Va oliy nerv faoliyati


Odam miyasi katta yarim sharlar po‘stlog‘ining motor zonasiga shikast


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Odam miyasi katta yarim sharlar po‘stlog‘ining motor zonasiga shikast 
yetkazish oqibatlari. Yarim sharlar po‗stlog‗ining motor zonasi jarohatlanganda 
yoki shu sohada buzilganda (masalan, qon quyilganda) odam gavdasining qarama- 
qarshi yarmidagi muskullar to‗la yoki qisman falaj bo‗ladi. Falaj simptomlari juda 
sekinlik bilan yo‗qolib, harakatlar tiklanadi. Odam miya po‗stlog‗ining motor 
zonasi zararlanganda mayda harakatlarni, masalan, qo‗l yoki oyoq barmoq 
harakatlarining bajarish ko‗proq qiyinlashadi. Qo‗l-oyoq muskullarining 
ishtirokida yuzaga chiqadigan murakkab harakatlar tezroq tiklanadi, opiratsiyada 
(aralangan yarim sharga qarama-qarshi tomondagi qo‗l-oyoqning ayrim harakatlari 
esa uzoqroq vaqt mobaynida buzilganicha qolaverganda ham ko‗proq buziladi. 
Motor zonaning tushuvchi yo‘llari. Motor zonadagi piramidalarning 
o‗siqlaridan bir qismi kortikospinal traktni hosil qiladi. Tushuvchi nerv 
tolalarining ikkinchi qismi, asosan kollaterallari motor zonadan po‗stloq 
ostidagi strukturalarga borib, ikki turli yo‗lni hosil qiladi. Ulardan ba`zilari motor 
zona hujayralarini targ‗il tanaga, qizil yadroga, qora substantsiyaga bog‗laydi. 
Varoliyev ko‗prigi orqali keladigan tushuvchi tolalar esa motor zonani miyacha 
bilan bog‗lab, pontoserebellyar traktni hosil qiladi. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining motor zonasi shu yo‗llar orqali markaziy 
nerv sistemasining pastroqdagi bo‗limlariga impulslar yuborib, organizmdagi 
harakat apparatining faoliyatini boshqaradi.Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi 
motor zonaning tushuvchi tolalaridan bir qismi, bundan tashqari, retikulyar 
formatsiya va gipotalamus hujayralariga bevosita boradi, shu tufayli harakat 
zonasining ta`sirlanishiga javoban ko‗pincha tomir reaktsiyalari kelib chiqadi. 
Yarim sharlar po‘stlog‘ining premotor zonasi. Katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ining harakat (motor) zonasidan oldingi tomonda premotor zona bor, bu 
zona brodman bo‗yicha 6- va 8- maydonlarni egallaydi. Premotor zonada ham 
piramidal hujayralar juda ko‗p. Bu hujayralarning o‗siqlari spinal neyronlarga ham, 
targ‗il tanaga dumli yadroga, qizil yadroga, qora substantsiyaga va shu kabilarga 
ham boradi. Qo‗zg‗alishlar shu yerdan retikulospinal, tektospinal, rubrospinal va 
vestibulospinal yo‗llar orqali orqa miyaning oraliq va harakatlantiruvchi 
neyronlariga kiradi. 
6-maydonning ayrim qismlariga elektr toki bilan ta`sir etilganda bosh va tana 
ta`sir etilayotgan yarim sharga qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Bu 
harakatlar koordinatsion harakterda bo‗lib, muskullar tonusining o‗zgarishi bilan 
davom etadi. 6-maydon qismlaridan birining ta`sirlanishiga javoban ovqat yutish 
harakatlari, nafas olishning keskin darajada o‗zgarishi va chinqirish hodisalari
kelib chiqdi. 


258 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling