Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Yurish.
Skelet, tana va qo‗l-oyoq muskullarining murakkab koordinatsiyalangan faoliyati tufayli odam yuradi. Bu koordinatsiya bolada sekin asta, bir yoshidan boshlab vujudga keladi va keyingi taraqqiyot prostessida avtomatlashib qoladi. Voyaga yetgan odam yurgan vaqtda oyoqlarining ketma-ket qanday harakatlanishi 250-rasmda ko‗rsatilgan. Odam yurgan vaqtida navbat bilan goh o‗ng oyog‗iga, goh chap oyog‗iga tayanadi (bir tayanchli davr). Tayangan o‗ng oyoq; gavdani ko‗tarib turgan paytda bo‗sh chap oyoq oldinga uzatiladi. Oldinga uzatilgan chap oyoq tovoni yerga tekkan vaqtda o‗ng oyoq hali yerdan uzilmay tana bir necha vaqtgacha ikkala oyoqqa tayanib turadi (ikki tayanchli davr). So‗ngra gavda vazni butunlay oldindagi chap oyoqqa tushadi, bu oyoq endi tayanch bo‗lib qoladi. Tayanch bo‗lib qolgan chap oyoq tovonidan uchigacha yumaloqlanib, tanani oldinga qarab yurgizadi, ayni vaqtda o‗ng oyoq esa oldinga uzatilib, gavda vaznini o‗z zimmasiga olish uchun tovonini yerga tegizadi. Yurish 263 akti ayrim komponentlarining juda aniq takrorlanishi bilan farq qiladi, bu komponentlardan har biri o‗zining avvalgi qadamlarni aniq qo‗yishidan iborat. Yurish aktida odam qo‗llari ham aktiv qatnashadi: o‗ng oyoq oldinga uzatilganda o‗ng qo‗l orqaga harakatlanadi, chap qo‗l esa oldinga uzatiladi. Chap oyoq oldinga uzatilganda esa, aksincha, chap qo‗l orqaga qarab, o‗ng qo‗l oldinga qarab harakatlanadi. Boshqacha aytganda, odam yurganda qo‗l-oyoqlari qarama- qarshi yo‗nalishda harakatlanadi. Erkin oyoqning ayrim zvenolari (son, boldir va panja)ning harakati faqat muskullarning qisqarishigagina bog‗liq bo‗lib qolmay, inertsiyaga ham bog‗liq. Zveno tanaga qancha yaqin bo‗lsa, inertsiyasi ushancha kamroq bo‗lib, tanaga o‗shancha ertaroq ergasha oladi. Masalan. erkin oyoq soni hammadan ertaroq oldinga suriladi, chunki u chanoqqa hammadan ko‗ra yaqin. Boldir chanoqdan uzoq bo‗lgani uchun keyinda qoladi, shu sababli oyoq tizzadan bukiladi. Huddi shuningdek oyoq panjasining boldirdan keyinda qolishi sababli oyoq boldir panja bo‗g‗imidan bukiladi. Odam yurganda muskullarning ketma-ket ishga tortilishini va qisqarishlarining aniq koordinatsiyasini markaziy nerv sistemasi asosan bosh miya yarim sharlari po‗stlog‗i ta`minlandi. Yurish akti nerv mexanizmi jihatidan avtomatlashgan zanjirli refleksdir, bu refleksda afferent impulsatsiya harakatning avvalgi har bir elementga hamroh bo‗lib, navbatdagi elementning boshlanishi uchun signal bo‗lib xizmat qiladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling