Va oliy nerv faoliyati
Katta yarim sharlar po‘stlog‘i bilan retikulyar formatsiya o‘rtasidagi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakat aktlarini katta yarim sharlar po‘stlog‘ida idora qilinishi.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘i bilan retikulyar formatsiya o‘rtasidagi
ikki tomonlama bog‘lanishlar. Yariм sharlar po‗stlog‗i bilan miya stvolining retikulyar formatsiyasi o‗rtasida murakkab o‗zaro ta`sir mavjud: retikulyar formatsiya katta yarim sharlar po‗stlog‗ining tonusini oshiradi, katta yarim sharlar po‗stlog‗i esa retikulyar formatsiyaga tushuvchi qo‗zg‗atuvchi va tormozlovchi impulslar yuborib, retikulyar formatsiyaning qo‗zg‗aluvchanligini oshiradi yoki kamaytira oladi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i retikulyar strukturalarga ko‗pincha tormozlovchi ta`sir ko‗rsatadi. Retikulyar formatsiya yarim sharlar po‗stlog‗iga aktivlashtiruvchi ta`sirini kuchaytirib, yarim sharlar po‗stlog‗ining qarama-qarshi tormozlovchi ta`sir etadigan mexanizmini ishga soladi, bu mexanizm kortikoretikulyar qaytar a‘loqa vositasida retikulyar formatsiyani tormozlab turadi. Miya mexanizmlarining aktivligi shunday o‗z-o‗zidan boshqarilishi tufayli doimo bir darajada turadi. Yarim sharlar po‗stlog‗i bilan retikulyar formatsiya o‗rtasida impulslarning aylanib yurishi tufayli miyaning tetik holati muttasil bir xilda turadi. Farmakologik preparatlar yuborish yo‗li bilan o‗sha halqasimon o‗zaro ta`sir buzilganda ko‗tariluvchi - aktivlashtiruvchi ta`sirlar to‗xtab, miya narkotik uyqu holatiga o‗tadi. Harakat aktlarini katta yarim sharlar po‘stlog‘ida idora qilinishi. Odam va yuksak darajadagi hayvonlar bosh miyasining katta yarim sharlar po‗stlog‗i butun organizmdagi barcha harakat aktlarini boshqarib turadi. Voyaga yetgan sut emizuvchi hayvonlarning aksarisida harakatlar (masalan, yurish, yugurish) yarim sharlar po‗stlog‗ining ishtirokidan tashqari yuzaga chiqа oladi va yarim sharlar po‗stlog‗i olib tashlangandan keyin saqlanib qoladi, Maymunlarda va ayniqsa odamda harakatlar katta yarim sharlar po‗stlog‗ining muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadi. Funktsiyalarning kortikalizatsiya fenomeni shunda namoyon bo‗ladi. Odam katta yarim sharlar po‗stlog‗ining motor zonasi hatto ozgina 261 zararlanganda (masalan, trombozda yoki qon qo‗yilganda) ham gavdaning qarama- qarshi tomonida to‗la harakat falaji kelib chiqadi. Harakat aktlarini katta yarim sharlar po‗stlog‗i shuning uchun kontrol qila oladiki, po‗stloqning motor, premotor va boshqa zonalaridagi neyronlar orqa miyaga (uning oraliq va motor neyronlariga) ham ekstrakortikospinal sistemaning yadrolariga (targ‗il tana, qizil yadro, qora substantsiya va hokazo) ham efferent impulslar yuboradi. Har bir muayyan paytda gavda retseptorlari - ko‗ruv, vestibulyar, bo‗g‗im-muskul, taktil (tuyish) retseptorlaridan katta yarim sharlar po‗stlog‗iga afferent impulslar kelib, bajarilayotgan harakatning borishi (yo‗nalishi, kuchi, amplitudasi va shunga o‗xshashlar) va uning natijalari haqida axborot yetkazib berishi kortikal kontrolning muqarrar zarur shartidir. Shunday qilib, yarim sharlar po‗stlog‗i bilan harakat apparati o‗rtasida doiraviy o‗zaro ta`sir mavjud: yarim sharlar po‗stlog‗i harakatni yuzaga chiqaruvchi afferent impulslarni yuboradi va harakat natijasida kelib chiqadigan qaytar afferent impulslarni olib turadi. Shu tariqa harakat uning yuzaga chiqadigan sharoitiga (o‗zgaruvchan sharoitga) aniq moslanadi va harakat reaktsiyasi olinadigan natijalarga qarab yo‗l-yo‗lakay qayta quriladi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i boshqaradigan harakat reaktsiyalarning harakterli xususiyati shuki, ular individual hayot tajribasi natijasida, mashq qilish protsessida vujudga keladi. Muayyan harakatlar yig‗indisini ko‗p marta takrorlash, ya`ni mashq qilish ularning avtomatlashuviga sabab bo‗ladi, shunga ko‗ra harakatlar aniqroq zarur darajada chaqqon, kuch va amplitudasi shu harakat aktini bajarishda hal qilinadigan vazifaga muvofiq bo‗lib qoladi. Ortiqcha harakatlar mashq qilish protsessida barham topadi. Odamning yurishi, yugurishi, tikka turishi va mehnat protsessida bajaradigan ko‗p harakatlari avtomatlashgan harakat aktlari hisoblanadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling