Va oliy nerv faoliyati
Limbik sistema funktsiyalari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Po‘stloqdagi va po‘stloq ostidagi nerv strukturalarining halqasimon o‘zaro ta`siri.
Limbik sistema funktsiyalari. Belbog‗ pushta (gippokamp pushtasiga
o‗tadi), asli gippokamp, tishli fastsiya, gumbaz va bodomsimon yadro limbik sistemaga kiradi (53-rasm). Bu tuzilmalarning hammasi yarim sharlar po‗stlog‗ining tepa, ko‗ruv, chakka, eshituv va boshqa sohalari bilan ko‗p tomonlama afferent ta`sirotlarni sintez qilish protsesslari limbik sistema muhim rol o‗ynaydi (53-rasm). Bir qancha eksperimental ma`lumotlar (ta`sir etib, potentsiallarni ajratib olish tajribalari) ni klinik kuzatishlar shundan guvohlik beradiki, hayvon yoki odamning biron ta'sirotga ijobiy yoki salbiy munosabatini izhor qiladigan emotsional reaktsiyalarida limbik sistema va ayniqsa gippokamp bevosita qatnashadi. Bu reaktsiyalarda retikulyar formatsiya va bodomsimon yadrolar juda muhim ro‗l o‗ynaydi, ular bilan gippokamp o‗rtasida ikki tomonlama nerv a‘loqalari ko‗p. 259 Yuqorida aytilgan tuzilmalarning hammasi birgalashib ishlab, qidirish, jinsiy, himoyalanish boshqa murakkab biologik reaktsiyalarning boshqarilishini taminlaydi. 64-rasm. Odam miyasida pustloq ostidagi tuzilmalarning limbik sistema bilan asosiy bog‘lanishlar sxemasi (U. Penfilddan). Katta yarim sharning ichki yuzasi ko‘rsatilgan.1'2, 3 - talamus yadrolari; 4 - mamillyar tana; 5 - gipotalamus; 6 – hidlov piyozi atrofidagi soha; 7- bodomsimon yadro; 8 - hidlov piyozi; 9 – miya stvoli; 10 - gippokamp; 11 - ilmoqsimon pushta Po‘stloqdagi va po‘stloq ostidagi nerv strukturalarining halqasimon o‘zaro ta`siri. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining sensor zonalari bilan talamusning spetsifik yadrolari o‗rtasidagi ikki tomonlama bog‗lanishlar katta yarim sharlar po‗stlog‗ining aksariyat sohalari talamusning spetsifik yadrolariga ikki tomonlama afferent va efferent yo‗llar orqali bog‗langan. Afferent impulslar ko‗tariluvchi yo‗llar orqali periferiyadan katta yarim sharlar po‗stlog‗ining sensor zonalariga kiradi. Bu zonalarning hujayralari esa o‗z navbatida talamusning o‗sha spetsifik yadrolariga tushuvchi tolalar yuboradi. Talamus yadrolari orqali yarim sharlar po‗stlog‗iga afferent signallar o‗tishini o‗zgartira oladigan impulslar shu tushuvchi tolalar orqali keladi. Retseptorlarning ta`sirlanishiga javoban talamusda yuzaga chiqarilgan potentsiallar lokal sovutishda tormozlanadi, bunday sovutish yarim sharlar po‗stlog‗ining sensor zonasidagi tegishli qismlarning funktsional aktivligini yo‗qotadi. Muayyan afferent sistemaning po‗stlog‗idagi proektsiyasini ishlamaydigan qilib qo‗yish natijasida o‗sha proektsiyaga talamus yadrolari orqali kiruvchi afferent signallar o‗tmay qolishi shundan guvohlik beradi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining chekli bir qismi sovutilganda boshqa afferent sistemalardan talamus yadrolari orqali signallar kelishi buzilmaydi. Shunday qilib, katta yarim sharlar po‗stlog‗i o‗ziga keluvchi afferent impulslarni go‗yo filtrlab, ularning oqimiga ta`sir etadi. Tushuvchi, kortikofugal impulslar talamusning nospetsefik yadrolariga ham, spetsefik yadrolariga ham, shuningdek tizzasimon tanalarga va uzunchoq miyadagi Gollf hamda Burdax yadrolariga ham ta`sir eta olishini ko‗rsatuvchi ma`lumotlar yaqinda olindi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i shu tufayli sensor traktlardan afferent signallar o‗tishini boshqara oladi: shu paytda muhimroq 260 bo‗lgan axborotni o‗tkazadi, ikkinchi darajali axborotni o‗tkazmay turadi. "Diqqat e`tiborni tashkil etish", ya`ni muayyan ta`sirotlarni idrok qilishga jalb etish mexanizmlaridan biri shundan iborat bo‗lsa kerak . Yarim sharlar po‗stlog‗ining hujayralari bilan talamus hujayralari o‗rtasida ikki tomonlama bog‗lanishlar borligidan halqasimon o‗zaro ta`sir qaror topadi. Talamokortikal halqa orqali impul'slarning aylanib yurishi (sirkulyatsiya) - ta`sirot izlarini katta yarim sharlar po‗stlog‗ida ushlab turuvchi muhim mexanizmlardan biri, deb faraz qilishadi. Masalan, katta yarim sharlar po‗stlog‗ining yuzasiga qisqa, ammo yetarlicha kuchli stimul berilganda yarim sharlar po‗stlog‗i bilan talamus o‗rtasida potentsiallarning past chastotali tebranishlari uzoq vaqt aylanib yurishi ko‗rsatib berildi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling