Va oliy nerv faoliyati


Limbik sistema funktsiyalari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Limbik sistema funktsiyalari. Belbog‗ pushta (gippokamp pushtasiga 
o‗tadi), asli gippokamp, tishli fastsiya, gumbaz va bodomsimon yadro
limbik sistemaga kiradi (53-rasm). Bu tuzilmalarning hammasi yarim sharlar
po‗stlog‗ining tepa, ko‗ruv, chakka, eshituv va boshqa sohalari bilan ko‗p 
tomonlama afferent ta`sirotlarni sintez qilish protsesslari limbik sistema muhim rol
o‗ynaydi (53-rasm). 
Bir qancha eksperimental ma`lumotlar (ta`sir etib, potentsiallarni ajratib olish 
tajribalari) ni klinik kuzatishlar shundan guvohlik beradiki, hayvon yoki odamning 
biron ta'sirotga ijobiy yoki salbiy munosabatini izhor qiladigan emotsional 
reaktsiyalarida limbik sistema va ayniqsa gippokamp bevosita qatnashadi. Bu 
reaktsiyalarda retikulyar formatsiya va bodomsimon yadrolar juda muhim ro‗l 
o‗ynaydi, ular bilan gippokamp o‗rtasida ikki tomonlama nerv a‘loqalari ko‗p. 


259 
Yuqorida aytilgan tuzilmalarning hammasi birgalashib ishlab, qidirish, jinsiy, 
himoyalanish boshqa murakkab biologik reaktsiyalarning boshqarilishini 
taminlaydi. 
 
64-rasm. Odam miyasida pustloq
ostidagi tuzilmalarning limbik sistema 
bilan asosiy bog‘lanishlar sxemasi (U. 
Penfilddan). Katta yarim sharning 
ichki yuzasi ko‘rsatilgan.1'2, 3 - 
talamus yadrolari; 4 - mamillyar tana;
5 - gipotalamus; 6 – hidlov piyozi
atrofidagi soha; 7- bodomsimon
yadro; 8 - hidlov piyozi; 9 – miya 
stvoli; 10 - gippokamp; 11 - 
ilmoqsimon pushta 
Po‘stloqdagi va po‘stloq ostidagi nerv strukturalarining halqasimon 
o‘zaro ta`siri. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining sensor zonalari bilan talamusning
spetsifik yadrolari o‗rtasidagi ikki tomonlama bog‗lanishlar katta yarim sharlar
po‗stlog‗ining aksariyat sohalari talamusning spetsifik yadrolariga ikki 
tomonlama afferent va efferent yo‗llar orqali bog‗langan. Afferent impulslar 
ko‗tariluvchi yo‗llar orqali periferiyadan katta yarim sharlar po‗stlog‗ining sensor 
zonalariga kiradi. Bu zonalarning hujayralari esa o‗z navbatida talamusning
o‗sha spetsifik yadrolariga tushuvchi tolalar yuboradi. Talamus yadrolari orqali 
yarim sharlar po‗stlog‗iga afferent signallar o‗tishini o‗zgartira oladigan impulslar 
shu tushuvchi tolalar orqali keladi.
Retseptorlarning ta`sirlanishiga javoban talamusda yuzaga chiqarilgan 
potentsiallar lokal sovutishda tormozlanadi, bunday sovutish yarim sharlar 
po‗stlog‗ining sensor zonasidagi tegishli qismlarning funktsional aktivligini
yo‗qotadi. Muayyan afferent sistemaning po‗stlog‗idagi proektsiyasini 
ishlamaydigan qilib qo‗yish natijasida o‗sha proektsiyaga talamus yadrolari orqali 
kiruvchi afferent signallar o‗tmay qolishi shundan guvohlik beradi. Katta yarim 
sharlar po‗stlog‗ining chekli bir qismi sovutilganda boshqa afferent sistemalardan 
talamus yadrolari orqali signallar kelishi buzilmaydi. Shunday qilib, katta yarim 
sharlar po‗stlog‗i o‗ziga keluvchi afferent impulslarni go‗yo filtrlab, ularning 
oqimiga ta`sir etadi. Tushuvchi, kortikofugal impulslar talamusning nospetsefik 
yadrolariga ham, spetsefik yadrolariga ham, shuningdek tizzasimon tanalarga va 
uzunchoq miyadagi Gollf hamda Burdax yadrolariga ham ta`sir eta olishini 
ko‗rsatuvchi ma`lumotlar yaqinda olindi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i shu tufayli 
sensor traktlardan afferent signallar o‗tishini boshqara oladi: shu paytda muhimroq 


260 
bo‗lgan axborotni o‗tkazadi, ikkinchi darajali axborotni o‗tkazmay turadi. 
"Diqqat e`tiborni tashkil etish", ya`ni muayyan ta`sirotlarni idrok qilishga jalb 
etish mexanizmlaridan biri shundan iborat bo‗lsa kerak . 
Yarim sharlar po‗stlog‗ining hujayralari bilan talamus hujayralari o‗rtasida 
ikki tomonlama bog‗lanishlar borligidan halqasimon o‗zaro ta`sir qaror topadi. 
Talamokortikal halqa orqali impul'slarning aylanib yurishi (sirkulyatsiya) - 
ta`sirot izlarini katta yarim sharlar po‗stlog‗ida ushlab turuvchi muhim 
mexanizmlardan biri, deb faraz qilishadi. Masalan, katta yarim sharlar
po‗stlog‗ining yuzasiga qisqa, ammo yetarlicha kuchli stimul berilganda yarim 
sharlar po‗stlog‗i bilan talamus o‗rtasida potentsiallarning past chastotali 
tebranishlari uzoq vaqt aylanib yurishi ko‗rsatib berildi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling