Odam miya po‘stlog‘ining premotor zonasidagi kichik bo‗laklar
neyroxirurgiya operatsiyalarida olib tashlansa, qo‗lning nozik harakatlari
saqlangani holda harakat ko‗nikmalari buziladi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi
premotor zonaning ba`zi qismlari olib tashlansa, voyaga yetgan sog‗lom odamga
xos bo‗lmagan reflekslar kelib chiqadi. Masalan, miya po‗stlog‗ining premotor
zonasidan qo‗l harakatlarini boshqaruvchi bo‗lagi olib tashlangach, zo‗r berib
changallash refleksi ro‗y beradi: yengilgina taktil ta`sirot (kaftga tegish) natijasida
harakat kelib chiqadi. Bu harakat yangi tug‗ilgan bolalarda piramidal yo‗l
funktsional jihatdan yetilguncha o‗tadigan davrdagi changallash refleksini eslatadi.
Voyaga etgan kishilar miya po‗stlog‗ining motor yoki premotor zonasida
oyoq muskullarining vakilligi joylashgan sohaga olib tashlansa , Babinskiy
refleksi paydo bo‗ladi. Qo‘shimcha motor soha. Qo‗shimcha motor soha katta
yarim sharlarning medial sohasida bo‗lib, diametri 1-2 sm dan oshmaydi.
Gavdaning hamma qismidagi muskullar vakilligi shu zonada ekanligi uning turli
qismlariga ta`sir etib ko‗p aniqlanadi. Qo‗shimcha motor sohada ta‘sir etilganda
poza o‗zgaradi, ayni vaqtda oyoq va tananing ikki tomonlama harakatlari ro‗y
beradi. Ko‗pincha shu sohaga stimul berilganda har xil vegetativ reaktsiyalar kelib
chiqadi , qorachiqlar kengligi o‗zgaradi, yurak urishi tezlashadi va xokazo.
Qo‗shimchа motor zona odam pozasini boshqarishda yordamchi rol o‗ynaydi, deb
faraz qilishadi (odam pozasini motor va premotor zonalar boshqaradi).
Miya po‘stlog‘ining ko‘z harakatlarini boshqaradigan qismlari. 19- va 8-
maydonlarning
turli
nuqtalariga
ta`sir
etilganda
ikkala
ko‗zning
koordinatsiyalangan harakatlari ro‗y beradi. Yarim sharlar po‗stlog‗ining ensa
bo‗lagidagi 19-maydondan boshlanuvchi yo‗llar miya stvoliga to‗ppa-to‗g‗ri
borib, ko‗zning qaralayotgan narsaga tiqilishini ta`minlashi ko‗rsatib berildi. Ensa
bo‗lagidagi 19-maydonga qarama-qarshi o‗laroq, peshona bo‗lagidagi 8-maydon
ko‗zning ixtiyoriy harakatlariga a‘loqador.
Do'stlaringiz bilan baham: |