Va oliy nerv faoliyati


Vegetativ nervlar ta’sirlanish effektining innervatsiyalanadigan organ


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ nervlar ta’sirlanish effektining innervatsiyalanadigan organ
xolatiga bog‘liq ekanligi. Vegetativ nerv sistemasining ishtirokida yuzaga 
chiqadigan reaksiyalar nerv markazlarining tonusiga, shuningdek periferik 
organlarning xolatiga qo‗zg‗aluvchanligiga va modda almashinuviga qarab ancha 
o‗zgarishi mumkin. Nervlarga ta‘sir etish intensivligi va ta‘sir etish effektining 
harakteri shu paytdagi va ilgari qo‗llanilgan ta‘sirotlarning kuchiga va qancha 
davom etishiga qarab butunlay boshqacha bo‗lishi mumkin. Simpatik va 
Xomilali bachadon 
ning silliq muskullari 
Qovuq silliq muskul 
--------- 
qisqaradi 
Qisqaradi, 
bushashadi 


279 
parasimpatik nervlarning ta‘sir ko‗rsatish harakteri hamda ular o‗rtasidagi 
antagonizm, shu tariqa, mutlaqo doimiy va o‗zgarmas bir narsa emas. 
Turli ta‘sirotlarga javoban reaksiya o‗zgaruvchanligini XVIII asr oxiridayoq 
A. Gumbold ko‗rsatib o‗tgan edi: «Har qanday agent o‗zi ta‘sir etayotgan
organning qanday xolatda ekanligiga qarab, susaytiruvchi yoki qo‗zg‗atuvchi ta‘sir 
ko‗rsatadi». Organizm, uning organlari va to‗qimalarining reaksiya ko‗rsatish 
harakteri va intensivligini belgilab beradigan funksional xolati ularning reaktivligi 
deb ataladi. 
Sayyor (adashgan) nerv ta‘sirlangan paytda me‘da va ingichka ichak 
muskullari tonusining qanday ekanligiga qarab, shu organlar harakatining har xil 
harakterda o‗zgarishi organ reaktivligining ahamiyatiga misol bo‗la oladi. 
Odatdagi sharoitda sayyor nerv me‘da va ingichka ichak harakatini qo‗zg‗aydi. 
Me‘da va ichak muskullari tonusi keskin darajada oshgan paytda shu nerv 
ta‘sirlansa, bu organlarning avtomatik qisqarishlari kuchayish u yoqda tursin, balki 
susayadi (tormozlanadi). Yurak reaktivligiga kaliy va kalsiy ionlarining ta‘siri 
misol bo‗la oladi: kaliy ionlari ortiqcha bo‗lganda yurakning simpatik nervlariga 
ta‘sir etish yurak faoliyatini kuchaytirmaydi, balki susaytiradi, kalsiy ionlari 
oshganda sayyor nervning ta‘sirlanishi yurak faoliyatini susaytirmay, balki 
kuchaytiradi. Vegetativ nerv ta‘sirlanish effektining shunday o‗zgarishi 
«funksional soxtalik» yoki «paradoksal ta‘sir» deb ataladi. Bu xodisalarning sababi 
xali yetarlicha o‗rganilgan emas. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling