidan elektroentsefalogrammada to‗rtta asosiy tip tafovut qilinadi (60-rasm). Alfaritm potentsialning deyarli sinusoidal shakldagi, sekundiga 8-13 chastotali, 50 mkv gacha amplitudali ritmik tebranishlaridan iborat. Tekshirilayotgan kishi jismoniy va aqliy tinchlik sharoitidа yotib yoki qulay kresloda o‗tirib, muskullarni bo‗shashtirgan va ko‗zlarini yumgan xolda tashqaridan ta`sir olmayotgan bo‗lsa, alfaritm ro‗yrost seziladi. Aksari tadqiqotchilarning fikricha, yarim sharlаr po‗stlog‗ining alfaritm ko‗proq doimiyligi bilan ta`riflanadigan va amplitudasi kattaroq bo‗ladigan ikkita sohasi bor: shulardan biri ensa bo‗lagida, ikkinchisi tepa bo‗lakda. Ensa bo‗lagidagi alfaritm yarim sharlar po‗stlog‗ining ko‗ruv zonasida vujudga keladi; qoida o`laroq ko‗zi ojizlarda bo‗lmaydi yoki sust bilinadi. Tepa bo‗lakdagi alfaritm Roland ritmi deb ataladi, chunki u proprioretseptiv (harakat) analizatorning miya po‗stlog‗idagi uchini o‗z ichiga olgan Roland sohasining aktivligiga bog‗liq. Odamdagi alfa-ritmga o‗xshaydigan tebranishlar shunga o‗xshash sharoitda laboratoriya hayvonlarida ham qayd qilinadi va alfasimon ritmlar deb ataladi.Beta ritm sekundiga 13 dan ortiq tebranishli va 20-25 mkv gacha amplitudali chastotalar bilan ta`riflanadi. Bu ritm yarim sharlar po‗stlog‗ining peshana bo‗limlarida ko‗proq va tepa bo‗limlarida birmuncha kamroq seziladi. Har hil ta`sirotlar berilganda, ayniqsa yorug‗lik tushirilganda, aqliy ishda, masalan, arifmetik masala yechilganda, emotsional qo‗zg‗alishda va shunga o‗xshash xollarda yarim sharlar po‗stlog‗ining ensa sohasida alfaritm tezda bettaritm bilan almashinadi.Aqliy faoliyatda diqqat e‘tiborga qancha ko‗proq zo‗r berilsa yoki reseptorlar qancha kuchliroq ta`sirlansa, alfaritm shuncha tezroq bettaritm bilan almashinadi. Turli ta`sirotlar berilganda Roland ritmi ham bettaritm bilan almashinadi, lekin qo‗l- oyoq harakatlanganda vujudga keladigan proprioretseptiv ta`sirotlar bu ritmga ayniqsa kuchli ta`sir ko‗rsatadi. Tetaritm potentsiallarning sekundiga 4-8 chastotali, 100-150 mkv amplitudali tebranishlaridan iborat. Uyqu vaqtida va turli patologik sharoitda: gipoksiyada va o‗rtacha chuqur narkozda shunday ritm kuzatiladi. Deltaritm potentsiallarning sekundiga 0,5-3,5 chastotali, 250- 300 mkv amplitudali sekin tebranishlari bilan ta`riflanadi. Chuqur uyqu vaqtida, chuqur narkozda, gipoksiyada va katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi turli patologik protsesslarda delta tebranishlar qayd qilinadi. Elektroentsefalogramma to‗lqinlarining kelib chiqish masalasi hali to‗la hal etilgani yo‗q. Markaziy nerv sistemasining boshqa bo‗limlaridagi hujayralar kabi, yarim sharlar po‗stlog‗ining neyronlari ham ta`sirlanganda yoki ularga boshqa nerv 249 hujayralaridan impulslar kelganda harakat potentsiallarini vujudga keltira olishi hujayra ichiga kiritiladigan yoki hujayra sirtiga qo‗yiladigan mikroelektrodlar yordamida tekshirib aniqlandi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi ko‗pgina sinapslarda, bundan tashqari, harakat potentsiallaridan oldin possinaptik (qo‗zg‗atuvchi va tormozlovchi) potentsiallar paydo bo‗ladi va ular ancha sekinroq o‗tadi. Elektroentsefalogrammaning sust to‗lqinlari atsinxron ishlayotgan yakka neyronlardan ko‗pchiligidagi harakat potentsiallarining algebrik yig‗indisidan iborat, deb faraz qilinardi. Ammo E. Edrian ilgari surgan bu fikr xozir e`tirof etilmay qo‗ydi, chunki yakka neyronlarning impuls aktivligi bilan elektroentsefalogramma to‗lqinlari o‗rtasida qandaydir bog‗lanish yo‗qligi isbot etildi (49-rasm). Ba`zi bir ta`sirotlarda elektr aktivligining bu ikki turi butunlay tarqalib ketishi mumkin. Masalan, efir narkozida yarim sharlar po‗stlog‗ining hujayralari harakat potentsiallarini vujudga keltira olmaydigan bo‗lib qoladi, ayni vaqtda elektroentsefalogramma potentsiallarining sust tebranishlari qayd qilinaveradi va kuchayib qoladi. Aksari tadqiqotchilarning fikricha, elektroentsefalogramma to‗lqinlarining kelib chiqishi possinaptik potentsiallarning algebraik yig‗indisiga bog‗liq. Katta yarim sharlar po‗stlog‗iga markaziy nerv sistemasining boshqa bo‗limlaridan impulslar kelishiga qarab, possinaptik potentsiallarning yig‗indi natijalari har hil bo‗ladi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi va hujayralarining katta gruppasi sinxron qo‗zg‗alganda possinaptik potentsiallarning qo‗shilishi (yig‗ilishi) natijasida ajratib oluvchi elektrodlarda elektroentsefalogrammaning yuksak amplitudali, sust, alfasimon yoki deltasimon to‗lqinlari qayd qilinadi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗iga afferent impulslar kamroq kelganda (odam ko‗zini yumganda, tinch va binoda turganda), shuningdek uyqu va narkoz vaqtida shunday holat kuzatiladi. Yarim sharlar po‗stlog‗iga afferent impulslar kelib tursa, elektrod ostidagi turli hujayralarda possinaptik potentsiallar bir vaqtda vujudga kelmay, elektroentsefalogrammada potentsiallarning betaritm tipidagi past amplitudali tez- tez tebranishlari qayd qilinadi. Uyqudan uyg‗onish vaqtida va ziyraklikda elektroentsefalogramma shunday o‗zgaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling