Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ nerv tizimi to‘g‘risida tushuncha
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Vegetativ nerv tizimi to‘g‘risida tushuncha. Vegetativ nerv
sistemasining markazlari miya stvolida va orqa miyada joylashgan. 1. O‗rta miyada parasimpatik nerv sistemasining-mezensefal bo‘limi bor; undan vegetativ tolalar ko‗zni harakatlantiruvchi nerv tarkibida ketadi. 2. Uzunchoq miyada parasimpatik nerv sistemasining bulbar bo‘limi bor; undan efferent tolalar yuz, til halqum nervlari va adashgan (sayyor) nerv tarkibida. Chiqadi. Ko‗priksimon tugun Yo‗g‗on ichak Qovuq Jinsiy azolar 68-rasm Parasimpatik nerv sistemasining sxemasi (Villigerdan). Shtrixlangani: o‘rta miya, undan boshlanuvchi parasimpatik tolalar ko‘zni harakatlantiruvchi nerv (111)tarkibida boradi; uzunchoq miya, undan boshlanuvchi parasimpatik tolalar yuz (VII), til-xalqum (IX) nervlari va sayyor 268 nerv (X) tarkibida ketadi; umurtqa pog‘onasining dumg‘aza bo‘limi, bundan chanoq nervi (perfeks)) boshlanadi. 3. Orqa miyaning ko‗krak va bel segmentlarida (birinchi ko‗krak segmentidan ikkinchi - to‗rtinchi bel segmentigacha) vegetativ nerv sistemasining simpatik (torako-lyumbal) bo‘limi bor; undan vegetativ tolalar tegishli orqa miya segmentlarining oldingi ildizlari orqali orqa miya neyronlarining o‗siqlari bilan birga chiqadi. 4. Orqa miyaning dumg‗aza segmentlarida parasimpatik nerv sistemasining sakral bo‘limi bor, tolalar undan chanoq nervi tarkibida chiqadi. Shunday qilib, markaziy nerv sistemasining to‗rtta bo‗limida vegetativ nerv sistemasining markazlari joylashgan. Mezensefal, bulbar va sakral bo‗limlardagi yadrolar vegetativ nerv sistemasining parasimpatik qismini. Torako-lyumbal bo‗limdagi yadrolar esa vegetativ nerv sistemasining simpatik qismini hosil qiladi. Vegetativ nerv sistemasining barcha bo‗limlari oraliq miyadagi (gipotalamus va targ‗il tanadagi) oliy vegetativ markazlarga bo‗ysunadi. Bu markazlar organizmdagi ko‗pgina organ va sistemalarning funksiyalarini uyg‗unlashtiradi. Ana shu markazlar o‗z navbatida katta yarim sharlar po‗stlog‗iga bo‗ysunadi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i somatik va vegetativ funksiyalarni xulq-atvorning yagona aktlari qilib birlashtirib, organizmning butun bir reaksiya ko‗rsatishini ta‘minlaydi. Bo‗yinning yuqori tuguni Bo‗yinning o‗rta tuguni Yo‗lduzsimon gangliy Yurakka va bronxlarga boradigan tarmoqlar quyoshsimon chigal ichak tutqichining yuqori tuguni ichak tutqichining pastki tuguni. 69-rasm. Simpatik nerv sistemasining sxemasi (Villigyerdan). Preganglionar tolalar sidirg‘a chiziqlar bilan, postganglionar tolalar esa uzuq-uzuq chiziqlar bilan ko‘rsatilgan..Orqa miyaning ko‗krak-bel qismi (VII bo‗yin segmentidan 269 III bel segmentigacha) shtrixlangan, preganglionar simpatik tolalar shu yerdan boshlanadi. Parasimpatik tolalar ko‗p organlarga sayyor nerv tarkibida boradi. Bronxlar, yurak qizilo‗ngach, me‘da, ingichka ichak me‘da osti bezi, buyrak usti bezlari, buyraklar, taloq, yo‗g‗on ichakning bir qismi sayyor (adashgan) nervdan innervatsiyalanadi. Simpatik nerv sistemasi tolalarining tarqalishi 58-rasmda ko‗rsatilgan. Vegetativ nerv sistemasi simpatik bo‗limining yuqori segmentlaridan bo‗yinning yuqori simpatik tuguni orqali bosh organlarga tolalar boradi navbatdagi sigmentlarga esa pastrog‗dagi simpatik tugunlar orqali ko‗krak bo‗shlig‗i organlariga va qolgan tolalar boradi, so‗ngra bir qancha ko‗krak sigmentlari keladi, bulardan quyoshsimon chigal va ichak tutqichining yuqori tuguni orqali qorin bo‗shlig‗i organlariga tolalar boradi; va nihoyat bel sigmentlaridan ichak tutqichining pastki tuguni orqali asosan kichik chanoq organlariga va oyoqqa tolalar boradi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling